Inon Abdulqodir

Inon Abdulqodir (taxallusi; asl ismi Fathulqodir Mustafoevich Su- laymonov) (1889.29.11, Orenburg guber- nyasining Chelyabinsk uezdi — 1976.1.10, Anqara, Turkiya) — bosh-qird xalqining milliy ozodlik harakati rahbarlaridan, turkshunos. Troisk sh.dagi Rasuliya madrasasini tugatgan (1914). Boshqirdiston muxto- riyati (Respublikasi)da xalq ta’limi tizimining tashkilotchilaridan biri. Validiy va b. b-n birgalikda Bosh- qirdistonni tark etib, Turkistonga kel- Di (1920). Toshkentdagi qozoq va qirg’iz maktablarida o’qituvchilik qildi. Va- lidiyning yaqin yordamchisiga aylanib, istiqlolchilik harakatini jipslashti- rish ishiga o’z hissasini qo’shdi. 1923 y. Fev.dan Validiy b-n Eron, Afg’oniston, Hindistonda bo’lib, 1925 y. iyulda Istanbo’lga etib keldi. Turkologiya intida ishladi (1925). Anqara unti (1933-44), diniy ishlar departamenta (1961), turk madaniyati intida (1964) FA- oliyat ko’rsatdi. I. A. turkiy xalqlar etnologiya- si, folklori, diniy e’tiqodlari va an’-analari haqidagi tadqiqotlari b-n mashhur. 400 dan ortiq ilmiy ish- lari bor. Jumladan, «turkiy til va lahjalari», «Oltoy-Enisey turkla- ri», «Sibir turklari», «Sharqiy tur- kiston», «Alisher Navoiy», «Alisher Navoiy va folklor», «Chig’atoy adabi- yoti», «o’zbeklarda qishloq to’ylari», «Abulg’ozi Bahodirxon va uning turkla- ri», «Dukchi Eshon isyoni», «rus mustam- la-kachilarining Turkistonda diniy ku- rashi», «Turkistonning ahvoli», «O’zbek elida Moskvaning qabixliklari», «tur- kistonda 1916 y.dagi qo’zg’olon», «Turki- ston milliy qahramonlari» va b. 2 jild- li «tanlangan asarlar» kitobi Turkiyada nashr qilingan (1987-91). Ad.: Ahmad Zakiy Validiy To’g’on, Bo’linganni bo’ri er (xotiralar), T., 1997; Valeev D. i dr., Sudba i naslediya bashkirskix uchyonix — emigrantov, Ufa, 1995. Qahramon Rajabov, Renat Shigabid- dinov.