INFORMASIYA NAZARIYASI

INFORMASIYA NAZARIYASI — informasiya (axborot, ma’lumot, xabar) ni to’plash, saqdash, qayta ishlash va tarqatish usullarini tadkiq qiladigan fan sohasi; kibernetikannt asosiy qismlaridan biri. I. n. ga 1948-49 y. larda amerikalik olim K. Shen- non asos solgan. Keyinchalik dunyoning boshqa yirik olimlari I. n.ni rivoj- lantirishgan. I. n. da tadkikrtlarning muhim vazifalaridan biri Informasi- yani tarqatishning eng maqbul (optimal) usullarini topishdan iborat. Bunda aso- siy ko’rsatkich informasiyani tarqatish ishonchliligi va tezligi hamda shular b-n bog’liq ravishda erishiladigan si- fatning nazariy chegarasini aniqlash hisoblanadi. I. n. statistik mohiyatga ega, shuning uchun undagi matematik usul- larning ko’pchiligi ehtimollar nazariya- Sita suyanadi. Xotira qurilmasiyaa saqlash yoki aloqa kanali bo’yicha uzatish uchun mo’ljallangan ma’lumotlar (xabar- lar) dagi informasiyalar soni oldin- dan to’liq ma’lum bo’lmaydi. Oldindan faqat shu informasiyalarni tanlab olish mumkin bo’lgan ko’plab ma’lumotlar (xa- barlar ehtimoli) ma’lum bo’ladi. Zarur informasiya ana shu ko’plab ma’lumotlar ichidan tanlab olinadi. Tanlangan in- formasiyani qayd qilish uchun ikkilik belgilar soni qabul qilinadi (q. Ikki- lik kod, ikkilik sanoq sistemasi). Aloqa kanali tushunchasi juda umu- miy ma’noga ega. Keng ma’noda — in- formasiyani uzatish uchun mo’ljallangan har qanday aloqa qurilmasi. Lekin I. n. da ran aloqa kanali texnikasi ustida emas, balki informasiya uzatish naza- riyasi ustida ketadi. Mas, geometriya- da ran biror narsa qanday materialdan qilinganligi ustida emas, balki uning hajmi ustida yuri-tilganidek, I. n. da ham ran aloqa qurilmalarining tabiati ustida yuri-tilmaydi, balki aniq aloqa tizimlari I. n. da uzatilishi mumkin bo’lgan informasiya miqdori nuqtai na- zaridan ko’rib chiqiladi. Aloqa kanali bo’yicha kod yordamida uzatiladigan xa- barlarni kanal (kirish) signallariga aylantirishga (ya’ni kodlashga) to’g’ri keladi. Ular uzatilgandan so’ng ana shu signallar xabarlarga (chiqish signalla- riga) aylantiriladi (ya’ni dekodlana- Di). Kirish va chiqish signallarining tu- zilishi (strukturasi)ga qarab, kanallar diskret (uzlukli) va uzluksiz xillarga ajratiladi. Diskret kanallarda kirish va chiqishdagi signallar bir xil yoki har xil «alfavitlar» ning «harflari» ket- ma-ketligidan iborat bo’ladi. Uzluksiz kanallarda kirish va chiqish signallari uzluksiz parametr — vaqtning funktsi- yasi (t) dir. I. n. da «xabar», «ma’lumot», «aloqa kanali» va b. tushunchalar keng ma’noda qo’llanadi. Mac, I. n. nuqtai nazaridan xa- barlar manbai mumkin bo’lgan ko’plab xa- barlar va ularga tegishli ehtimolliklar majmuidan iborat bo’lishi mumkin. Xa- barlarni ehtimolliklar orqali kodlash uchun zarur ikkilik belgilarning o’rtacha soni mi-nimumini ifodalaydigan od- diy formula yo’q. Buning uchun I. n. da ishlab chiqilgan murakkab formulalar- dan foydalaniladi. Erkin Yoqubov, Norbek Taylaqov.