Informasiya

Informasiya (lot. informatio — tu-shuntirish, bayon qilish) — 1) odam- lar bir-biriga og’zaki, yozma yoki boshqa usulda (mas, shartli signallar, texnika vositalari va b. yordamida) beradigan axborot, shuningdek, axborot berish va olish jarayoni; 2) fan va texnikadagi tu- shuncha. Bu tushuncha faqat odamlar orasi- dagi axborotni emas, balki odam b-n AV- tomat, avtomat b-n avtomat (kibernetika- da) o’rtasidagi axborotni, hayvonlarda va o’simliklar o’rtasidagi signallar almashinuvini ham o’z ichiga oladi. 20- a. o’rtalaridan to’qimadan to’qimaga, or- ga-nizmdan organizmga irsiy va b. alo- matlar o’tishi ham I. uzatish deb karala boshladi. Genetik I., biologik kiber- netika tushunchalari shu tariqa vujudga keldi. I. ning miqdor o’lchovi taklif qilindi, natijada informasiya nazari- yasi paydo bo’ldi. I. tushunchasiga atroflicha yondashish va aniq miqsor o’lchovi paydo bo’lishi I. ni o’rganishga katta qiziqish uyg’otdi. 50-y. lardan boshlab, turli hodisa va ja- rayonlarni tavsiflashda I. tushunchasi- dan foydalanishga harakat qilinmoqda. Jumladan, I. ning asosiy xos-salarini ifodalaydigan matematik apparatni ishlab chiqish, mavjud matematik vosita- lar asosida I. ning turli xossalarini o’rganish, uning metodlaridan lingvi- stika, biol., psixologiya, sosiologiya, ped. va b. sohalarda foydalanish ustida tadkiqotlar olib borilmoqda. Ijtimoiy-siyosiy I. — ichki va xalqaro hayotdagi dolzarb yangiliklar, jamiyat hayotidagi ommaga taalluqli faktlar, hodisalar, siyosiy, iqti-sodiy, ilmiy, madaniy jarayonlar va b. haqida ommaviy kommunikasiyalar vo-sitasida tarqatiladigan xabarlar maj-mui. Jur- nalistikada operativ I. publisisti- ka janrlari — xronika, xabar, repor- taj, hisobot, intervyu, obzor orqali tarqatiladi. Demokratik jamiyatda I. ga rost- go’ylik, hayotiy faktlarni aniq bayon etish, ijtimoiy hayotdagi voqea va jara- yonlarni xolis taxlil etish va sharhlash talabi qo’yiladi.