Gelioqurilma

Gelioqurilma— Quyosh radi- asiyasi energiyasini foydalanish uchun qulay bo’lgan boshqa tur energiyaga (mas, issiklik yoki elektr energiyasiga) aylan- tirib beradigan qurilma. G. qurishga, ya’ni Quyosh issiqligidan foydalanish- ga qadimdan intilishgan. Mas, mil. AV. 1500 y. Misrda oddiy quyosh issiqlik qurilmasi yasashga urinishgan, lekin to 18-a.gacha tuzukroq qurilma yasalmagan. 18-a.da Rossiyada (M. V. Lomonosov), Franiiyada (J. Byuffon), Angliyada (D. Gershel) turli g.lar sinab ko’rilgan, lekin bular uncha yaxshi natija ber- magan. 19-a. 2-yarmidan boshlab g. b-n shug’ullanish yaxshiroq yo’lga qo’yildi. Frantsuz ixtirochisi o. Musho (1878), rus olimi V. K. Tseraskiy (1890) ancha mu- kammal qurilmalar yasashdi. Rus olimi B. P. Veynberg quyosh energiyasidan foy- dalanishga oid tekshirishlar olib bo- rish uchun maxsus «quyosh uy» jihozladi. 1927 y.da V. N. Buxman Qozog’istonda 24 yassi ko’zgudan iborat quyosh reflektori yasadi, uning yordamida suv isitilardi. V. N. Buxman kasallarni davolash uchun quyosh reflektoridan foydalanishga oid tajribalar ham o’tkazdi. Sobiq Ittifoq FA energetika in-ti geliotexnika lab. 1932-35 y.larda Samarqandda qurilgan quyosh qurilmalarini hisoblash uchun za- rur ba’zi geliofizik ma’lumotlarni aniqpadi. Bu lab.ning amaliy ishlari- dan meva quritgichni ko’rsatish mumkin. O’zbekiston FA Fizika-texnika in-ti to- monidan F. Yo. Umarov rahbarligida 60-y. larda g. yaratish borasida boshlangan i. t. ishlari hozirgacha davom ettirilmoqsa. Chorvoq GES yaqiniga qurilgan quyosh energiyasi b-n suv isitadigan qurilmada tajribalar o’tkazildi, in-tda gelio- oshxona, geliouylar qurildi va sinab Ko’rildi va b. Yillik radiasiya taxm. 1000 kkal/ sm2 dan yuqori (yillik quyosh vaqti 1800-3000 soat) bo’lgan joy- larda (jumladan O’zbekistonda) quyosh energiyasidan foydalanish iqtisodiy nuqtai nazardan maqsadga muvofiq. Issiqlik qurilmalarida quyosh ener- giyasi issiqlikka aylantirilib, undan mai-shiy yoki texnologik maqsadlarda foydalaniladi. «Qaynoq quticha» tipi- dagi suv isitkichda 70-90′ li issiq suv olish mumkin. Yuqori t-ra hosil qilish uchun quyosh nurini to’plovchi kurilmalar qo’llaniladi. Keyingi yillarda Mate-rialshunoslik fani tez sur’atlar b-n rivojlanishi natijasida quyosh Energi- yasini to’plovchi katta qurilmalar — Ge- liokontsentratorlarga e’tibor kuchaydi. Bunday kurilmalar yordamida yangi ma- teriallarni yaratish, materiallar xos- salarini yaxshilash uchun ularni nur yor- damida qayta ishlash, materiallarning issiqlik xossalarini o’rganish, o’ta sof materiallar olish, payvandlash va b.ni amalga oshirish mumkin. Katta quyosh kon- tsentratorlarining amaliy ahamiyatini e’tiborga olib, 1987 y.da Toshkent sh.dan 45 km uzoqlikda Parkent tumanida S. A. Azimov rahbarligida issiqlik quvvati 1 MVt bo’lgan katta Quyosh sandoni (KQS) qurildi (raemga q.). KQS maxsus texnologik tizim b-n jihozlangan va gorizontal o’qqa o’rnatilgan katta ikki ko’zguli optik-energetik qurilmadan (fokus masofasi 18 m, o’lchami 54×42 m) iborat. Kosmik muhitda, kosmik uchish apparatlarini energiya b-n ta’minlash va b.da g. (quyosh batareyasi)ning ahamiyati katta. Quyosh energiyasi fotoelementlar, kremniyli quyosh fotobatareyalari (f.i.k. 5-11%) yordamida elektr energiyasiga aylantiriladi. Hozirgacha quyosh ener- giyasidan foydalanib ishlaydigan meva, sabzavot va don quritgichlari, binolar- ni isitish qurilmalari, sovitkichlar, suvni chuchuklashtirgichlar, avtomobil- lar yaratildi. G. arzon issiqlik Energi- yasi olishga imkon beradi, tibbiyot va q. x.da muhim rol o’ynaydi.