Geodeziya

Geodeziya (Geo… va Yun. Daio — bo’laman) — erning shakli va o’lchamlarini aniqlash, er yuzasini plan va xaritalarda tasvirlash hamda muhandislik inshootlarini qurishdagi qidiruv ishlari, ularni loyihalash, qurish va ulardan foydalanishda baja- riladigan o’lchash ishlari haqidagi fan. G. oliy geodeziya, geodeziya yoki topo- grafiya, muhandislik geodeziyasi, xa- ritagrafiya va fototopografiya kabi mustaqil fanlarga bo’linadi. Er shakli va o’lchamlarini aniqlash, mamlakat xa- ritalarini tuzish uchun kerakli bosh Geo- dezik asosni barpo etish, uni zamonaviy talablarga javob beradigan darajada saqdab turish, katta maydonlarda olib boriladigan geodezik o’lchash ishlariii tashkil etish, ularni bajarish b-n oliy G. shug’ullanadi. Er yuzasining ayrim bo’laklarini plan, xarita va profillar- da tasvirlashda bajariladigan geodezik o’lchash ishlari b-n muhandislik geodezi- yasi, er yuzasining katta bo’lagini tas- virlash usullari b-n xaritagrafiya, joy- ning plan va xaritalarini fotosurat- lardan foydalangan holda tuzish usul- larini fototopografiya fani o’rganadi. Qadimda er o’lchash va xo’jalik ishlari uchun plan hamda xaritalar tuzishda g.dan foydalanishgan. Mil. AV. 7-a.da Bobil va Ossuriyada loydan ishlangan taxtachalar- ga geografik xaritalar tuzishgan. Mil. AV. 6-4-a.larda erning sharsimon ekan- ligini aytishgan. Mil. AV. 3-a.da Misr- da unumdor erlarni bo’lish va o’lchash b-n shug’ullanganlar. Keyinchalik joylar- ni o’lchash va er o’lchamlarini aniqlash, tarx tuzish, muhandislik inshootlari- ni qurishda g. o’lchashlar bajarilgan. Misrlik olim Eratosfen to’g’ri geome- trik printsiplar asosida birinchi marta Er sharining radiusini aniqlagan. Shu davrlarda Aristotel ishlarida «g.» astronomiya, xaritagrafiya va geogr. b-n bog’liq bo’lgan bilimlar tarmog’i sifa- tida namoyon bo’la boshladi. Mil. AV. 2-a. da astronom va matematiklar joyning geografik kengligi va uzunligi hamda xaritalardagi meridianlar va parallel- lar to’g’risida tushunchalar kiritishgan. Yunoniston va Misr olimlari erning shakli va o’lchamlarini aniqlaganlar. G. fani Arabiston, Xitoy, Hindiston va O’rta Osiyoda ham taraqqiy etgan. 9-a. boshlarida Abu Abdullo Muhammad ibn Muso Xorazmiy, keyinchalik Abu Rayhon Beruniy erning o’lchamlarini aniqlaganlar. Abu Rayhon Beruniyning geodeziyaga oid asari «turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning chegaralarini aniq-lash» — «Geodeziya» ilk asar bo’lib unda xari- tagrafiyaga doyr ko’p masalalar echilgan va g.ning fan sifatida shakllanishiga ana shu kitobi asos bo’lgan. O’sha davrda xalifa Ma’munning topshirig’iga bi- noan birinchi marta almavsil (Mosul) sh. yaqinida gradus o’lchamlari bajari- lib, er sharining radiusi aniq o’lchab topilgan. Hoz. zamon g. va geodezik ish- larning rivojlanishi 17-a.da qarash trubasining va triangulyasiya usulining ixtiro kilinishidan boshlangan. Bur- chak o’lchash asbobi — teodolitnint pay- do bo’lishi hamda uning qarash trubasi b-n birlashtirilishi triangulyasiyada burchak o’lchashlarning aniqpigini oshi- radi. Er sirtidagi nuqta balandligini aniqlaydigan barometr ixtiro qilindi, topografik xaritalar tuzishni sodda- lashtiruvchi topografik suratga olish- ning grafik usullari ishlab chiqildi. 18-a. o’rtalarida frantsuz olimi A. Klero Er shaklining asosiy nazariyasini ishlab chiqdi va er sferoidida geografik ken- glikka bog’liq hodda og’irlik kuchining o’zgarish qonunini asoslab berdi. Tor- tishish qonunining yaratilishi va geode- zik ekspedisiyalarning o’tkazilganligi G. Er shakli va uni o’rganish usullari haqidagi mustaqil fan sifatida na- moyon bo’ldi. So’nggi yillarda kosmik G. rivojlangan fanlar qatoridan o’rin oldi, chunki rivojlangan mamlakatlar- da geodezik o’lchash ishlarining asosiy qismi er sun’iy yo’ldoshi texnologiya- si asosida bajarilmoqda. Ayni vaqtda O’zbekistonning davlat geodezik tarmog’i yangi texnologiya — er sun’iy yo’ldoshi texnologiyasi asosida qayta barpo etilmoqda. O’zbekistonda G.ga doyr i.t. ishlari O’zbekiston FA Astronomiya in- stitutida, O’zMU, Toshkent texnika un- tida, Toshkent va Samarkand arxitektura- qurilish in-tlari va Toshkent q. x.ni irrigasiyalash va mexanizasiyalash in- tida olib boriladi (yana q. Astronomiya). Asosiy geodezik ishlarni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi g. xaritagrafiya va kadastr bosh boshqarmasi bajaradi. Ld.. Qo’ziboev T., Geodeziya, 1975; Nazirov A., Geodeziya, T., 1978; Norxo’jaev K. N., Injenerlik geodeziyasi, T., 1984; Nishon- Boev N., Amaliy geodeziya. Me’-morchilik obidalarini ta’mirlashga oid geodezik ishlar, T., 1992; Nishonboev N., Amaliy geodeziya. Maqbul usullarda echiladigan geodezik ishlar, 1992;Do’stmuhamedov M. Yu., Muhandislik geodeziyasi, T., 1998. Nosir Nishonboev.