Teatrshunoslik

Teatrshunoslik — teatr tarixi va nazariyasini o’rganuvchi fan. Mustaqil ilmiy yunalish sifatida teatr san’atining umumiy taraqqiyoti bilan bog’liq holda 20-a.da shakllangan. T. dastlab, asosan drama teatrlari faoliyati bilan bog’langan bulsa, keyinchalik opera va balet, operetta, musiqali drama, bolalar teatri, qo’g’irchoq teatri, teatr ta’limi, sahna nutqi, dekorasiya san’ati, teatr libosi va pardozi, sahna harakati, havaskorlik teatri sohalari va yo’nalishlarini uz ichiga oladi. T. kurtaklari Sharq va G’arb mamlakatlarida teatr san’atini shakllanishi va taraqqiyoti bilan bog’liq holda turli davrlarda, kup hollarda tarix, falsafa, adabiyotshunoslik fanlari ichida vujudga kelib, mukammalashib borgan. Teatr amaliyotini nazariy jihatdan umumlashtirish Yunoniston, Rim, Hindiston, Xitoyda paydo bulgan. Aristotelning «Poetika»si san’at, jumladan, drama va teatr nazariyasi buyicha birinchi tajribadir. G’arbiy Evropada dramaturgiya va teatr san’atini tadqiq etish Uyg’onish davrida antik davrda yaratilgan qo’lyozmalarni o’rganishdan boshlangan. Angliyada 16-a.da gumanistlar teatr san’atining axloqiy tarbiyadagi urni, estetik ahamiyatini yoklab bir qator ilmiy asarlar yozishgan. Alohida yo’nalish sifatida drama nazariyasi rivojlanadi. 18-a. teatr tanqidchiligi ham rivojlana boshlaydi. 19-a.ning 2yarmida Angliyada T.ning ilmiy uslub va tamoyillari qaror topadi. Germaniyada T.ning ilmiy poydevori 18-a.da qo’yildi: I.K.Gotshed tadqiqotlaridan boshlandi. 18-a. oxiri va 19-a. boshida Gyote va Shiller T. taraqqiyotiga muhim hissa qo’shdi. 19-a. ning 2yarmida ko’plab T. ishlari, memuarlar, bibliografik manbalar nashr qilindi. 90y.lardan Bonn va Leypsig untlarida maxsus T. kurelari uqitilib, Kyoln va Kilda T. ilmiy tadqiqot intlari ish boshladi. 1902 y. Berlinda teatr tarixini o’rganish jamiyati tuziladi. Frantsiyada T. yozuvchi va faylasuf D.Didro asarlarida (18-a.) yorqin kurindi. 19-a.ning 2yarmi, 20-a. boshlarida teatr tarixi, dramaturgiya va aktyorlik san’ati buyicha fundamental tadkikrtlar yaratildi. 1933 y.da Frantsiyada teatr tarixi jamiyati tuzildi. Rossiyada 19-a. da P.I.Sumarokov, A.Pushkin, N.Gogol, V.Belinskiy va b. T. rivojiga katta hissa qo’shdilar. 1939 y. Peterburgda Teatr, musiqa va kinematografiya inti ish boshlaydi. 20-a.ning 60—80y.larida mazkur dargoxlarda bir qator o’zbek teatrshunoslari nomzodlik va drlik dissertasiyalarini himoya qilishgan. Sobiq ittifoq doirasida boshqa milliy teatrlar qatorida o’zbek teatri bo’yicha ham monografiya va maqolalar e’lon qilingan. Bu o’rinda o.Olidor (Kaydalova), M.Grigorev kabilarning xizmatlari alohida. O’zbekistonda T. mustaqil fan sifatida 20-a.ning 50y.larida shakllandi. Bunda hoz. San’at intining o’rni katta. Int malakali teatrshunos kadrlarni tayyorlab etishtira boshlashi bilan etnografiya, adabiyotshunoslik doirasida tetapoya qila boshlagan ilmiy yo’nalish professional yulga chiqib oldi. Biroq T. ning dastlabki ko’rinishlari Furqat, M.Behbudiy va b.ning ma’rifatchilik yo’nalishidagi maqolalarida Evropa shaklidagi yangi teatr yaratish harakati bilan bog’liq holda paydo bo’lgan. 1914 y. Toshkent, Samarkand va b. shaharlarda teatr jamoalari tarkib topib, xalq madaniy hayotidan o’rin ola boshlashi bilan, teatr tanqidchiligi ham paydo bo’ldi. Mirmulla, Mirmuhsin Shermuhamedov, Fitrat, G’.Yunus, S.Husayn, Cho’lpon, S.Siddiq kabi tanqidchilar aniq spektakllarga taqriz yozish bilan cheklanmay, teatr jarayoni, tajribalarni umumlashtirishga kirishadilar. Shu tariqa T. ning dastlabki ko’rinishlari maydonga keladi. 20y.lardayoq T.da 2yo’nalish ko’zga tashlanadi: biri — an’anaviy teatr tarixini o’rganish (G’.Zafariy va b.), ikkinchisi — yangi teatr tajribalarini umumlashtirish (S.Husayn, Cho’lpon va b.). 1929 y.da S.Husaynning «O’zbek teatri» to’plami, 1935 y.da M.Solihovning «O’zbek teatri tarixi uchun materiallar» kitobi bosilib chiqdi. 40—50y.larda teatr tarixini o’rganishga asosan 2 tashkilot — San’atshunoslik i.t. inti, teatr va rassomlik san’ati inti qoshida tashkil topgan teatr va xoreografiya bo’limi (1940) va Teatrshunoslik kafedrasi xodimlari tomonidan olib borildi. T.ning keyingi taraqqiyotida shu intni bitirib chiqqan M. Rahmonov, M. Qodirov, T. Bayandiev, F.Jo’raev, L.Avdeeva, T. Tursunov, V.Dyachenko, S.Tursunboev, E.Ismoilovlar teatr tarixiga oid turli mavzularda tadkiqot ishlari olib bordilar. Bu ishga Moskva teatr san’ati intini tugatgan X.D.Ustaboeva, A.Ribnik, Ya.Feldman kabilar ham o’z hissalarini qo’shdilar. 50—80y.lar an’anaviy va yangi o’zbek teatri tarixi bo’yicha manbalar to’plash va ularni tartibga solish avj oldi. «Hamza nomidagi teatr» (o’zbek va rus tilida, 1957), M.Rahmonovning «Hamza va teatr» (o’zbek va rus tilida, 1958), ya.Feldmanning «Xarakter naroda i stsenicheskie obrazo'» (1962), M.Qodirovning «O’zbek xalq og’zaki dramasi» (1963), mualliflar guruhi tayyorlagan «Uzbekskiy Sovetskiy teatr» (1966), S.Tursunboevning «Andijon teatri» (1970) kitoblari shular jumlasidan. T.Tursunovning dramaturgiya tarixi, T. Bayandievning qoraqalpoq teatri tarixi bo’yicha tadqiqotlari bosildi. Keyinchalik M. Rahmonov, M. Qodirovlarning monografiyalari tufayli O’zbekiston hududidao’tmishdaan’anaviyteatruzluksiz faoliyat ko’rsatib kelganligi isbot qilindi. Teatrshunoslarning 2-bo’g’ini T. Izlomov, E.Muxtorov, M.To’laxo’jaeva, M.Hamidova, E.Panova, T.Yo’ldoshev, I.Rahimjonov, N.Zohidova, N.Kim, R. Azizova, H.Ikromov, K.Umurzoqovlar aktyorlik san’ati, rejissura, musiqali drama janri, dramaturgiya, bolalar teatri, sahna nutqi sohalarida i.t. ishlari olib bordilar. S.Kdtsirova, S.Axmedov, O.Rizaev, D.Raxmatullaeva, Sh.Rizaev, N.Qurbonboeva, O.Tojiboeva, B.Shodievlardan iborat teatrshunoslarning 3bo’g’ini ham T. fani metodologiyasi va yutuklariga tayangan hodda teatr san’atining turli yo’nalishlarida i.t. ishlari olib bormoqdalar. T. fani ichida raqsshunoslik va tsirkshunoslik tarkib topdi. Dastlab rake san’atini G’.Zafariy bilan etnograf Iraida vaxta o’rganishga harakat qildilar. Musiqashunos E. Romanovskaya xamkorligida Farg’ona mumtoz raqsi «katta o’yin» yozib olindi. Lekin haqiqiy raqsshunoslikning paydo bo’lishi Lyubov Avdeeva nomi bilan bog’liq. Uning «Tamara Xanum» (1956), «Mukarrama Turgunbaeva» (1958), «O’zbekiston rake san’ati» (rus va o’zbek tilida, 1963, 1966), «balet Uzbekistana» (1973) monografiya va ijodiy portretlari nashr etilgan. Roziya Karimova «Ferganskiy tanes» (1973), «Xorezmskiy tanes» (1975), «Buxarskiy tanes» (1977) nomli kitoblarida o’zbek an’anaviy rake san’atining asosiy yo’nalishlariga xos raqs harakatlarini tizimli bayon etgan va shularga tayangan holda «Tanso’ansamblya baxor» (1979), «Tanso’ravii Atadjanovoy» (1983), «Uzbekskie tanso’v postanovke Isaxara Akilova» (1987) raqs to’plamlari yuzaga keldi. O’zbek tsirki tarixini o’rganish bo’yicha to’lqin Obidov (1933— 1997) ning xizmati katta. Uning «Dorbozlar qissasi» (1963), «mastera uzbekskogo tsirka» (1973), «Arena Akrama Yusupova» (1976), «O’zbek polvonlari» (1979) risolalari va ayniqsa, «Tradisionno’y tsirk v Uzbekistane. Genezis i evolyusiya» mavzuida Moskvada ximoya kilgan drlik dissertasiyasi (1990) tsirkshunoslikning tarkib topishida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. 20-a. tsirk tarixini o’rganishda Po’lat Toshkanboevning ishlari e’tiborlidir. Mustaqillik davrida demokratik g’oyalar, milliy g’urur, Vatan tuyg’usining kuchayishi teatrshunoslarni an’anaviy teatr tarixiga alohida e’tibor berib, mavjud kemtiklarni tuldirishga, 20- a. teatr tarixini kayta ko’rib chiqish, uni uzluksiz tarixiy jarayon sifatida qarashga da’vat etdi. Tomosha san’ati, bayramlar tarixini o’rganish sezilarli darajada o’sdi. 20-a. o’zbek teatrini yaxlit holda tadqiq etishda M. Rahmonov, M. Krdirov, E. Muxtorov, M. To’laxo’jaeva, T. Islomov, M. Hamidova, S. Krdirova, D. Rahmatullaeva, E. Panova va b.ning ishlari e’tiborli bo’ldi. Ayniqsa, M. Rahmonovning 2000 y. O’zbek milliy akademik drama teatri tarixining 1-kitobi nashr qilinishi, M. Rahmonov, M. To’laxo’jaeva, E. Muxtorov tomonidan shu tarixning 2-kitobi nashrga tayyorlanishi T.da katta vokeadir. Shuningdek, L. Avdeevaning «Bernora Qorieva» (1995), «O’zbek milliy raqsi tarixidan» (o’zbek va rus tillarida, 2001), L. Avdeeva, M. Qodirov, Yu. Ismatovalarning «Tanavor raqsi jilolari» (o’zbek va rus tillarida, 2002), R. Karimovaning «O’zbek raqslari» (2003) kitoblari raqsshunoslikka muxim hissa bo’lib qo’shildi. Teatrshunoslar bevosita mustaqillik yillarida teatr san’atida yuz bergan uzgarishlarni, oqim va tendentsiyalarni chuqur o’rganish, istiqbolini belgilash ishiga ham muhim hissa qo’shmoqdalar. San’atshunoslik i.t. inti tomonidan chiqarilgan «O’zbekiston san’ati (1991-2001)» tadqiqotidan teatr, raqs va tsirk san’ati o’rin olgan. Ayniqsa, 2002 y. «UzbekTeatr» tomonidan nashr etilgan «Istiqlol va milliy teatr» to’plami muhim voqeadir. T. sohasida yuqori malakali ilmiy kadrlarni etishtirishda San’atshunoslik i.t. inti qoshidagi aspirantura va doktarantura muhim o’rin egallab kelmoqda. Hoz. kunda (2004) respublikada T. fanining turli soxalarida 9 ta fan dri, 30 ga yaqin fan nomzodi i.t. ishlari olib bormoqda. Muhsin Qodirov.