Temir
Temir (lot. Ferrum), Fe — Mendeleev davriy sistemasining VIII guruxiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 26 ; at. m. 55,847. T. 4 ta barqaror izotop: 54Fe(5,84%), 56Fe(91,68%), 57Fe(2,17%) va 58Fe(0,31%) dan iborat. T. qadimdan ishlatib kelingan. Inson dastlab metiorit temirini bilgan. T.ning qad. xalkdar tilida atalishi bunga dalildir: qad. misrliklar tilida «benipet» — «osmon temiri» ma’nosini bildiradi; qad. yunoncha sideros, lotincha sidus — yulduz, osmon jismi bilan bog’laydilar. Mil. AV. 14-a.lardagi xettlar yozuvida T. haqida osmondan tushgan metall deb eslanadi. Roman tillarida T.ning rumocha atalish negizi saklanib qolgan (mas., Frans. fer, ital. ferro). Mil. AV. 2000y.larda Osiyoning garbiy qismida T.ni rudalardan olish usuli topilgan; shundan keyin T. Misr, Yunonistonda ham ishlatiladigan bo’ldi; jez davrini temir davri egallay boshladi. T. tabiatda eng ko’p tarqalgan element. Er po’stida massa jihatidan 4,65% T. bor. T.ning 300 dan ortiq minerallari ma’lum bo’lib, ular T. rudalarining asosini tashkil etadi. T.ning sanoat uchun ahamiyatli rudalariga magnetit (magnit temirtosh) G’e3o4 (tarkibida 72,4% Fe bor), gematit (qizil temirtosh) G’e2O3(70% Fe), gyotit (ag’eo(on) yoki G’e2o3n2o, lepidokrokit ug’eo(on) va gidrogyotit (limonit) G’e2o3xn2o (62% ga yaqin G’e), siderit FeCO3(48,2% Fe), ilmenit FeTiOj (36,8% Fe) va b. kiradi. Tabiiy silikatlar tarkibida ham T. bor. Bundan tashqari, tabiatda pirit FeS2 ham uchraydi. Planetalararo fazodan Erga tushadigan meteoritlar tarkibida 8095% Fe va 520% Ni bo’ladi. Sof T. oq tusli yaltiroq metall. Zichligi 7,874 g/sm3, suyuqlanish trasi 1535°, qaynash trasi 2750°. 4 shakl o’zgarishga ega (a, r, u va 5t.). Bulardan a T. hajmiy markazlashgan kub shaklida kristallanadi, zichligi 7,87 g/sm3, 769° ga qadar barqaror, ferromagnit xossaga ega. Bu trada ot. o’zining ferromagnitligini yo’qotib, paramagnit xossa namoyon qiladi va RT. ga aylanadi, lekin bu vaqtda uning kristallik tuzilishida deyarli o’zgarish bo’lmaydi. 917° da rt. ut. ga (zichligi 7,59 g/sm3, 1000°da) aylanadi. 1394° da polimorf o’zgarish sodir bo’lib, ut. 8T. ga (zichligi 7,41 g/sm3) aylanadi; 5t 1535° da suyuqlanadi. Suyuq T. ning zichligi 7,024 g/sm3 (1538° da), 6,962 g/sm3 (1600°), 6,76 g/sm3 (1800°). T. elektr tokini yaxshi o’tkazadi. T. odatdagi trada passiv, lekin nam havoda tez zanglaydi. Qizdirilganida deyarli barcha metallmaslar bilan reaktsiyaga kirishadi. T. suyultirilgan kislotalar bilan reaktsiyaga kirishib, kislorodsiz sharoitda 2 valentli T. tuzlarini hosil qiladi; kontsentrlangan HNO3 va H2SO4 da T. passivlanadi. T. odatdagi sharoitda ishqorlarda erimaydi. T. o’z birikmalarida Q2, Q3 valentli, lekin uning -2, Q4 va Q6 valentli mahsulotlari ham ma’lum. T. ko’pgina kompleks birikmalar hosil kiladi. Mac, kaliy geksasianoferrat (II) — K4 [Fe(CN)6] — sariq rangli kristall modda (sariq qon tuzi). Bu tuz eritmadagi G’e3Q ionini ochishda qo’llanadi. Kaliy geksasianoferrat (III) — K3[Fe(CN)6] — zaharli qizg’ish kristall modda (qizil qon tuzi) analitik kimyoda Fe2Q ionini ochishda ishlatiladi. T. texnikada, asosan, cho’yan va po’lat holida olinadi. Tarkibidagi uglerod miqdoriga ko’ra, T. yumshoq T. (<0,2%S), po’lat (0,21,7%S) va cho’yan (1,75%S)ga bo’linadi. Texnikada temir va uning rudalari qora metallar deb ataladi. Texnik sof T. elektromagnitlar o’zaklari va elektr mashinalari yakorlari, akkumulyatorlar plastinalari uchun materialdir. T. kukuni payvandlashda, shuningdek, misni tsementasiyalashda ishlatiladi. T. ning sun’iy radioaktiv izotoplari 55/e(T|G’2q2,6 soat) va 59/e (T|G’2q 45,6 sutka) — izotop indikatorlar. T. zamonaviy texnika uchun eng zarur metallardan biri. Lekin sof T. yumshoq bo’lgani uchun oz ishlatiladi. T. birikmalari sanoat, qishloq xo’jaligi. va qurilish ishlarida keng qo’llanadi. Hayvon organizmlari va usimliklarda urta hisobda 0,02% T. buladi. U qondagi gemoglobin tarkibiga kiradi, kislorod almashinuvi va oksidlanish jarayonlarida ishtirok etadi. O’zida ko’pgina mikdorda T. to’playdigan organizmlar (kontsentratorlar) ham bor (mas., temir bakteriyalar 17— 20% gacha T. to’playdi). Hayvon va o’simliklar organizmidagi T. oqsillar bilan bog’langan buladi. O’simliklarda T. etishmasa, usishi sekinlashadi va xlorofill hosil bulishi kamayadi, ko’payib ketsa ham zarar qiladi, mas., sholi kam don tugadi. Odam va hayvonlar T.ni ovkatdan oladi (jigar, go’sht, tuxum, dukkakli donlar, non, yorma, lavlagida T. ayniqsa ko’p bo’ladi). Odam organizmi uchun bir kechakunduzda 60— 100 mg T. kerak. Tarkibida T. bo’lgan dorilar (qaytarilgan T., T. laktak, T. gliserofosfat, T. (II) sulfat, blo tabletkasi, ferramid, gemostimulin va b.) T. etish — maydigan kasalliklarda hamda kuvvat dori sifatida ishlatiladi. Temir birikmalari. T.ning bir nechta karbonili ma’lum. Pentakarbonil G’e(so)5 — sariq rangli, uchuvchan, zaharli suyuqlik. Suyuqlanish trasi -20°, qaynash trasi 102,5°, zichligi 1460 kg/m3; 60° da parchalana boshlaydi. Organik erituvchilarda eriydi. 180-200° va 16-20 MPa bosim ostida G’eq5so> G’e(so)5 reaktsiyasi asosida olinadi. G’e2(so)9 — oltinsimonsariq kristallar; parchalanish trasi 100°. Organik erituvchilarda oz eriydi. Havoda astasekin oksidlanadi. Osongina dissosiyalanadi: G’e2(so)9 ^G’e(so)5 Qg’e(so)4; hosil bo’lgan G’e(so)4 tezda turli ligandlarni (fosfinlar, to’yinmagan organik birikmalar va b.) biriktirib olib komplekslar beradi. G’e(so)5 ni fotoliz qilish yo’li bilan olinadi. G’e3(so)|2 — qoramtiryashil kristallar; 140-150° da parchalanadi. Organik erituvchilarda oz eriydi. G’e2(so), ni qizdirish yo’li bilan olinadi. T. karbonillari magnitlar, magnitofon lentalariga yugurtiriladigan o’ta yupqa qatlam, turli detallar, pigmentlar, ferritlar, katalizatorlar tayyorlash uchun qo’llanadigan karbonil temir kukunlari ishlab chiqarish.da, temirorganik birikmalar sintezida ishlatiladi. T. ning kristallogidrat ko’rinishidagi nitratlari olingan. Geksagidrat Fe(NO,)26H2O — och yashil kristallar. Suyuklanish trasi 60,5°. 100 g suvda 24° da 86,95 g (suvsiz tuz hisobida) eriydi. Suvsiz Fe(NO,)2 va uning gidratlari beqaror, xavoda osongina oksidlanadi. Nonagidrat Fe (NO3)39H2O — och binafsha rangli gigroskopik kristallar. Suyuklanish trasi 50,1°; zichligi 1810 kg/m3.100 g suvda 20° da 82,48 g (suvsiz tuz hisobida) eriydi. Geksagidrat Fe(NO3)36H2O — rangsiz, gigroskopik kristallar; zichligi 1680 kg/m3; suvda, etanolda, atsetonda eriydi. T. nitrat gidratlari T. qirindilariga 20-30% li HNO3 eritmasini ta’sir ettirib olinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni bo’yashda xurush sifatida, oksid kattalizatorlar sintezida qo’llanadi. T. oltingugurt bilan sulfidlar hosil qiladi: T. (P)sulfid FeS, T. disulfid FeS2 va b. Tabiiy T. sulfidlari (pirit va markazit FeS2, pir rotin Fe7S8) er po’stida keng tarqalgan (q. Oltingugurt) T. ning 2 ta xloridi ma’lum: T. (II) xlorid G’es12 va T. (Sh)xlordi G’eS13 T. (II) xlorid G’es12 rangsiz kristallar; oksidlanishi sababli havoda sarg’ayadi. Suyuqlanish trasi 677°, qaynash trasi 1026°; zichligi 3,162 g/sm3. Suvda, etanolda, atsetonda eriydi. T. qirindilariga 500° da gaz holatdagi xlorid kislota ta’sir ettirib yoki G’eS13ni vodorod bilan kaytarib olinadi. Organik sintezda katalizator, G’eS13 olishda, antianemik preparatlar komponenti sifatida qo’llanadi. T.(Sh)xlorid G’eS13 — to’q kizil tusli kristallar. Suyuklanish trasi 309°, qaynash trasi 320°; zichligi 2,898 g/sm3. Suvda, spirtda, atsetonda eriydi. Tabiatda molizit minerali ko’rinishida uchraydi. 400-500° da T.ga quruq holdagi xlor yoki 500° da G’e2O3 ga xlorid kislota ta’sir ettirib hosil qilinadi. Suvni tozalashda koagulyant, gazlamalarni bo’yashda xurish, katalizator sifatida, analitik kimyoda SCN~, Ѕp2q ionlarini ochishda, fenol va enollarni aniklashda qo’llanadi. Ad.: Gulyaev A. P., Metallovedenie, 6 izd., M., 1986; Kaso’mova S. S, Biogennie Elemento’, T., 1990; A., Rahimov H.R., Muftahov A. A., Anorganik kimyo, T., 2003. Rustam Ma’rupov.