IRTISH-QARAG’ANDA KANALI
IRTISH-QARAG’ANDA KANALI — Qozog’iston Respublikasidagi yirik kanal. I. -Q. k. Irtish daryosi- dan (Pavlodar viloyati Ermek sh. dan 5 km uzoqlikda) boshlanib, Markaziy Qozog’iston hududini shim.sharqdan janu-bi-g’arbga kesib o’tadi va Jezqazg’an shahri yaqinida tugaydi. Kanal qurilishi 1974 y. da tugallangan, uning 1navbati (uz. 458 km) 1962-67 y. larda qurilgan. Suv 22 bosqichda nasoslar orkali 420 m gacha balandlikka ko’tarib beriladi. Suv o’tkazish imkoniyati 72 m3/sek. Kanal- ning eni 40 m, chuq. 7— 10 m. Kanalda 11 gidrouzel, 22 nasos st-yasi, 2 suv ombo- ri, 14 to’g’on va b. qurilgan. Kanalning 2navbati uz. 520 km (Jezqazg’an sh. gacha). Karag’anda, Jezqazg’an, Ostona va qisman Pavlodar viloyatlarining sanoat va q. x. korxonalarini, Ekibastuz, Karag’anda, Temirtau shaharlarini suv b-n ta’min- laydi. 50 ming ga dan ko’proq er sugori- ladi, cho’l yaylovlarga suv chikarilgan.