Ipekakuana

Ipekakuana (Cephaelis ipecacuanna) — sho’radoshlar oilasiga mansub doim yashil buta. Bo’yi 15-60 sm. Ildizi ingichka, silliq, shoxlangan. Braziliya, Boliviya va Kolumbiyaning nam tropik o’rmonlarida usadi. Tropik zonalar- da ekiladi. Ildizi ko’ngil aynatuvchi yoqimsiz qidli, tarkibida alkaloidlar, oshlovchi va b. modsalar bor. Ildizi- dan emetin, psixotrin, tsefaelin va b. alkaloidlar olinadi. I. o’simligining quritilgan ildizidan I. degan qustiruvchi dori tayyorlanadi. Uning ki- chik dozasi bronxial bezlar funktsiyasi- ni kuchaytiradi, balg’amni suyultiradi, shuning uchun balg’am ko’chi-ruvchi sifati- da ko’proq ishlatiladi. Ipor, ufor, mu- skus — ba’zi hayvonlarning bezlaridan va o’simliklardan olinadigan xushbo’y modda (q. Mushk).