Iroq
Iroq (musiqada) — o’n ikki ma- qom, Shashmaqom va Xorazm maqomlari tarkibidagi maqomlardan biri. Iroq mamlakatining nomiga nisbat beril- gan. Iroq maqomining tovushqatori va lad qurilmasi, unga mos cholg’u va ashula yo’llari bir necha bor o’zgarib borgan. Shashmakrmdagi I. ning (yu. Rajabiy yozuvida) mushkilot (cholg’u) bo’limi — Tasnif, Tarje, muhammas, sa-qil-1, Saqil-2, Saqili Kalon, Nasr (ashula) bo’limi — Saraxbor (6 taronasi b-n), Muxayyar (4 taronasi b-n), chanbar, Ufar qismlarini o’z ichiga oladi. I. ning ashu- la yo’llarida Mu-xayyari Chorgoh namudi va Zebo pari avji qo’llaniladi. Muxay- Yari I. ning 1 — va 2 — taronalari Chorgoh yo’llariga yaqin. Chanbari I. sho»basi alohida ashula yo’li bo’lib, Su-vora yo’llarini eslatadi. I. maqomi yo’llarida yaratilgan xalq cholg’u va ashula yo’llari ham o’ziga xos ohanglarga boy, odatda ayriliq, in- tizorlik his-tuyg’ularini aks ettiradi. Bastakorlar I. yo’llari asosida Cho’li I., Surnay Irog’i, Chanbari I., Mushkiloti I. va uning Ufari, Toshkent irog’i kabi kuy va ashulalarni yaratgan. V. Uspen- skiy «Farhod va Shirin», R. Glier va T. Sodiqovlar «Layli va Majnun», S. Yudakov «Maysaraning ishi» operalari- da I. kuylaridan foydalanishgan.