Isaakyan Avetik Saakovich

Isaakyan Avetik Saakovich [1875.19 (31). 10, Kazarapat — 1957.17.10, Erevan] — arman shoiri. Armaniston FA akad. (1943). Seminariyada o’qigan (1889-92). 1911-36 y.da chet elda yasha- gan. Armaniston Yozuvchilar uyushmasi boshkaruvi raisi (1946-57). Dastlab-ki she’r va dostonlarida ijtimoiy zulm- ga qarshi kurashgan xalq qahramonlari madh etilgan, inson taqdiri, kela- jagi haqidagi fikrlar bayon etilgan («Qo’shiqlar va jarohatlar», 1897; «Abul A’lo al-Ma’arriy», 1909-11 va b.). «Sasma Mger» dostoni (1919, 1937 y.da qayta ishlangan) arman xalq eposi «so- sunli Dovud» mavzusi asosida yara-til- gan. «Bizning tarixchilarimiz va biz- ning Gusanlar» (1939), «Vatanim-ga» (1940), «Arman me’morchiligi» (1942) va b. turkum she’rlari mashhur. 2-jahon urushi yillarida yozgan jangovar rux- dagi she’rlari («Qalbim mening tog’lar cho’qqisida», 1941; «ulug’g’alaba kuni» 1945 va b.) xalq qo’shiklariga aylangan. Ayrim asarlari («poema va she’rlar», 1961; «Abul a’lo al-Ma’arriy», 1976) o’zbek tiliga tarjima qilingan.