Infratuzilma

Infratuzilma (lot. infra — osti- da) — i. ch. va tovar muomalasi, shuning- dek, inson hayot faoliyati uchun zarur bo’lgan me’yoriy sharoitni ta’minlashga xizmat kiluvchi turli-tuman yordamchi xizmat ko’rsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomod- diy i.ch. sektori. I. xizmatlari moddiy shaklga ega bo’lmagan tovarlar bo’lib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi. I. zaruriy shart bo’lganidan uning ishlab turishini ta’minlashga iqtisodiy re- surslarning bir qismi jalb etiladi. I. xizmat ko’rsatish sohasiga ko’ra ishlab chiqarish infratuzilmasi (i.ch. ga xizmat ko’rsatuvchi sohalar — yuk tashish trans- porti, elektr va issiqlik ta’minoti, yo’l xo’jaligi, suv xo’jaligi, ombor Xu- jaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va b.) va ijtimoiy-ma- ishiy infratu-zilma (aholiga xizmat ko’rsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar — maorif, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va b.) ga ajraladi. I. xizmati tovar bo’lganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat ko’rsatish, ammo bu ish pulli, bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. I. xizmatlarini xarakteriga ko’ra guruxla- ganda bozor infratuzilmasi ajralib tu- radi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga oshiruvchi xizmatlar ko’rsatiladi. Qaysi darajada xizmat ko’rsatilishiga ko’ra, korxona, tarmoq i. ch. majmualari va hududiy I. ham mavjud. I. sohasida yaratilgan xizmatlar i. ch. va inson uchun naf keltiradi. I. xizmat ko’rsatishini tashkil etish uchun mablag’lar sarfla- nadi. Shuning uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. I. ni yaratuvchi mehnat ham unumli hisoblanadi. I. ning samaradorligi ko’rsatilgan xizmatlar- ning sarf-xarajatlarga nisbati orqali aniqlanadi Ahmadjon O’lmasov.