Ionlovchi nurlanish
Ionlovchi nurlanish — zar- ra lar va elektromagnit nurlanish Kvan-tlari oqimi; modda orqali o’tishi uning atom va molekulalari Ionlani- shiga va qo’zg’alishiga sabab bo’ladi. I. n. elektronlar, pozitronlar, protonlar, neytronlar va b. elementlar zarralar, shuningdek, atom yadrolari va gamma-, rentgen va optik diapazondagi elektro- magnit nurlanishdan iborat. Zaryadlangan zarralar muhitning atom va molekulalari b-n bevosita to’qnashib ionlanishiga birlamchi ionlanish; urib chiqarilgan elek-tronlarning Ionlani- shiga ikki-lamchi ionlanish deyiladi. Muhitning I. n. ta’sirida ionlanishi, asosan, I. n.ning energiyasiga, tarki- biga, zichligiga bog’liq. Fan va texni- kada, biologiya va tibbiyotda, qishloq xo’jaligi va sanoatda I. n. muhim ahami- yatga ega. Mas, kimyoviy reaktsiyalar I. n. ta’sirida pastroq t-ra va bosimda amalga oshiriladi (q. Radiokimyo). I. n. oziq-ovqat, dori-darmon mahsulotlari va b.ni sterillash va konservalashda ishla- tiladi. O’simlik va mikroorganizmlarda I. n. ta’siri b-n har xil mutasiyalarni keltirib chikarish mumkin.