Gerbitsidlar

Gerbitsidlar (lot. herba — o’t, o’simlik va caedo — o’ldiraman) — begona o’tlarni yo’qotishda qo’llaniladigan ki- myoviy moddalar. Q. x.da dala, bog’va tok- zorlar, o’tloqlardagi, yo’l yoqalaridagi be- gona o’tlarga qarshi qo’llaniladi. G.ning bir necha xil preparat ko’rinishlari mav- jud: suvda eriydigan kukunlar (dalapon va b.), suv b-n aralashib suspenziya hosil qiluvchi kukunlar (Paxton, kotoran, ko- tofor, prometrin, gezagard, atrazin, agelon va b.), suv b-n aralashib emulsiya hosil qiluvchi emulsiyalanuvchi kon- tsentratlar (treflan, Dual, banol va b.), to’ldirgich hamda ta’sir qiluvchi modda- lardan tashkil topgan granula (donador preparat)lar (granulali dalapon va b.). G. ta’sir qilish xususiyatiga ko’ra yop- pasiga va tanlab ta’sir etuvchi prepa- ratlar guruhlariga bo’linadi. Yoppasi- ga ta’sir qiluvchi g.danbarcha turdagi o’simliklarga (aerodromlarda, yuqori voltli liniyalar o’tgan joylarda va b.), tanlab ta’sir etuvchilardan esa dala ekinlari, bog’lar, o’rmonzorlardagi be- gona o’tlarga qarshi foydalaniladi. G.larning bu guruxlari o’rtasida qat’iy chegara ko’yib bo’lmaydi, chunki ko’pgina preparatlar kam miqsorda ishlatilgan- da tanlab ta’sir etuvchi bo’lsa, yuqori miqdorlarda yoppasiga ta’sir etishi mumkin. G.ning tanlab ta’sir qilishi ekinlar va begona o’tlar turiga, o’sish va ularning rivojlanish fazalari hamda tuproq iqlim sharoitlariga bog’liq. Tanlab ta’sir etuvchi g.ni ekishdan oldin, ekish davrida, ekin yoki bego- na o’tlar unib chiqqunga qadar yoki unib chiqqandan so’ng qo’llash mumkin. Mac, treflan yoki prometrin, odatda, ekish- dan oldin, boronalashga qadar dalalarda bir yillik begona o’tlarga qarshi sepi- ladi. Bunda G.ning tanlash xususiyati tuproq turiga, yog’ingarchilik miqdoriga hamda preparatning tuproqda saqlanish muddatlariga bog’liq. Ekish davrida g. (mas, dalapon, kotoran, daxlor, Dual, kotofor yoki prometrin paxta dalala- ridagi bir yillik o’tlar, atrazin yoki agelon esa makkajo’xori dalalaridagi begona o’tlarga qarshi) ekish agregatiga o’rnatilgan maxsus moslamalar b-n so- linadi. Ekin unib chiqqunga qadar ham yuqoridagi g.ning birontasidan foyda- lanish mumkin. Bunday hollarda g.ning tanlash xususiyati urug’ning tuproqda joy- lashadi chuqurligiga, uning unib chiqish tezligi (quvvati)ga va preparatning tuproqqa saqlanish muddatiga bog’liq. Ta’sir qilish usuliga ko’ra: sirt- dan (o’simlik to’qimalariga tekkan qisminigina nobud qiladigan; mas, mi- neral moylar, nitrafen, DNOK. va b.) va singib ta’sir qiluvchi (o’simlik ta- nasiga shimilib, singib uning tomir va to’qimalari orqali harakatlanib, umu- miy zaharlanishga olib keladigan kimyo- viy moddalar; mas, atrazin, agelon va b.) G. mavjud. Singib ta’sir qiluvchi g. kuchi sirtdan ta’sir ko’rsatuvchi g. nikiga nis- batan sustroq. Ularning ta’siri juda se- kin namoyon bo’lib, sarflanadigan erit- ma hajmiga, tomchilar o’lchamiga, pur- kashning qay darajada tekis chiqishiga bog’liq. Singib ta’sir qiluvchi g. ildizi juda chuqur o’sadigan ko’p yillik bego- na o’tlarga qarshi yaxshi samara beradi. G. 3 usulda: yoppasiga, lenta shaklida va uyalab sepiladi. Preparat yoppasiga bu- tun maydonga (treflan yoki prometrin- ni ekishdan avval, dalaponni esa kuzgi shudgordan so’ng) bir tekisda purkaladi. Ekish davrida (bunda lenta kengligi 25-30 sm; kotoran, prometrin, kotofor, agelon, Dual, stomp, atrazin va b.) va ekin unib chiqqandan so’ng (bunda himoya zonasi qator markazidan boshlab ikki tomonga 12-15 sm dan; kotoran, prometrin) lenta usulidan foydalaniladi. Begona o’tlar dalaning turli joylarida har xil da- rajada uchrasa, ularga qarshi g. (mas, ko’p yillik begona o’tlardan ajriq va g’umayga qarshi dalapon) uyalab purkaladi. Ba’zi G.ni yangi erlarni o’zlashtirishda yovvoyi buta o’simliklarni yo’qotishda arbori- tsid, o’simlik ildizlarini quritadigan desikant (takrizol, dinitrol, Pentax- lor va b.), o’simlik barglarini to’kishda defoliant (endotal va b.) va o’sish in- gibitorlari (IFK, dinitroortokrezol va b.) sifatida ishlatish mumkin; ay- rimlari kam miqsorda qo’llanilganda o’sish stimulyatorlari kabi ta’- sir ko’rsatadi (2,4-D, 2,4-dm va b.). Hoz. davrda gerbitsidlik xususiyatiga ega bo’lgan 1000 dan ortiq birikmalar ma’lum. Ulardan 150 dan ko’prog’i bego- na o’tlarga qarshi kurashda ishlatiladi. Birinchi marta Germaniyada 1934 y.da kimyoviy o’toq maqsadlarida organic birikmalardan dinitroortokrezol- dan foydalanilgan. Keyinchalik 2,4-D, 2M-4x preparatlaridan foydalanila boshlandi. G.ni noto’g’ri qo’llash (yuqori dozalar, ishlov berish muddatlarini bu- zish va b.) tuproq va suv havzalarining ifloslanishiga, o’simliklar va hayvonlarning halok bo’lishiga, biogeo- tsenozda O’zbekistonda g’o’za-g’alla-beda almashlab ekishda qo’llanuvchi gerbi- tsidlarning sarf normalari va muddat- lari makkajo’xori, bedadagi biologic aloqadorlikning buzilishiga sabab bo’lishi mumkin. Ko’pgina mamlakat- larda, shu jumladan O’zbekistonda g.ni ishlatish qonun b-n tartibga solinadi. Ad.: Komilova R., Rahimov A., Gerbitsid- larning o’simliklarga ta’siri, T., 1972; Lozovatskaya M.A., Ximicheskie meri borbi s sornoy rastitelnostyu v po- sevax xlopchatnika, T., 1979; Bezuglov V. G., Primenenie gerbitsidov v intensiv- nom zemledelii, M., 1981; Komilova R., Gerbitsidlar va g’o’zaning yangi navlari, T., 1982; boshokli don ekinzorlarida- gi begona o’tlarga qarshi banvel gerbi- tsidini qullash bo’iicha tavsiyanoma. T., 20001. Murodjon Rashidov, Abdumannop Yo’ldoshev, Temur Hasanov.