Germaniya

Germaniya (Deutschland), Germa- niya Federativ Respublikasining (Bundesrepublik Deutschland), GFR — Markaziy Evropadagi davlat. Shim. va Boltiq dengizlari sohilida joylashadi. Mayd. 357 ming km2. Aholisi 82,16 mln. kishi (1999). Poytaxti — Berlin sh. Ma’muriy jihatdan 16 er (viloyat) ga, erlar okruglarga, okruglar tumanlarga, tumanlar jamoalarga bo’linadi. Davlat tuzumi. GFR —Federativ Respu- blika. Amaldagi Konstitusiyasi 1949 y. 23 mayda qabul qilingan, unga 1954, 1956, 1990, 1993 va 1994 y.larda qo’shimchalar knritilgan. Davlat boshlig’i — federal prezident. U maxsus chaqiriladigan federal Majlis tomoni- dan 5 y. muddatga saylanadi va yana faqat bir marta saylanishi mumkin. Federal Majlis Bundestag raisi tomonidan chaqiriladi va u Bundestag deputatlari hamda landtaglar (er parlamentlari) to- monidan saylangan a’zolardan iborat. Prezident ish qobiliyatini yo’qotsa yoki vafot etea, Bundesrat raisi prezident vakolatlarini bajaradi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni parlament amalga oshiradi. U ikki palata: Bundestag va bundesratdan iborat. Bundestag aholi tomonidan 4 i. muddatga saylanadi. Bun- desrat esa er hukumatlari o’z orasidan 4 y. muddatga tayinlaydigan vakillardan iborat. Ijroiya hokimiyat federal Kan- sler boshchiligidagi federal hukumat qo’lida. Federal kantsler Bundestagda prezidentning taklifiga binoan ko’pchilik ovoz b-n saylanadi. Vazirlar federal kantslerning taklifi b-n Prezi- dent tomonidan tayinlanadi. Har bir erning o’z Konstitusiyasi, parlament va hukumati bor. Tabiati. G. manzarasi benihoya xilma-xil va jozibador. Past va baland tog’tizma- lari oralarida yassitog’liklar, o’rqirlar, ko’llar, keng va ochiq tekisliklar uchrab turadi. Shim.dan Jan.ga tomon g. 5 Land- shaft zonasiga bo’linadi: shim. Germa- niya paettekisligi, o’rtacha balandlikda- gi tog’ostonasi, Jan.-g’arbiy Germaniya burma poydevorli o’rta tog’ligi, Jan. Germaniya Alpoldi yassitogligi va Bava- riya Alp tog’lari. Shim.dagi paettekis- liklarda ko’llar, qirli, qum va tuproqli platolar, yaydoq erlar va torfli botqoqlar ko’p. O’rta tog’ostonasidan shim. tomondagi erlar (quyi Reyn, Vest- Faliya va Saksoniya-Tyuringiya havzasi) serhosil. Jan.da Sharqiy Alp tog’lari qad ko’targan (eng bal. nuqtasi sug- Shpitse tog’i, 2962 m). Shim. dengiz b-n Boltiq dengizi oralig’idagi past-baland qirg’oqlarda «Golshteyn Shvey-tsariyasi» joylashgan. G. er ostida tosh-ko’mir, qo’ng’ir ko’mir, tuzlar juda ko’p. Oz miqdorda temir rudasi, neft, tabiiy gaz bor. Iqlimi mo»tadil, dengiz iqlimi, G’arb va shim.-g’arbdan Jan.- sharqqa tomon dengiz iqlimidagi mo»tadil-kontinental iqlimga o’ta bo- radi. Yanv.ning o’rtacha t-rasi pasttekis- likda 1,5°dan tog’larda -6° gacha; qishda sertuman, qor tez erib ketadi. Iyulning o’rtacha t-rasi pasttekislikda 18°dan Jan. vodiylarda 20°gacha. Yillik yog’in miqdori 600-800 mm. Baland tog’larda yoz salqin, yog’in 1000-2000 mm. Daryolari: Elba, Reyn, Dunay, Mayn, Vezer, Shire, Mozel. Yirik ko’llari: Voden, Myuris. Tuprog’i asosan podzol, chimli podzol va qo’ng’ir o’rmon tuproqlaridan iborat. Gars tog’larining Sharqiy va shim. tog’ oldi joylarida unumdor qoramtir tuproq uchraydi. Tog’larda qoraqayin, dub, oq va qora qarag’ay o’sadi. Bug’u, elik, Serna (tog’echkisi), ohu va b. yashaydi. Milliy bog’lari —Bavariya o’rmoni, ber- x t e s g a D e n . Aholisining 90% dan ko’prog’i ne- mislar; qisman dan (daniyalik)lar va gollandlar yashaydi. Shahar aholisi 85% dan ortiq. Rasmiy tili —nemis tili. Dindorlar —protestantlar (lyuteran- lar, 50% dan ziyod) va katoliklar. Aholi zichligi bir km2ga 229 kishi to’g’ri kela- Di.Mamlakatda 7,2 mln. chet elliklar ham yashaydi. Ular umumiy aholining 8,9% ini tashkil etadi. Yirik shaharlari: Berlin, Gamburg, Myunxen, Kyoln, Frank- furtmayn, Dortmund, Shtutgart, Dyus- seldorf, Gannover, Nyurnberg, Leypsig, D r e z D e n . Tarixi. Arxeologiya ma’lumotlariga ko’ra, g. hududida inson 500-300 ming yillar muqaddam paydo bo’lgan. Mil. AV. 1-ming yillik oxirlarida g.da joyla- shib olgan german qabilalari Rim davla- ti b-n to’qnashdi. Xalg’larning buyuk ko’chishi deb ataladigan davrdan so’ng g.da alemanlar, bavarlar, shar-qiy franklar, sakslar, tyuringlar va frizlar qolgai. 6-8-a.larda g.ning barcha hududini franklar egallab oldi. 9-a.da g. erlari Sharqiy franklar qirolligi tarkibiga kirgandan so’ng mustaqil german davla- tiga yo’l ochildi. Shtaufenlar sulolasi (1138-1268) dav- rida g. hududi ancha kengaydi. Ayrim ne- mis knyazliklari, ayniqsa Saksoniya knyazligi «salib yurishi» niqobi ostida Elba va Boltiqbo’yi xalqlarining erla- rini bosib oldi. 15-a. oxiri —16-a. boshlarida dehqonlar va shaharliklarning jabr-zulmga qarshi qo’zg’olonlari bo’lib turdi. Ayniqsa, aholidan har xil bahonalar b-n turli soliqlar undirib oladigan katolik Cher- koviga qarshi qattiq norozilik tug’ildi. Martin Lyuter rahbarligida katolik cherkoviga qarshi harakat —reformasiya boshlandi (1517). Reformasiya davridagi ommaviy harakatning eng yuqori cho’qqisi 1524-26 y.lardagi dehqonlar urushi bo’ldi. Bu davrda Sharqiy g.da o’z mahsulotini tashqi bozorga mo’ljallagan yirik xo’jaliklar paydo bo’ldi. 1618 y. ga kelib katolik va protestantlarning o’zaro kurashlari Evropadagi o’ttiz yil- lik urush (1618-48) kelib chiqishiga sa- bab bo’ldi. Urush oqibatida g. katta tala- FOT ko’rdi. 1648 y.gi Vestfaliya sulx. shartnomasiga ko’ra, g. bir necha knyazli- klarga bo’lindi. O’zining muhim geogra- FIK o’rni tufayli Brandenburg-Prussiya kurfyurstligi (1701 y.dan Prussiya qirolligi) eng yirik german davlatlari- dan biriga aylandi. 1740-86 y.larga ke- lib, Fridrix II qirolligi davrida prus militarizmi avj oldi. Prussiya Evropada buyuk davlatga ayla- nib, g.da hukmronlik o’rnatish uchun Av- striya b-n kurashni kuchaytirdi. 1740 y. Prussiya qo’shinlari Avstriya Sileziyasi- ga bostirib kirdi. Savdo-sotiq va sano- atning rivojlanishi g.da feodal kre- postnoy tuzumini bekor qilishni taqozo qilar edi. Frantsuz burjua inqilobi ta’sirida g.da dehqonlar harakati avj oldi. Nemis Knyaz va feodallari Fran- tsiyadagi inqilobni bo’g’ib tashlashni maqsad qilib olishdi. 1792 y. Avstriya b-n Frantsiya o’rtasida urush chiqdi. Prus- siya Avstriya tomonida turib urushdi. Urushda G. armiyasi engildi. 1793 y. 18 martda frantsuzlar tomonidan ozod qilingan Mayns sh.da nemis tuprog’ida birinchi demokratik respublika e’lon qilindi. 1803-04 y.larda Napoleon g. dagi maida davlatlarni tugatib, o’z hukmronligida Reyn Ittifoqi tashkil qildi. 1812 y.gi urushda Rossiyaning g’alabasi g.ni Napoleon hukmronligidan xalos qildi. 1813 y.gi Leypsig jangi (xalqlar urushi)dan so’ng g.ning barcha hududi ozod qilindi. 1814-15 y.lar Vena Kongressi qaroriga ko’ra, 39 davlat- ni birlashtirgan g. Ittifoqi tuzildi. 1834 y. 18 davlat ishtirokida g. bojxona Ittifoqi tashkil togshi. Unda Prussiya rahbarlik rolini o’ynar edi. Bu ittifoq sanoat va savdoni rivojlantirishda kat- ta ahamiyatga ega bo’ldi. Ayniqsa t.y. qurilishida g. katta yutuqlarni qo’lga kiritdi va 1850 i.ga kelib, Evropada ik- kinchi o’ringa chiqib oldi. 1848-49 y. larda g.da burjua-demokratik inqilobi bo’lib o’tdi. Uning maqsadi —mamlakat- ni birlashtirish, monarxiya tuzumini tu- gatish. agrar masalani demokratik asos- da hal etish edi. Biroq, burjuaziyaning qo’rqoqligi va xoinligi, proletariat- ning zaifligi tufayli inqilob mag’lubiyatga uchradi. Bu Prussiya hukmdorlarini mamlakatni inqilob yo’li b-n emas, qurol kuchi va urushlar yo’li b-n birlashtirish kerak degan xulo- Saga olib keldi. Prussiya Daniya (1864), Avstriya (1866) va Frantsiya (1870) ga qarshi olib borilgan urushlardan so’ng Mayn daryosidan shim.gacha bo’lgan erlar- da shim. Germaniya ittifoqini tuzishga eritshdi. 1871 y.gi Frantsiya-Prussiya urushidan so’ng g. pruss militarizmi asosida birlashtiriddi. 1871 y. 18 yanv. da nemis knyazlari Versalda Prussiya qiroli Vilgelm 1 ni Germaniya impe- ratori deb e’lon qildi. 20-a. boshlariga kelganda sanoat rivoji bo’yicha g. Evropada birinchi o’rinni egalladi. 1-jahon urushiga tayyorgarlik ko’rayotgan g. hukumati Frantsiya-Rossiya ittifoqini buzib, Frantsiyani yakkalab qo’ymoqchi bo’ldi. Bu narsa amalga oshma- Di, aksincha, 1907 y. Frantsiya, Rossiya va Angliya birlashib, Antanta deb ataladi- gan ittifoq tuzishdi. O’z harbiy qudratiga ishongan hamda Angliya Rossi- yani qo’llamaydi deb o’ylagan g. 1-jahon urushini boshlab yubordi. 1914 y. 1 avg.da G. Rossiyaga, 3 avg.da Frantsiyaga urush e’- lon qildi. 4 avg. da esa Angliya g. ga qarshi urush e’lon qildi. 1917 y. AQSh Antanta tomonida turib g.ga qarshi urushdi. 1918 y.ning bahorida g. armiyasi g’arbga yurish qildi, biroq mag’lubiyatga uchradi. Sent.da esa ingliz-frantsuz ko’shinlari tomonidan tor-mor etildi. Nihoyat, 1918 y. 5 okt.da sulh so’rab, An- tantaga murojaat qiddi. 1918 y. 11 noyab. da Kompenda yarash ahdi tuzildi. 9 noyab. da Berlinda qo’zg’olon ko’tarilib, monar- xiya tuzumi ag’darib tashlandi va g. Respu- blika bo’ldi. 1919 y. Fev.da Veymar sh.da chaqirilgan ta’sis majlisida ishlab chiqilgan g. Re- spublikasi (Veymar Respublikasi) kon- stitusiyasi 31 iyulda qabul qilindi. G. burjuaziyasining mavqei mustahkamlana bordi. Chet el, ayniqsa AQSh sarmoyasi G.ning harbiy va sanoat iqtisodiyotini qayta tiklash imkonini berdi. Veymar Respublikasi reaktsion tusga kira bor- Di. 1929 y.da boshlangan jahon iqtisodiy bo’hroni g. iktisodiyotiga katta ta’sir qildi. Bu sharoitda Nasional-sosiali- stik partiya (1919 y. tuzilgan) faollasha b o r D i . 1932 y. mart—apr.dagi prezident saylo- vida Adolf Gitler 13 mln .dan ortiq ovoz oldi. O’sha yil noyab. oyida hokimiyat Nasional-sosialistlar qo’liga o’tdi. 1933 y.da fashistlar diktaturasi o’rnatildi. A. Gitler reyxskantsler, key- inchalik esa davlat boshlig’i bo’lib oldi. Shu davrdan boshlab mamlakatda terror rejimi o’rnatiddi. Antifashistlar qattiq ta’qib ostiga olindi. 1935 y. umumiy harbiy xizmat joriy qilindi. G. 1936-39 y.larda Italiya b-n birga- likda Ispaniyaga qarshi interventsiya uyushtirdi. 1938 y. martda Avstriyani qo’shib oldi. 1939 y. 1 sentda g. Polshaga hujum qilib, 2-jahon urushi (1939-45) ni boshlab berdi. 3 sent. da Angliya va Frantsiya G.ga qarshi urush e’lon kildi. 1940 y. apr.da g. Daniya va Norvegiyani, may—iyunda esa Belgiya, Gollandiya, Lyuksemburg va Frantsiyani bosib oldi. 1940 y. sent.da Berlinda g., Italiya va Yaponiya o’rtasida harbiy ittifoq tuzil- Di. 1941 y. apr.da g. Yugoslaviya va GRESi- yani bosib oldi. Shu yili 22 iyunda esa g. urush e’lon qilmasdan SSSR ga hujum qildi. Dastlabki muvaffaqiyatlariga qaramay, german fashistlari shiddatli zarbaga duch keldi. 1945 y. 2 mayda ittifoqchilar qo’shinlari Berlinni egalladi. 8 mayda g. so’zsiz taslim bo’lganligi haqidagi hujjatga imzo chek- Di. G. to’rt okkupasiya zonasiga bo’lindi. 1949 y. avg.da G’arbiy g.da parlament say- lovi o’tkazildi. O’sha yili 20 sent.da GFR tuzildi. 1949 y. 7 okt.da Xalq ken- gashi Germaniya demokratik Respublika- si (GDR) tuzilganligini e’lon qildi. Ikki suveren german davlati 1990 y. okt. gacha alohida-alohida yashab keldi. Lekin sosialistax jamiyat qurish yo’lini tut- gan GDRning ijtimoiy turmush daraja- si G’arbiy Germaniya darajasiga nisba- tan ancha orqada qoldi — G’arbiy Germa- niya jahonning taraqqiy etgan mamlakat- lari qatoridan o’rin oldi. Nemis xalqining birlashish orzusi 1989 y.ning so’ngida taqiq ramzi bo’lmish Berlin de- vorining buzilishi b-n ushaldi (q. Ber- Lin devorining qulatilishi). 1990 y. 12 sent.da Moskvada Germaniya masalasini uzil-kesil hal etish to’g’risidagi shar- tnoma imzolandi. GDR Xalq palatasi- ning qaroriga binoan GDR GFRga qo’shildi. Natijada yagona g. davlati tashkil topdi. 1999 y.dan g. federal Prezidenta — yo- Xannes Pay. 1998 y.dan federal kantsler —Gerxard Shreder. G. -1973 y.dan BMT a’zosi. O’zR b-n diplomatiya mu- nosabatlarini 1992 y. 6 martda o’rnatgan. Milliy bayrami -3 okt. —G. birligi kuni (1990). Asosiy siyosiy partiyalarn va kasaba uyushmalari. G. kommunistik partiyasi, 1968 y.da tuzilgan; demokratik sosia- lizm partiyasi, sobiq GDR da 1946 y.da tuzilgan Germaniya Birlashgan so- tsialistik partiyasi (GBSP) negizida 1989 y.da tashkil etilgan; g. sosial-de- mokratik partiyasi, 1946 y.da tuzilgan; Xristian-demokratik Ittifoqi, 1945 y. dan faoliyat kursatadi, 1950 y.da tashki — liy jihatdan yagona partiya sifatida ras- miylashgan; xristian-sosial Ittifoqi, 1945 y.da Bavariyada asos solingan; er- kin demokratik partiya, 1990 y.da tuzil- gan: «Ittifoq-90» «ko’katparvarlar» partiyasi. 1993 y.da «Ko’katparvarlar» b-n «Ittifoq-90» partiyasining birla- shuvi natijasida barpo etilgan; g. mil- liy demokratik partiyasi, 1964 y.da yangi nasistlar tomonidan tuzilgan; Respu- blikachilar partiyasi, 1983 y. asos solin- gan. Nemis kasaba uyushmalari Ittifoqi, 1949 y.da tuzilgan, g. birlashganidan so’ng sobiq GDRdagi kasaba uyushmalari unga qo’shildi. Xalqaro erkin kasaba uyushmalari konfederasiyasi va Evropa kasaba uyushmalari konfederasiyasiga k i r a D i . Xo’jaligi. GFR —yuksak darajada ri- vojlangan industrial mamlakat. Umu- miy iktisodiy qudratiga ko’ra dunyoda uchinchi o’rinda, jahon savdosida ikkin- chi o’rinda turadi. Yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoat va qurilishning ulushi 33,6% ni, q. x.ning ulushi 1,2% ni tash- kil etadi. Sanoati nemis iqtisodiyotining asosiy tayanchidir. Qo’ng’ir kumir (dunyoda 1-o’rin), toshko’mir, neft, tabiiy gaz, polimetall rudalar, kaliy va oshtuzi qazib olinadi. Energetika, qora va rang- li metallurgiya, mashinasozlik, kemasoz- lik, kimyo va neft kimyosi, yog’ochsozlik, oziq-ovqat sanoati, chinnisozlikg’oyatrivojlangan. G. sanoati asosan o’rta korxonalardan iborat. Sano- atda band bo’lgan barcha xodimlarning 32% dan ko’prog’i (2,2 mln. kishi) yirik firmalarda ishlaydi. «Simens» kontser- ni, «Folksvagen», BMV va «Daymler- Bents» kabi avtomobilsozlik firmalari, «Xyoxst», «Bayer» va BASF kabi kimyo kontsernlari, «Rurkole AG» ko’mir qazish firmasi, «FEBA» va «RVE» elektr tex- Nika kontserni yoki «Bosh» guruhi butun dunyoga mashhur bo’lib, dunyoning hamma joylarida filiallari, korxonalari yoki tadqiqot muassasalari bor. Yirik fir- malar ko’pdan-ko’p mayda va o’rta korxona- larning buyurtmachisi hisoblanadi. Bu muvaffaqiyatlarda boshqariladigan iqtisodiyotdan 1948 y.da bozor xo’jaligiga o’tilganligi hal qiluvchi omil bo’ldi. Transport vositalari i.ch., mashinasozlik, kimyo sanoati, elektr tex- Nika, oziq-ovqat, metallurgiya, konchilik, aniq mexanika va optika, aviasiya va kos- mik sanoati asosiy tarmoqlardir. Tex- Nika taraqqiyoti sohasida g. sanoati du- nyoda oldingi o’rinlardan birini egal- laydi. G. iqtisodiyoti yuksak texnologiya- lardan foydalanish tufayli farmasev- tika mahsulotlari, eng yangi organik ki- myoviy moddalar va sun’iy materiallar, tibbiyot elektronikasi, optika va o’lchov asboblari i.ch.da, yangi avtomobillar yara- tish va mashinasozlikda, telekommunika- tsiya, atrof muhitni muhofaza qilish tex- nologiyalari sohasida dunyoda etakchi o’rinda. G.da qad. va go’zal an’-analarga ega bo’lgan hunarmandchilik rivoj top- g a n . Qishloq xo’jaligi. G.da q.x.ga yaroqli 36 mln. ga er bor. U mo’l-ko’l yuqori sifatli oziq-ovqat maxsulotlari etkazib beradi. Q.x.ning asosiy mahsulotlari: bug’doy, arpa, qand lavlagi, kartoshka, shuningdek uzum, meva, sabzavot va sh. k. Chorvachilik- da mol go’shti, cho’chqa go’shti, tovuq go’shti va sut etishtiriladi. G. hududining qariyb uchdan bir qismi (10,7 mln.ga) o’rmon b-n qoplangan. Mam- lakatda har yili salkam 30-40 mln. Kub metr yog’och tayyorlanadi, bu hajm ichki ehgiyojning uchdan ikki qismini krplay- Di. G. yog’och eksport qiladigan eng yirik davlatlardan biridir. Shim. va Boltiq dengizlarida, Grenlandiya o. atroflari- da baliq ovlanadi. T.y. uzunligi -91,4 ming km, avtomo- bil yo’llari uz.-496,6 ming km. Eng katta aeroporti —Frankfurtmayn sh.da. Boshqa yirik aeroportlari: Berlin-Te- gel, Berlin-Shenefeld, Bremen, gam- burg, Gannover, Drezden, Dyusseldorf, Kyoln /Bonn, Leypsig, Myunxen, Nyurn- Berg, Saarbryukken va Shtutgart. Suv yo’llari uz.-7467 km. Asosiy dengiz portlari: Gamburg, Bre-men- Bremerxafen, Vilgelmsxafen, Rostok. G. dunyodagi tashki savdo aylanmasi hajmi bo’yicha AQShdan keyin ikkinchi o’rinda turadi. G. chetga asosan avtomo- billar, stanoklar, mashinalar, kimyo mahsulotlari va elektr texnika buyumla- ri chiqaradi. Chetdan xom ashyo, elektr tex- Nika va to’qimachilik mahsulotlari ola- Di. Tashki savdodagi asosiy mijozlari: Frantsiya, Italiya, Buyuk Britaniya, Ni- derlandiya, Belgiya, AQSh, Rossiya, Lyuk- semburg. Pul birligi —nemis markasi. Tibbiy xizmati. G.da 620 mingga yaqin o’rinli 2300 kasalxona, 267 ming vrach ishlaydi. Bundan tashqari 1300 sog’lomlashtirish muassasalari mavjud. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. Konstitusiyaga binoan davlat maorif tizimini umumiy nazorat qilish huquqini o’zida saqlab qoladi. Har bir erda maorif masalalari b-n shug’ullanuvchi vazirlik bor. 6 yoshdan 18 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun ta’lim maj- Buriy. O’qish muddati -12 y. Jumladan, bolalar to’la o’quv haftasi dasturi bo’yicha maktabda 9 y., so’nfa to’liqsiz o’quv haftasi dasturi bo’yicha hunar- texnika bilim yurtida 3 y. o’qiydi. MAK- tablar bir necha bosqichga bo’linadi: boshlang’ich bosqich — 1—4sinflar (ba’- zi erlarda 1—6sinflar). So’ng o’quvchilar umumiy ta’lim maktabining uch toifasi- ga ajratiladi; keyinchalik hunar ta’li- mi olish huquqini beradigan asosiy maktab (5-6 y.), kasbkor yo’nalishidagi to’liqsiz o’rta ta’lim huquqini va o’rta hunar-texnika o’quv yurtiga kirish va uni bitirgach, texnika oliy o’quv yurtiga ki- rish huquqini beradigan Real maktab; to’liq o’rta ma’lumot beradigan va un-t hamda oliy o’quv yurtlariga kirish huquqini beradigan gimnaziya. Umumiy ta’lim beradigan maktabning yangi toi- fasi — umumiy maktab ham mavjud. Unda bolalar 5sinfdan 10sinfgacha o’qiydi. Ba’zi umumiy maktablarda gimnaziyalar- ning yuqori sinflari tarzida tashkil etilgan yuqori sinflar bor. Aqli zaif va nogiron bolalar uchun maxsus makta- blar bor. Ularga ham majburiy ta’lim joriy etilgan. Hunar-texnika ta’limi tizimida hunar maktablari, texnika va muhandislik bi- lim yurtlari, turli ixtisoslikdagi o’rta maxsus ta’lim maktablari hamda maxsus oliy maktablar bor. Oliy ta’lim tizi- miga un-tlar, oliy o’quv yurtlari, oliy badiiy maktablar, texnika maktablari va b. kiradi. Ularda o’qish —pulli. Eng yirik va qad. oliy o’quv yurtlari: Gey- delberg, Leypsig, Rostok, Berlin un- tlari. 1960 y.dan keyin yana 20 ta un-t tashkil etildi. Ularning yonida texnika oliy bilim yurtlari va ped. in-tlari mavjud. Maxsus oliy o’quv yurtlari oliy ta’limning eng yosh va hammaga manzur to- ifasi hisoblanadi. Ulardagi ta’lim ayniqsa muhandislik, iqtisodiyot, ijti- moiy ta’minot, dizayn va q.x. sohalarida ko’proq amaliy tarzda olib boriladi. G.da har yili 10 mln. fuqaro bilim savi- yasini oshirish imkoniyatiga ega. Malaka oshirishning eng yaxshi va samarali shak- li xalq un-tlaridir. G.da 11 ta mintaqalararo iqtisodiyot o’quv markazi va 30 ta malaka oshirish in-ti mavjud. Yirik firmalar o’z xodimlari uchun alohida kurslar tashkil etadi. Mamlakatdagi i.t. ishlari oliy o’quv yurtlarida, davlat va xususiy i.t. muassa- salarida va iqtisodiyot i.t. bo’limlarida olib boriladi. Tadqiqotlarda Dyussel- Dorf, Gyottingen, Geydelberg, Leypsig, Mayns va Myunxenda joylashadi FA lari va 1992 y. qayta tashkil etilgan Berlin-Brandenburg badiiy akademiyasi oliy o’quv yurtlari b-n uzviy hamkorlik qiladi. Mamlakatda 60 dan ortiq ilmiy muassasa va ularning filiallari mav- jud. «21-asr texnologiyalari» deb atal- gan ishlardan tashqari, jumladan, trans- port, ekologiya, sog’liqni saqlash, infor- matika, shuningdek mayda va o’rta korxo- nalarni qo’llab-quvvatlash sohalarida tadqiqotlar olib boriladi. G.da 3 mingdan ko’proq muzey bor. Erlar, shaharlar, uyushmalarning muzeylari, o’lkashunoslik va xususiy muzeylar, ibo- datxonalar, qasrlar, saroylardagi mu- zeylar, ochiq havo ostidagi muzeylar shu- lar jumlasiga kiradi. Eng yirik muzey- lari: Axendagi sobor xazinasi, yangi ga- lereya, Berlindagi «Prussiya madaniy bisoti» davlat muzeyi, Bonndagi shahar san’at asarlari majmuasi, Drezdendagi Eski va yangi ustalarning rasmlar Gale- reyasi, «Kuk gumbaz», Essendagi «fol- Kvang» muzeyi kabi san’at muzeylari, Bonndagi Reyn viloyat muzeyi, Kyolnda- gi Rim-Germaniya muzeyi, Myunxendagi Bavariya milliy muzeyi kabi madaniy- tarixiy muzeylar, Berlin, Frankfur- tmayn, Gyottingen, Gamburg, kil, Kyoln, Lyubeke, Myunxen va Shtutgartdagi etno- grafiya muzeylari va b. Yirik kutubxona- lari: Myunxendagi Bavariya davlat kutub- xonasi (6 mln .dan ortiq asar saqlanadi). «Prussiya madaniy bisoti»ning Berlin- dagi davlat kutubxonasi (4 mln. asar), Kyolndagi Markaziy kutubxona, Vol- fenbyuttedtsagi gersog avgust nomidagi kutubxona (660 mingdan ortiq asar) va b. Matbuoti, radnoeshittirishi va teleko’rsatuvi. G.da nashr etiladigan asosiy gaz. va jur.lar: «Algemayne Tsay- tung («umumiy gazeta», kundalik gaz., 1850 y.dan), «Berliner Morgenpost» («Berlin tonggi xabarlari», kundalik gaz., 1898 y.dan), «Bonner Rundshau» («Bonn sharhi», kundalik gaz., 1945 y. dan), «Generalantsayger («hammabop xa- barnoma», kundalik gaz., 1725 y.dan), «Noyes Doychland» («Yangi Germaniya», kundalik gaz., 1946 y.dan), «Shpigel» («Ko’zgu», haftalik suratli jur., 1947 y.dan), «Shtern» («Yulduz», haftalik Su- ratli jur., 1948 y.dan). Doycher Depe- shendinst Algemayner Doycher Naxrix- tendinst —DDP/ Adn axborot agen-tli- gi; 1946 y.da sobiq GDRda tuzilgan And agentligining 1993 y.da G’arbiy Germa- niyaning DDP agentligi b-n qo’shilishi natijasida vujudga kelgan. Doyche Presse-Agentur-DPA jahon axborot agentligi, aktsiyadorlik jamiyati bo’lib, 1949 y.da tuzilgan. «Arbaytsgemayn- shaft der effentlix-rextlixen rund- funkanshtalgen der Bundesrespublik Doychland» — ARD GFR radio va televi- Zion kompaniyalari birlashmasi, mamla- kat radioeshittirish va teleko’rsatuvlarini nazorat qiladi. Adabiyotnning eng qad. namunalari 8— 9-a.larga mansub («Gildebrand qo’shig’i», «Mazreburg sehri»). Ekkexardning lo- tin tilidagi «Valtarius» asari 11-a.da ya r a t i l g a n . Uyg’onish davri adabiyotiga volfram fon Eshenbax, M. Lyuter, T. Myuntser, G. Saks (16-a.) kabi shoir va adiblar sal- mokli hissa qo’shdi. «Til Eylenshpi- gel», «Reyneke lis», «Faust» kabi xalq kitoblari nashr qilindi. Klassisizm namoyandasi shoir M. Opis mistik va dabdabali barokko she’riyatiga qarshi nemis tilining sofligi uchun kurashdi. «Minna fon Barnxelm», «Emiliya ga- Lotti», «donishmand Natan» pesalari muallifi g. E. Lessing nemis milliy adabiyotiga asos soldi. I. V. Gyote («Eg- Mont», «German va Doroteya», «Faust») va F. Shiller («qaroqchilar», «makr va muhabbat», «Orlean qizi», «Vilgelm Tell») ijodi 18-a. va 19-a. boshlari ne- mis adabiyotidagi taraqqiyparvar g’oyalarning rivojida yuksak bosqich bo’ldi. 18-a. 2-yarmi va 19-a. boshlarida romantizm paydo bo’ldi. Romantiklar (aka-uka A. va F. Shlegellar, L. Tik, L. Uland va b.) o’rta asrni, din va xurofot- ni ideallashtirib, poeziyada sub’ekti- vizmni targ’ib etishdi. 19-a. ning 30-y. laridagi siyosiy ko’tarilish adabiy hayotni ham jonlantirdi. Dramaturg G. Byuxner, L. Berne demokratiya uchun ku- rashdilar. Buyuk shoir g. Geyne «Qo’- shiqlar kitobi» siyosiy lirikasi va b. to’plamlarida feodal reaktsiyani tanqid qildi. 1848-49 y.lardagi nemis burjua- demokratik inqilobi mag’lubiyatidan so’ng adabiy hayotda reaktsion kayfiyat ku- ch a y D i . 20-a. boshlarida dramaturgiyada natura- listik oqim paydo bo’ldi (g. Gauptman, A. Gols va b.), tanqidiy realizm yuksak bosqichga ko’tarildi. 1-jahon urushi dav- rida va undan so’ng A. Sveyg, B. Keller- man, K. Tuxolski, E. M. Remark kabi tanqidiy realistlar ijtimoiy tuzum- ning reaktsion mohiyatini fosh etdilar. Fashistlar hokimiyat tepasiga kelgach, ko’pchilik taraqqiyparvar ezuvchilar va- tanni tark etishdi va chet ellarda FA- shizmni fosh etuvchi asarlar yozishdi. 1945 y.da mamlakat ikkiga bo’lingach, ne- mis adabiyoti turli yo’llardan rivoj- landi. Sharqiy G. (sobiq GDR) da yashagan taniqli ezuvchilar T. Mann, G. Mann, L. Feyxtvanger kabilar adabiy oqimdagi ilg’or an’analarni ijodiy davom ettir- dilar. Eski ziyolilardan B. Kellerman, A. Sveyg, G. Fallada yangicha adabiy hayotga faol qo’shildilar. I. R. Bexer, B. Brext, A. Zegers, F. Volf, F. Fyuman fashizmning jirkanch qiyofasini fosh etuvchi, insonning jamiyat oldidagi mas’uliyatini ifodalovchi asarlar yozish- Di. Ammo bu erda axborot imkoniyati va fikrlar erkinligi bo’lmagan sharoitda ularning ijodiy imkoniyatlari cheklan- gan edi. G.ning g’arbi (GFR)da yashagan va fashizm qabohatlarining shohidi bo’lgan V. Bor- xert, X. V. Rixter, G. Byoll kabi adiblar o’zlarining ko’rgan-kechirganlari haqida ta’sirchan asarlar yaratishdi. Xans Ver- ner Rixterning tashabbusi b-n tuzilgan «47 lar guruhi» katta rol o’ynadi. Shu guruh har yili o’tkazib turgan yozuvchi- larning uchrashuvlari adabiy doiradan chiqib, siyosiy voqeaga ham aylana bordi. Bir qator adiblar (yu. Bekker, R. Brink- man, A. Kluge, D. Vellersxof) ijtimoiy voqelikni talqin etmay, shunchaki tas- virlash yo’lidan bordilar. 70 — va 80-y. larda esa ko’pgina yozuvchilar ijtimoiy va iqtisodiy faollikka intildilar. Mamlakat birlashishi b-n nemis adabiyo- ti yangi rivojlanish bosqichiga kirdi. Yangi voqelikii badiiy idrok qilish va aks ettirish uchun vaqt kerak bo’ladi. Me’morligi. German qabilalarining qad. me’moriy yodgorliklari (yog’ochdan ishlangan) saqlanmagan. Toshdan ishlan- gan me’moriy yodgorliklari (Axendagi saroy kapellasi, 790-805: Fulddagi muqaddas Mixail cherkovi, 822) keying antik va Vizantiya me’morligi ta’siri- da paydo bo’lgan. 9— 10-alarda bazilika xilidagi bezaksiz cherkovlar qurildi. 11-12-a.larda roman uslubidagi cherkov va soborlar (Mariya Lax cherkovi, 1093— 1230; Maynsdagi sobor, 1100-1230 va b.) qad ko’tardi. 13-14-a.larda g.da gotika US- lubiga xos binolarni yangi konstruktsiya- lar asosida qurish avj oldi. Uyg’onish davrida ham gotika uslubi o’z mavqeini yo’qotmadi. 17-a.da me’morlik va tasvi- riy san’atda dabdabali barokko uslubi keng tarqaldi. 18-a. ning 1-yarmida saroy va cherkovlar qurilishi yanada rivojlan- Di va ba’zan barokko b-n rokoko qisman birlashtirildi, 2-yarmida esa klassi- tsizm uslubida teatr, muzey va o’quv muas- sasalari qurildi. 19-a.da yangi qurilish materiallari — temir va beton konstruktsiyalari paydo bo’lishi tufayli modern uslubi urf bo’ldi. 20-a.da texnika taraqqiyoti b-n konstruktivizm va funktsionalizm qonunlari asosida (P. Berens, B. Taut, V. Gropius, L. Mis van der Roe va b.) sanoat va turar joy binolari barpo etilib, shaharlar loyihasi tuzildi. Fashistlar diktaturasi davrida g.da dag’al va beso’naqay ko’rinishli, klassisizmga yot binolar qurildi. Bu davrda ko’pgina atoqdi me’morlar chet ellarga ketib qoldilar. Urushdan keyin ayniqsa GDR da bir qolipdagi ko’rimsiz binolar qad ko’tardi. Keyingi yillarda kurkam ja- moat binolari, qulay turar joylar qurila boshladi, shaharlarni obod qilishga kirishildi. G. da insonning ehtiyojlarini har tomonlama nazarda tutgan zamonaviy yangi me’morlik namu- nalari tobora ko’payib bormoqda. Me’- morlikdagi yangi yo’nalishlar go’zal va qulay inshootlar yaratilishiga olib kelmoqda. Turli ranglarga bo’yalgan lift- lar, eskalatorlar, bino tashqarisiga o’rnatilgan kommunikasiyalar me’moriy bezak vazifasini ham o’taydi. Ustunning qoshi, karniz va naqshlar esa bino husniga husn qo’shib, kishi ko’zini quvontiradi. Shtutgartdagi yangi davlat galereyasi binosi (me’morlar J. Ster- Ling, M. Uilford). Frankfurtmayndagi 256 metrlik yarmarka minorasi (me’mor X. Yan) shu jumlaga kiradi. Tasviriy san’ati. G. hududida paleolit va neolit, jez va temir davrlari san’ati yodgorliklari topilgan. Mil. Boshlarida german qabilalarining ibtidoiy san’a- ti paydo bo’lgan. 8-9-a.larda Karolin- glar san’ati (suyak o’ymakorligi, minia- tyura)ga Vizantiya, qad. dunyo madaniyati ta’sir etdi. 11-13-a.lar san’ati (xil- desxeym soborining bronza eshiklari, 1015, Reyxenau o.dagi Obersel cherkovi- ning devoriy rasmlari, miniatyuralar) diniy xarakterdagi roman uslubiga o’tish davri bo’ldi. 13-14-a.larda nemis gotikasi taraqqiy etib, saroyrisarlik madaniyati elementlari o’sayotgan shaharlar madaniyati b-n qo’shilib ketdi. Uyg’onish davrida insonparvarlik g’oyalari b-n sug’orilgan realistik san’at vujudga keldi. 15-a.da paydo bo’lgan bu san’at (S. Loxner, L. Mozer, G. Mulcher, M. Shongauer) 16-a.ning 30-y.larida A. Dyurer, X. Xolbeyn asarlarida yuksak cho’qqiga ko’tarildi. San’atda 16-a.ning 2-yarmidan manerizm, 17-a.dan barokko hukmron bo’lib, 18-a. o’rtalarida klassi- tsizm paydo bo’ldi (R. Mengs, A. Kaufman, A. Ya. Karstens va b.). 1848-49 y.lardagi inqilob davrida jangovar demokratik ruhdagi kartinalar yaratildi (I. P. Ga- zenklever, K. Gyubner, K. F. Lesing). 19-a.ning yirik realist rassomi A. Mentsel ijodida nemis hayoti o’zining to’la aksini topdi. 20-a. boshlarida g. mayda burjuaziya oqimi —ekspressio- nizm vatani bo’lib qoldi (haykaltarosh V. Lembruk va b.). Fashistlar hokimiyat tepasiga kelgach, quvg’in va ta’qiblarga qaramay, ba’zi rassomlar (Barlax, Kol- vis, o. Nagel) insonparvarlik idealla- riga sodiq qoldilar. Urushdan keyin ut- mish an’analariii tiklashga kirishildi va Evropa hamda Amerika san’atidagi yangi oqimlardan foydalanildi. Hoz. vaqtda yo’nalishlar naqadar xilma-xil bo’lmasin, mutanosiblik yo’liga inti- lish seziladi. Teatr san’ati tarixi xalq urf-odatlari va o’yinlaridan iborat. 11-15-a.larda xalq sayyor aktyorlari —shpilmanlar san’ati avj oldi (engil, sho’x, kichik pe- Salar quyilgan). 16-a. oxirlarida MAK- Tab dramalari keng tarkaldi. Nemis AK- tyorlarining birinchi truppalari yuzaga keldi. 18-a.da aktrisa K. F. Neyber ne- mis teatri sahnasiga frantsuz klassi- tsizmi badiiy tamoyillarini olib chiqdi, teatrning tarbiyaviy roli uchun kurashdi. 19-a.da Berlin, Braunshveyg, Drezden, Dyusseldorf, Gamburg va b. shaharlar teatr markaziga aylandi. 19-a oxiri va 20-a. boshlarida E. Possart, L. Barnay, Y. Kayns kabi yirik aktyorlar etishib chikdi. l-jahon urushi yillarida G. teatri realistik an’analardan chekin- Di. 1927 y.da ochilgan «Piskator teatri» publisistik yo’nalishdan bordi. Drama- turglardan B. Brext, F. Volf, E. Toller, aktyorlardan A. Moisei, G. Otto, E. Bush, rej.lardan M. Reyngardt, E. Piskator, G. Vangenxeym, K. X. Martinlar teatr san’- atining rivojlanishiga katta hissa qo’shdilar. Fashizm davrida teatr san’a- ti nasistlarning targ’ibot quroliga ay- landi. Fashizm tor-mor etilgach, nasizm- ga qarshi ruxdagi pesalar paydo bo’ldi. Berlin da 150 ta teatr va sahna bor. Bosh- ka shaharlardagi teatrlarning ham re- pertuarlari xilma-xil. Klassiklarning pesalari ham katta muvaffaqiyat qozonmoqda. Shiller, Lessing va Kleyst- dan keyin B. Brext asarlari paydo bo’ldi. Zamonaviy dramaturglardan ba’zilari muvaffaqiyatga erishdi. Rolf Xokxut, Xarald Myuller, Tankred Dorst, Klau Pol shu jumlaga kirdi. Musiqasi. O’rta asrlarda risarlar san’- ati paydo bo’ldi, minnezingerlar makta- bi shakllandi (volfram fon Eshenbax va b.); 14-a.da meysterzingerlar san’ati, 16-a.dan cholg’u (ayniqsa organ) musiqasi (K. Pauman singari kompozitorlar ijo — dida) rivojlandi. Islohot davrida xalq qo’shiqlari zaminida protesta ntxorali paydo bo’ldi. G. Shyuts nemis musiqasida oratoriya va kantata janrlarini ishlab chiqdi, birinchi nemis operasi «dafna» (1627)ni ezdi. 1723 y.dan I. S. Bax fao- liyati boshlangap Leypsig yirik musiqa markaziga aylandi. 18-a. 2-yarmida musiqali sahna janri —zingshpil pay- do bo’ldi (I. Xiller va b.). Asosan chet ellarda ishlagan g. Gendel, X. Glyuk kabi kompozitorlar Angliya, Frantsiya va b. mamlakatlar musiqa taraqqiyotiga kat- ta hissa qo’shdi. Y. Gaydn, V. A. Mosart, L. Betxoven singari Vena klassik makta- bi ustalari nemis musiqasi rivojiga kuchli ta’sir o’tkazdi. L. Betxoven ijodi nemis musiqasining cho’qqisidir. 19-a. boshida musiqiyromantizm namoyandala- ri F. Shubert, K. Veber, F. Mendelson- Bartoldi, R. Shuman, 19-a. 2-yarmida R. Vagner. I. Brams, M. Regerlar ijod qildi. 20-a. boshidan g.da ekspressio- nizm (R. Shtraus, A. Shyonberg), neoklas- sisizm (P. Xindemit), atonalizm kabi musiqiy avangardizm oqimlari tarqaldi. Fashistlar rejimi mamlakat musiqiy madaniyatiga halokatli ta’sir qildi. Ilg’or kayfiyatdagi musiqa arbo- blari xorijdan boshpana topdi. Urush- dan keyin keksa avlodga mansub kompzi- torlarning ijodi va faoliyati (K. Orf va b.) etakchilik qildi. 60-y.lardan key- ingina yosh kompozitorlar (X. Xentse, K. Shtokxauzen) ko’zga ko’rina boshladi. Ber- Lin, Gamburg, Myunxen, Frankfurtmayn, Shtutgart, Leypsig, Drezden va b. shaharlarda opera va balet teatrlari, simfonik orkestrlar, Oliy musiqa MAK- tablari bor. Knnosi. G.da kinematografiya 1895 i. yuzaga kelgan. 1-jahon urushi arafasida badiiy filmlar ishlab chiqarila bosh- landi. 1916-17 y.lar Ufa deb atalgan yirik i.ch. firmasi tuzildi. F. F. Mur- nau, g. V. Pabst, E. Lyubich kabi rej. lar- ning filmlarida zamonasining ijti- moiy mavzulari aks ettirildi. 20-y.lar- da nemis kinosida ekspressionizmning kuchli ta’siri sezilib turadi. 20-y.lar oxiri va 30-y.lar boshida «Krauzen buvi- ning baxt tomon safari» (rej. P. Yutsi) va b. realistik filmlar yaratildi. 1933 y.yuzaga kelgan siyosiy reaktsiya nemis ki- nematografiyasi rivojlanishini to’xtatib qo’ydi. 2-jahon urushi davrida kino nasizm targ’ibotining quroliga ay- lantirildi. GFR da 1949 y.dan tijorat va ko’ngilochar filmlar chiqarila bosh- ladi. 60-y.lardan e’tiboran yosh rej.lar badiiy etuk ekran asarlari yaratishdi. Keyinchalik zamonaviy voqelik va axloq mavzulariga e’tibor berila boshladi. Doris durrining «erkaklar» komediya- si, Volfgang Petersonning urush haqidagi «suv osti kemasi» filmi kabi badiiy puxta kartinalar yuzaga kel- Di. 1984 y.da yaratilgan «Parij, Texas», 1988 y.da suratga olingan «Berlin Osmo- ni», 1986 y.da dunyo yuzini ko’rgan «Roza Lyuksemburg» filmlari tomoshabinlar- ga manzur bo’ldi. Tarixiy va zamonaviy mavzudagi adabiy asarlarni ekranlash- tirishga kirishildi. O’zbekiston —G. munosabatlari. G. bilan O’zR o’rtasida rasmiy munosabatlar 1992 y.dan boshlangan bo’lsa ham, ikki davlat o’rtasidagi aloqalar uzoq davrga borib takaladi. 20-a. boshlarida o’zbek chevarla- ri orasida nemislarning «Zinger» ti- kuv mashinasi nihoyatda mashhur bo’lgan. O’zbekiston mustaqillikka eryshgach, ikki mamlakat o’rtasida teng huquqli munosabat o’rnatildi. O’zbekistonning G’yarbiy Evropadagi birinchi elchixonasi 1993 y.Bonn sh.da ochildi. O’sha paytdanoq o’zaro aloqalar, delegasiyalarning tash- riflari yo’lga qo’yildi. G. Federal iqtisodiy hamkorlik vazirining 1992 y. avg.dagi rasmiy tashrifi ikki tomonla- ma munosabatlarni rivojlantirish uchun asos yaratdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. Karimovning 1993 y. apr. da Germaniyaga qilgan tashrifi o’zaro savdo-iqtisodiy munosabatlarga muhim omil baxsh etgan burilish voqeasi bo’ldi. Ushbu tashrif yakunida imzolangan «ka- pital qo’yilmalarni amalga oshirishga ko’maklashish va ularni o’zaro himoyalash to’g’risida» shartnoma, «ilmiy tadqiqot va mutaxassislar jamg’armasini vujudga keltirish» hamda «madaniy hamkorlik» to’g’risida bitimlar ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarning huquqiy asosini belgilab berdi. Hamkorlik dasturlarini muvofiqlashtirish va tezroq amalga oshirish maqsadida 1993 y. avg.da idora- lararo komissiya hamda 1995 y. may oyida O’zbekiston —G. doimiy ishchi guruhi tu- zildi. Mazkur komissiya va guruh munta- zam ravishda yig’ilishlar o’tkazib, inve- stisiyalarni kafolatlash va sug’urtalash, loyihalarni moliyalash, xususiylashti- rishga ko’maklashish, qimmatli qog’ozlar bozorini vujudga keltirish kabi muhim masalalarni hal qilib kelayotir. 1993 y. Toshkentda G. texnikaviy hamkorlik ja- miyatining vakolatxonasi ochildi. Jami- yat faoliyati tufayli bozor iqtisodiyotiga oid seminar va o’quv kurslari o’tkazish yo’li b-n mutaxassislar tayyorlash, iqtisodiy Qonunchilik, xususiylashti- rish, kichik va o’rta tadbirkorlikni ri- vojlantirish, atrof muhitni muhofaza qilish, shahar yo’lovchi transportiga doir qonun va nizomlar ishlab chiqish, «Onalik va bolalikni himoya qilish» tadbirlari bo’yicha maslahatlar berish dasturi amalga oshirila boshladi. 1994 y.da g. savdo-sanoat palatalari birlashmasi Toshkentda g. iqtisodiyoti vakili byurosini ochdi. Uning asosiy va- zifasi o’zbek va nemis ishbilarmonlari- ni axborot b-n ta’minlashdan iborat. O’sha yilning iyunida Toshkentda K. Ade- nauer jamg’armasining vakolatxonasi ochildi. Gannover xalqaro yarmarkasi ish- lab turgan davrda (1994 y. apr.) o’tkazilgan «O’zbekistan iqtisodiyoti kunlari» GFR jamoatchiligi va ishbi- larmonlarini g’oyat qiziqtirdi. GFR Prezidentining 1995 y. 11-13 apr. da Toshkentga qilgan tashrifi davomida ikkala mamlakatning ishbilarmonlari ishtirokida qo’shma biznes-seminar o’tkazildi. Keyingi yillarda O’zbekiston banklari, Fanlar akademiyasi va turli vazirliklari hamda muassasalari xo- dimlari uchun amaliy mashg’ulotlar, kon- ferentsiyalar va foydali uchrashuvlar bo’lib o’tdi. 1995 y.da Shtutgart sh.dagi Linden-muzeyda «O’zbekistan. Buyuk Ipak yo’li merosi» mavzusida ochilgan ko’rgazma O’zbekiston-g. hamkorligini rivojlantirishda sezilarli voqea bo’ldi. 1996 y. 18-19 i Yun da «Germaniya Markaziy Osiyo» jamiyati, «Doyche bank», Frankfurtmayn sh. magistrata va O’zRning GFRdagi elchixonasi tashabbusi b-n Frankfurt sh.da «Germaniyada O’zbekiston iktisodiyoti kunlari» xalqaro anjumani o’tkazildi. O’zR tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki g.ning «aka», «KfV», «Berliner Bank» va «Doyche bank» kabi banklari b-n bazis bitimlari tuzgan. Shu bitim- lar asosida kamida 778,7 mln. Nemis markasi miqdorida turli loyihalarni mablag’b-n ta’minlash boshlandi. O’zR Prezidenta I. Karimovning G.ga 2001 y. 2-5 apr. kunlari qilgan tashri- Fi ikki mamlakatning o’zaro munosabat- larida sifat jihatkdan yangi davr bosh- langanini bildirdi. Tashrif davomida moliya, sayyoxlik, fan-texnika, narkoti- klar kontrabandasiga qarshi kurash kabi sohalar bo’yicha o’zaro hamkorlikni yanada kengaytirishni nazarda tutuvchi o’n to’rtta hujjat imzolandi. O’zR Makroiqtisodiyot va statistika va- zirligining ma’lumotlariga ko’ra, 1997 y.da mamlakatimizning dunyo mamlakat- lari b-n tashqi savdo hajmlari bo’yicha G. 4-o’rinni (Rossiya, Koreya Respublika- si, Shveytsariyadan keyin), Evropa mam- lakatlari orasida esa 2-o’rinni (Shvey- tsariyadan keyin) egalladi. 2000 y.da o’zaro savdo hajmi 291,9 mln. AQSh dol- larini tashkil etdi. O’zbekistondan G.ga paxta tolasi, mis va undan yasalgan buyumlar, boshqa rangli metallar etkazib beriladi va turli xiz- matlar ko’rsatiladi. G.dan O’zR ga asbob- uskuna, baliq mahsulotlari, qand-shakar va qandolat mahsulotlari, bug’doy uni, kimyoviy mahsulotlar, qora metall va un- dan tayyorlangan buyumlar, transport vo- sitalari, saryog’va o’simlik yog’i, optic asbob va apparat lar, sut mahsulotlari, qog’oz va karton, plastmassa va undan yasalgan buyumlar, uchish apparatlari va b. etkazib beriladi va turli xizmatlar ko’rsatiladi. Engil sanoat, paxta va uning chiqitlarini qayta ishlash, tibbi- yot va farmasevtika preparatlari i. ch., q. x. mahsulotlarini qayta ishlash, yuk va yo’lovchi tashish, avtoservis, ilmiy ish- lanmalar, savdo-sotiq va b. sohalarda bir nechta qo’shma korxona faoliyat yuri- tayotir. O’zR tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi huzurida g.ning 40 ta firma va kompaniyasi vakolatxonalari rasmiy- lashtirilgan. Ular qatorida «Daymler Bents», «Simens», «Alkatel», «Tissen», «Lyuftganza», «BASF», «Salamander» kabi jahonga mashhur firmalar bor. «Landtexnik-Tashkent», «Chirkom», «Uz- Vinkler», «Grasso», «TashVirt», «In- termed Ekosan», «Nambum» va b. qo’shma korxonalar q. x. uskunalari tayyorlash, q. x. mashinalari va yo’l texnikalari, tele- fon tarmoklariga xizmat ko’rsatish, Nov- voychilik uskunalarini olib kelish va ularni montaj qilish, tibbiy dorilar- ni etkazib berish, go’sht-yog’mahsulotlari va qog’oz ishlab chiqarish b-n mashg’ul. O’zbekiston — G. munosabatlarida tosh- kent va Berlin sh.lari o’rtasidagi hamkorlik muhim ahamiyatga ega. Ikki davlat poytaxtlarining hamkorligi faqat iqtisodiy sohani emas, ijtimo- iy-madaniy sohalarni ham keng qamrab olgan. G. poytaxti Bonndan Berlinga ko’chirilgach, 2001 y. 3 apr.da Berlinda O’zbekiston elchixonasining yangi binosi ochiddi. Unda O’zR Prezidenti I. Kari- mov qatnashdi. Ikki tomonlama munosabatlarda mada- niyat, san’at, fan, xalq ta’limi, ommaviy axborot vositalari, sog’liqni saqlash va sport sohalaridagi hamkorlik ham katta ahamiyatga ega. G.da O’zbekistan madaniya- ti kunlari doirasida Berlin, Potsdam, Dortmund, Bonn, Shtutgart, Gamburg, Myunxen, Gannover, Visbaden sh.larida O’zbekistonning musika, tasviriy va te- ATR san’ati keng namoyish etilganligi buning yorqin misolidir. Mamlakatimiz teatr va kino ustalari Tyubing, Berlin, Kotbus, Manxaym, Myulxaymda o’tkazilgan festivallarda ham faol ish- tirok etishdi. O’z navbatida respublika- mizda ham g. madaniyati kunlari muvaffaqiyatli o’tdi. Ikki tomonlama hamkorlikning rivoji- ga K. Adenauer, F. Ebert jamg’armalari, Gyote nomidagi in-t, g. oliy o’quv yurtla- ri, un-tlari rektorlari konferentsiyasi, «Doyche Velle» telekompaniyasi. «Germaniya-O’zbekiston» do’stlik jamiya- ti, «EPOG» Berlin jamoat madaniy bir- lashmasi katta hissa qo’shmoqdalar. Adenauer jamg’armasi ko’magida Sant- Augustin sh.da «Amir Temur va uning jahon tarixida tutgan o’rni» mavzuida ilmiy konferentsiya, «Orol ekologik fo- jiasinnng milliy va xalqaro aspektla- ri» simpoziumlari o’tkazildi. Jurna- listlar guruhi va nemis ijodiy ziyoli- lari vakillari tashabbusi b-n Orol haqida hujjatli film olishga kiri- shildi. Qoraqalpog’iston bolalar kasal- xonalariga doridarmonlar va tibbiyot uskunalari uchun mablag’yig’ish tashkil qilindi va bu hududda suv tozalash in- shootlarini yaratish uchun mablag’ t o’p l a n D i . O’zbekistan Milliy un-ti va Samarqand un-tining Gumboldt nomidagi hamda Bamberg va Gyottingen sh.laridagi un- tlar b-n hamkorligi samarali rivojla- nayotir. O’zR da nemis millatiga mansub 25 mingga yaqin kishi yashaydi.