«Temur tuzuklari»

«Temur tuzuklari» – Amir Teldoning harbiy va siyosiy faoliyatidan ma’lumot beruvchi tarixiy asar. «Tuzuki Temur» va «Tuzukoti Temur» nomlari bilan atalgan. Amir Temurning «Tuzuklar» muallifi ekanligini e’tirof etadigan olimlar ko’pchilikni tashkil etadi. Bular orasida «T.t.»ning inglizcha tarjimonlari va noshirlari Devi va Uaytlar, mashxur turk qomusiy olimi Shamsuddin Somiy, qo’lyozmalarning yirik tadqiqotchisi N.D. MikluxoMaklaylar ham bor. Boshqa bir guruh olimlarning fikricha, asar 16-17-a.larda Hindistonda yozilgan. Asar 2 qismdan iborat. Birinchi qismda Amir Temurning tarjimai holi, ijtimoiysiyosiy faoliyati, uning Movarounnahrda Markaziy hokimiyatni qo’lga kiritishi, siyosiy tarqoqlikka barham berishi, markazlashgan davlat tuzishi, 27 mamlakatni, jumladan, Eron, Afg’oniston, Ozarbayjon, Gruziya va Hindistonni o’z tasarrufiga kiritishi, Oltin O’rda hukmdori To’xtamish, turk sultoni Boyazid I Yildirimga qarshi harbiy yurishlari, ulkan saltanatini mustahkamlash uchun turli ijtimoiy tabaqalarga nisbatan qanday munosabatda bo’lganligi buyuk Sohibqiron tilidan ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qism mashhur Jahongirning farzandlariga atalgan o’ziga xos vasiyat, pandnasihatlari va o’gitlaridan iborat. Unda davlatni idora etishda kimlarga tayanish, toju taxt egalarining tutumi va vazifalari, vazir va qo’shin boshliqlarini tanlash, armiyaning tuzilishi va jang olib borish qoidalari, sipohiylarning maoshi, mamlakatni boshqarish tartibi, davlat arboblari va qo’shin boshliklarining burch va vazifalari, amirlar, Vazirlar va b. mansabdorlarning toju taxt oldida ko’rsatgan alohida xizmatlarini taqdirlash yo’sini va b. xususida gap boradi. Asar Amir Temur davridagi o’zbek davlatchiligi tarixini o’rganishda asosiy manba bo’lib xizmat qiladi. «T.t.» («Tuzuki Temuriy»)ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski o’zbek tilda bitilganligi ma’lum. Bu Usmoniy turk hokimlaridan biri — Yaman hokimi Ja’far Posho (hukmronlik yillari 1607-12) ning kutubxonasidagi turkiy tilda yozilgan asar bilan bog’liq. «Tuzuki Temuriy»ning suz boshida keltirilishicha, o’rtaosiyolik Mir Abu Tolib Husayniy alAriziy atTurbatiy Makkai Mukarrama va Madinai munavvaraga haj qilgan vaqtida asarni o’qishga muyassar bo’lgan va 1610 y. Ja’far Poshoning topshirig’i bilan uni fors tiliga o’girgan. Bizgacha ana shu forsiy nusxa tosh bosmalar, zamonaviy nashrlar va qo’lyozmalar shaklida etib kelgan. Husayniy Turbatiy forscha tarjimani 1637 y. Boburiy hukmdor Shoh jahonga (1628-57) tortiq qilgan. Shoh Jahon tarjima bilan tanishib chiqib, unda ayrim noanikliklar va kamchiliklar topgan hamda yirik olim, dekan viloyatining qozikaloni Muhammad Ashraf Buxoriyni (vafoti 1652 y.) huzuriga chaqirtirib, mazkur tarjimani mo»tabar asarlar, xususan, Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si va shunga o’xshash muhim manbalarga solishtirib chiqish va shu yo’l bilan tarjimadagi xato va kamchiliklarni bartaraf qilishni topshirgan. Muhammad Ashraf Buxoriy ko’rsatmaga ko’ra, Mir Abu Tolib alHusayniy atTurbatiy nusxasini diqqat bilan tahrir qilgan. Shu zaylda asarning yangi, to’ldirilgan tahriri vujudga keladi va u «Malfuzoti Temuriy» («Temurning aytganlari») va «Voqeoti Temuriy» («Temurning boshidan kechirganlari») nomi bilan taniladi. Keyinchalik undan ko’plab nusxalar ko’chirilgani ma’lum. Ma’lum bo’ladiki, Boburiylar saltanatida «Tuzuki Temuriy» asosida ikkita mustaqil asar vujudga kelgan va ularning keyingi asrlarda tarqalishi bilan bog’liq o’ziga xos tafsilotlar bor. «Tuzuki Temuriy» nusxasini dastlab Hindistonda yashagan ingliz zobiti mayor Devi 1779 y.da Angliyaga olib kelgan. So’ngra Arab tili prof. ingliz mayori Uaytga uni ko’rib chiqish uchun topshirgan. Uayt «Tuzuki Temuriy» ning forscha matnini nashrga tayyorlagan, mayor Devi esa uni inglizchaga o’girgan va ko’rsatkich, izohlar bilan ta’minlagan. Asar matni va inglizcha tarjimasi 1783 y. Buyuk Britaniyaning Oksford sh.da nashr etilgan. Aynan shu nashr dunyo mamlakatlariga keng tarkalgan va «Tuzuki Temur» yoki «Tuzukoti Temur» nomi bilan Shuxrat topgan. Oksford nashri keyinchalik hech bir o’zgarishsiz, jahonning ko’plab shaharlarida, mas., 1785 y. Kalkutta, 1868, 1963 va 1992 y.larda Tehron, 1890 y. Bombeyda chop etilgan. Bu nashrlar ko’plab mamlakatlarga, jumladan, O’rta Osiyoga ham tarkalgan. Uayt va Devi nashr etgan forscha matndan taniqli sharqshunos L. Langlening frantsuz tiliga o’girgan tarjimasi 1787 y. Parijda nashr qilindi. 1892 y. L. Langlening frantsuzcha nashridan N. P. Ostroumov rahbarligida Toshkent gimnaziyasining bir guruh talabalari asarni rus tiliga tarjima qiddilar. 1968 va 1992 y.larda I. M. Mo’minov yozgan qisqa so’z boshi bilan N. P. Ostroumov nashri chop etildi. «T.t.»ning Devi va Uayt nashri aso’ sida chiqarilgan toshbosma va keyingi nashrlaridan biri asosida Alixonto’ra Soguniy 1967 y. Toshkentda «Tuzuki Temuriy»ni o’zbek tiliga tarjima qilgan va «Guliston» jurnalida tarjimaning faqat 30 foizi e’lon etilgan. Asar to’liq chop etilmaganligining sababi va 1989 y. o’zbek tiliga qilingan yana bir tarjima xususida akad. B. Ahmedov quyidagicha fikr bildirgan: «…O’sha vaqtda jamiyatimizdagi mavjud ahvol, aniqrog’i rasmiy hokimiyat ma’murlarining o’tmish tariximizni o’rganishga bo’lgan yomon munosabati natijasida Alixonto’ra Sog’uniy tarjimasi to’la tarzda bosilib chiqmadi. Yana shuni ham qayd etmoq lozimki, tarjimaning bosilgan qismi ba’zi kamchiliklardan ham xoli emas edi. Unda, mas., ayrim jumlalarning tashlab ketilgani aniklangan, asl matndan chetga chiqish hollari mavjud; kishi nomlari, jo’g’rofiy atamalarda va istilohlarda g’alatliklar bor. Muhim tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, jo’g’rofiy va etnik nomlar, turli atamalar va ularning sharhlari erkin talqin etilgan. 1989 y.da Alixonto’raning o’sha nashrini «Tuzuki Temur» ning Bombeyda chop etilgan forscha matniga solishtirgan holda o’zbek tilida yana bir tarjima amalgaoshirildi.Unio’zbeksharqshunosi Habibulla Karomatov hozirlab, oldin «Sharq yulduzi» jurnalida (Toshkent, 1989, 8son), so’ngra alohida kitob holida (1991) G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyotida nashr ettirdi». Mazkur nashrni tayyorlashda Abu Rayqon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik inti qo’lyozmalar fondida saklanayotgan 1785 y. Kalkutta, 1868 y. Tehron va 1890 y. Bombey nashrlari A. Sog’uniy tarjimasi bilan solishtirilgan. Tarjima matni forsiy asliyatdan ancha farqlangani bois Bombey nashri asosida qaytadan o’zbek tiliga o’girilgan va og’ir qatag’on davrida o’zbek xalqiga Amir Temur to’g’risidagi haqiqatni etkazishga intilgan Alixonto’ra Sog’uniy nomlari hurmat yuzasidan yangi tarjimada 1o’ringa qo’yilgan. Bu bilan, 1967 y.da boshlangan xayrli ishni nihoyasiga etkazib, marhum domlaning ruhi poklarini shod etish maqsadi ko’zlangan. Asarning «Sharq yulduzi» jurnalida chop etilgan tarjimasi asosida 1991 y. Boku va Olmaotada ham «Temur tuzuklari»ning qozoq va Ozarbayjon tillaridagi tarjima kitoblari nashr etildi. 1996 y. asarning yangi tarjimasi qayta o’zbek tilida chop etildi. 1999 y. sharqshunos Hamidulla Karomatov asarni Bombey nashri asosida 1marta bevosita fors tilidan rus tiliga tarjima qildi. «Tuzuki Temuriy»ning Subhon Bax — shi (Dexli, 1855) va Muhammad Fazl ulhaq (Bombey, 1908) taraflaridan amalga oshirilgan Urducha tarjimalari ham mavjud. «Tuzuki Temuriy» sifatida tanilgan aynan Devi va Uayt nashri dunyoning turli burchaklarida qaytaqayta nashr etilgan va ilmiy doirada ishonchga kirgani bois jahonning ko’plab tillariga tarjima qilingan. «Malfuzoti Temuriy», «Voqeoti Temuriy» va b. nomlar bilan tanilgan va ko’pincha adashib «Tuzuki Temuriy»ga nisbat beriladigan asar nusxasining yuzaga kelishi to’g’risida Arab olimi mazhar Shihob «Temur» nomli kitobida «Tuzuki Temur»ning yuqorida eslatilgan ingliz va frantsuz tilidagi nashrlarining so’z boshlarini o’rganish asosida shunday yozgan: «Va nixryat Amir Temur malfuzotlarining Abu Tolib alHusayniy tomonidan qilingan ushbu tarjimasidan fors tiliga o’girilgan boshqa 2 nusxasi (Hindistonda Shoh Jahon ko’rsatmasiga binoan, Muhammad afzal Buxoriy tomonidan tayyorlangan nusxalar nazarda tutilmoqda) topilgunga qadar bu hol shu zaylda davom etdi». Ulardan 1nusxani Hindistonda xizmatda bo’lgan ingliz zobitlaridan biri Deg’liga mo’g’ul — musulmon sultonlari nabiralarining biridan olishga muvaffaq bo’ladi. Shu boisdan ham mazkur nusxa Sultoniy nusxa (nusxai Imperoturiya) nomi bilan ataladi. Malfuzotning ikkinchi nusxasi ham Dexlidan topilib, uni ham ingliz generallaridan biri Britaniyaga olib ketadi. Yangi topilib, 1830 y.da Angliyaga olib keltirilgan ikkala nusxaning qimmatli tomoni shunda ediki, bu ikki nusxa Amir Temurning malfuzotlarini to’lato’kis qamragan bulib, ular Sohibqiron hayotini oxirgi yiligacha hikoya qilardi. 1830 y. Charlz Styuart keyin topilgan yangi ikkinchi nusxa Britaniyaga keltirilgach, tanishib chiqib, bir tarjimaning 2 nusxasi ekanligini aniqladi. Bu tarjima muallifi Hindistonda saltanat yuritgan Temuriy sultonlar davlati hokimlaridan biri bo’lgan Shoh Jahon davrida podshoh saroyida xizmatda bo’lgan mansabdor shaxslardan biri Muhammad afzal alBuxoriy edi. Mutarjimning yozishicha, ushbu tarjimani u 1670 yilda amalga oshirgan. Muhammad Afzal alBuxoriy o’z tarjimasining muqaddimasida ishorat qilib ketgan yangi (sultoniy) nusxaga kiritilgan aksar qo’shimchalar, Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asaridan olinganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shunday qilib, Muhammad afzal Buxoriy qayta ishlagan va Sharafuddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si asosida to’ldirilgan «Malfuzoti Temuriy» deb nomlangan yangi asar vujudga keldi va tarqala boshladi. Hozirda uning nusxalari bir qancha mamlakatlar kutubxonalarida saklanmoqda. Sharq qo’lyozmalari kataloglarining tuzuvchilaridan ba’zilari ham uni «Tuzuki Temuriy» dan farqli o’laroq «Malfuzot» ekanligiga ishora qilganlar. Albatta, nomlanishi «Voqeoti Temuriy», «Tanziymoti Temuriy» va b. shakllarda ham uchraydi. Undan tashqari keyingi asrlardagi gohida to’la, gohida noqis nusxalarida xattotlar tomonidan o’zboshimchalik bilan kiritilgan ko’plab to’qimalar, birinchi nusxalarda bo’lmagan voqealar tafsilotlari ham uchraydi. Bundan tashqari, zikr etilgan 2 har xil asarni «Tuzuki Temuriy» va «Tuzukoti Temuriy» nomlari bilan bir muqova ichida ko’chirib yozishgan. Shu bois hatto Evropada va ba’zi bir Sharq mamlakatlarida Sharq qo’lyozmalarining chop etilgan kataloglarida ham shunday chalkashlik ko’zga tashlanadi. Bunday kamchilik «T.t.»ning 1991 ya 1996 y. nashrlari so’z boshida ham bor. «Malfuzoti Temuriy»dan qator tarjimalar amalga oshirildi. 1830 y. Angliyada Charlz Styuart uni ingliz tiliga o’girdi. Unda Amir Temur hayotining 39 yoshigacha bo’lgan voqealar aks ettirilgan. 19 a.da O’rta Osiyoda «Malfuzoti Temuriy»ning forsiydan eski o’zbek tiliga qilingan 3 tarjimasi paydo bo’ldi. Sharqshunos Stori katalogida keltirilgan ma’lumotga ko’ra, ulardan birini 1836 y. Qo’qon xoni Muhammad Alixonning buyrug’iga binoan, Xo’jand qozisi Nabijon Mahdum Xotif amalga oshirgan. Tarjima fors tilidagi noqis nusxadan qilingan va Amir Temurning 39 yoshgacha voqealari keltirilgan. Hozir bu qo’lyozma SanktPeterburgdagi Sharqshunoslik intida saqlanmoqda. Boshqasi, Xivada Muhammad Yusuf arRojiy tomonidan 1856—57y.lar «Tuzuki Temuriy» nomi bilan tarjima qilingan va yana biri «Qissai Temur» va «Malfuzot» nomlari bilan ma’lum bo’lgan Pahlavon Niyoz Devon tarafidan 1857-58 y. lar Xivada o’girilgan asar. Har ikkala nusxa SanktPeterburg sh.da M. E. SaltikovShchedrin nomidagi Rossiya davlat milliy kutubxonasida saqlanmoqda. Nabijon maxdumning kuplab xatolari bor eski o’zbek tilidagi tarjimasi asosida rus sharqshunosi N. P. Ostroumov Turkiston generalgubernatori baron A. B. Vrevskiy yordamida «Malfuzot»ning turkiy matnini 1891 y. Toshkentda nashr etdi. N.P. Ostroumov nashri asosida «Malfuzot» rus sharqshunosi Nil Likoshin tarafidan 1894 y. Toshkentda rus tiliga tarjima qilindi. 1934 y. Moskvada rus olimi V.A. Panov tomonidan Ostroumovning mazkur nashri asosida «Malfuzot»ning yangi tarjimasi nashr etildi. 1992y.Toshkentdataniklisharqshunos Ashraf Ahmedov N.P.Ostroumov nashriga tayangan holda Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafarnoma»sining tanqidiy matnidan foydalanib, «Malfuzot»ning o’zbek tilidagi zamonaviylashtirilgan erkin tabdilini amalga oshirdi. Nihoyat, «Malfuzot»ning O’rta Osiyoda amalga oshirilgan eski o’zbek tilidagi tarjimalari asosida, so’nggi yillarda, O’zbekiston olimlaridan H. Bobobekov, H. Boboev, A. Quronbekov tomonidan «Tuzuki Temuriy» (ikkinchi qayta nashriga «Zafarnoma» deb nom qo’yilgan) hamda «Qissai Temur» («Malfuzoti Temuriy») kitoblari chop etildi. Ad.: Temur tuzuklari [forschadan Alixonto’ra Sog’uniy va Habibulla Karomatov tarjimasi],T., 1991, 1996; Karomatov H., «Temur tuzuklari»ni O’zbekistonda o’rganish muammolari (Temuriylar davri madaniy yodgorliklari), T., 2003. Habibulla Karomatov.