To’maris

To’maris (mil. AV. 6-a.) — Turon xalqlarining Axomaniylar bosqiniga qarshi kurashiga rahbarlik qilgan Jasur sarkarda. Qad. yunon tarixchisi Gerodoshnpng «Tarix» (mil. AV. 5-a.) asarida yozilishicha, Axomaniylar davlati asoschisi kir II mil. AV. 530 y.da Turonga bostirib kirganida, T. massagetlar qabilasining malikasi bo’lgan. Massagetlar bu paytda Amudaryo (Araks) bo’ylari va Qizilqumda yashashgan. T. massagetlar podshosining xotini bo’lib, u erining vafotidan so’ng davlatni boshqargan. Erondan kelgan bosqinchilar qo’shini bn massagetlar o’rtasida shiddatli janglar bo’lgan. Dastlabki jangda T.ning o’g’li Spargalis (Siparangiz) boshchiligidagi massagetlar g’olib chiqqan. Biroq keyingi jangda forslar hiyla yo’li bn Spargalis va ayrim massagetlarni asir olishganda, ornomusga chiday olmagan Spargalis o’zini o’ldirgan. T. o’g’lining halokatidan esankirab qolmay, o’z xalqining manfaatini o’ylab, kir II dan massagetlar yurtidan chiqib ketishini so’raydi. Biroq forslar shohi rad javobini bergach, ikki o’rtada ayovsiz jang bo’lgan. Gerodot massagetlar va forslar o’rtasidagi jang tafeilotlarini o’z asarida quyidagicha tasvirlaydi: «mening bilishimcha, bu jang varvarlar o’rtasidagi barcha janglardan ham dahshatli bo’lgan. Avval har ikkala qo’shin bir-birini uzoq masofadan turib, kamondan o’qqa tutdilar. Kamon o’klari tugagach, ular nayza va qilich bn kurashdilar. Jang uzok, vaqt davom etdi. Ko’p qon to’kildi. Nihoyat, massagetlar g’alaba qozondilar. Fors qo’shinlarining asosiy qismi, jumladan, kir II ham jang maydonida halok bo’lgan. U to’liq 29 y. shohlik qilgan edi. Kir II ning jasadi topilgach, Malika (T.)ning buyrugi bn uning kesilgan boshi inson qoni bn to’lg’azilgan meshga solingan». T. ning jasorati va harbiysiyosiy faoliyati to’g’risida xalq dostonlari yaratildi, jangnoma va rivoyatlar to’qildi. Ergash Jumanbulbul o’g’lidan Hodi Zarifov yozib olgan «Oysuluv» dostonida Turon mamlakatining podshosi Oysuluv obrazida T. faoliyati o’zining badiiy talqinini topgan. Yozuvchi Mirkarim Osim «To’maris» qissasida uning jasoratini ulug’laydi. Ibrohim Yusupov «To’maris» (1974) dostonini yozgan, kompozitor Ulug’bek Musaev shu nomli balet (1982)ni sahnalashtirgan. O’zbekistonda ayollar o’rtasida «To’maris o’yinlari» festivali o’tkazilmoqda. Ad.: Gerodot, Istoriya (v devyati knigax), L., 1972; O’zbekiston tarixi — davlat va jamiyat taraqqiyoti, 1qism, T., 2000.