Tug’ilish

Tug’ilish (demografiyada) — yangi tug’ilganlar hisobiga aholining yangilanib borish jarayoni; muayyan aholi guruhi o’rtasida bola tug’ilib turish sur’ati: bir yil davomida har ming kishi hisobiga to’g’ri keladigan tirik tug’ilgan bolalar soni. T. o’lim jarayoni bilan birga aholi tabiiy o’sishining asosini tashkil etadi. T.ni ifodalovchi bir nechta ko’rsatkichlar mavjud: T.ning umumiy koeffisienti — 1000 kishiga nisbatan tug’ilgan bolalar sonini ifodalaydi va promilleda belgilanadi; T.ning maxsus koeffisienti — har 1000 ta 15-49 yoshli ayollarga nisbatan tug’ilgan bolalar soni; T. ning yo sh guruhlari bo’yicha koeffisienti — har 1000 ta ma’lum yosh guruhidagi (15-19, 20-24, 25-29, 3034, 3539, 4044, 4549) ayollarga nisbatan tug’ilgan bolalar soni; T.ning yig’indi koeffisienti — tug’ilish darajasini eng aniq ifodalovchi ko’rsatkich, unda ma’lum avlodga tegishli har bir aelning hayoti davomida tuqqan bolalari soni ifodalanadi. Ko’pchilik davlatlarda T. darajasini o’rganish va ularni taqqoslashda T.ning umumiy koeffisientidan ko’proq foydalaniladi. Demofaf olimlar B. Ts. Urlanis va V. A. Borisovlar tomonidan T. darajasini shu koeffisient yordamida baxrlash mezoni aniklangan. Mezon bo’yicha o’rganilayotgan hudud yoki aholi gurug’ida T.ning umumiy koeffisienti 16%o dan kam bo’lsa, T. darajasi past, 16— 24%o ~ o’rta, 25-39%o — yuqori va 40%o dan baland bo’lsa T. darajasi juda yuqori hisoblanadi. T. — biologik jarayon, u insonlarning reproduktiv mayli, ya’ni farzand ko’rishga bo’lgan munosabati bilan bog’liqdir. Reproduktiv mayl esa inson yashayotgan ijtimoiyiqtisodiy muhit ta’sirida o’zgarib boradi. Insoniyat o’z tarixiy taraqqiyoti davomida bir nechta ijtimoiyiqtisodiy bosqichlarni bosib o’tdi va T. darajasi jamiyat taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham bir xil bo’lmagan. Er yuzida T.ning kamayish jarayoni 18-a.ning 2yarmida G’arbiy Evropa mamlakatlarida boshlanib, AQSh, Kanada, Avstraliya va Yaponiyaga tarqaldi. Ayniqsa, iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan davlatlarda T. tez kamaya boshladi. Jahonda eng yuqori T. Afrika mamlakatlariga to’g’ri keladi. 1970-90 y.larda T.ning eng tez kamayishi Osiyoga mansub. Osiyoning eng yirik mamlakatlari bo’lgan Xitoy va Hindistonda oilada bolalar sonini cheklash davlat dasturiga kiritilgan, ya’ni T. davlat tomonidan nazorat qilinadi. Osiyo aholisining 70% ini tashkil etgan bu davlatlarda T. ning kamayishi butun Osiyo bo’yicha T. ko’rsatkichlariga ta’sir qiladi. 1970— 90 y.larda T. Osiyoda 40%, Evropada 16%, Avstraliya va Okeaniyada 19%, Afrikada 5%ga kamaygan. Rivojlanayotgan mamlakatlarda T. ning kamayishi rivojlangan mamlakatlardagiga nisbatan sekinroq boradi. T.ning umumiy koeffisienti dunyo bo’yicha (2001, promilleda) — 22, Afrikada — 38, Amerikada — 20, Osiyoda — 22, Avstraliya va Okeaniyada — 31 va Evropada — 10 ga teng. Dunyo bo’yicha eng yuqori T. Malida (50%o) va eng past T. Latviyada (8%o) kuzatilmoqda. O’zbekistonda tug’ilishning umumiy koeffisienti (har 1000 aholiga nisbatan tug’ilgan bolalar soni, o’rtacha) dinamikasi O’zbekistonda T.ning nisbatan yukrriligi aholining ko’pchiligi kishloqturmush tarzida yashab kelayotganligi bilan bog’liq. Shuningdek, qulay demografik vaziyat xdm T.ga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Nikoxdan o’tish, oila qurish hollarining yuqoriligi xam oilalar sonining ko’payishiga, ular esa, o’z navbatida, T.ning o’sishiga sabab bo’ladi. O’zbekistonda yangi iqtisodiy islohotlarning joriy etilishi, bozor munosabatlarining shakllanishi va b. o’lkaning demografik vaziyatiga ham ma’lum darajada ta’sir etdi. Ad.: Mulladjanov I. R., Demograficheskoe razvitie Uzbekistana, T., 1983; Burieva M. R., Rojdaemost v Uzbekistane, T., 1991; Bo’rieva M. R., Demografiya asoslari, T., 2001; Demograficheskiy ejegodnik Uzbekistana, T., 2003. Mamlakat Bo’rieva.