Tuxumhujayra, tuxum

Tuxumhujayra, tuxum (ovum) — urg’ochi jinsiy hujayra (gameta). T. dan urug’lanish yoki partenogenez na-tijasida yangi organizm rivojlanadi. Hayvonlarda T. murtakning rivojlanishi uchun zarur oziq moddaga ega bo’lib, yaxshi ixtisoslashgan. Sut emizuvchilar T. sini rus olimi K. M. Ber (1827) kashf etgan. Odatda, T. bir necha qavat po’st bilan qoplangan. Ko’pchilik hayvonlar T.si yumaloq yoki oval shaklda, ba’zan cho’ziq (hasharotlarda). G’ovaktanlilar va ayrim bo’shliqichlilar T.si doimiy shaklda bo’lmasdan amyobaga o’xshash harakatlanish xususiyatiga ega. Ko’pchilik hayvonlar T. si harakatsiz. T.ning o’lchami tsitoplazmadagi sariklik miqdoriga bog’liq. Mas., parazit pardaqanotlilar T.si sarikg’shgi bo’lmaganligidan juda kichik (6×10 mkm); yo’ldoshli sut emizuvchilarning sariqligi kam T.si 50 mkm dan (dala sichqoni) 180 mkm gacha (qo’y). Odam va ko’pchilik umurtqasizlar T.si o’lchami 90 mkm ga yaqin. Zaxira sariqlik ko’p bo’lgan mollyuskalar, ignaterililar, qisqichbaqasimonlar T.lari diametri 1,4 mm, kloakali sut emizuvchilarniki -3,5 -4,3 mm, losossimon baliqlarniki — 6 — 9 mm, tuxumini og’zida olib yuradigan dengiz laqqachalariniki — 17-21 mm, akulalarniki 50-70 mm, tovuqniki — 30 sm dan ortiq, tuya qushniki — 80 sm (po’chog’i bilan birga uz. -155 sm, vazni 1,4 kg ga yaqin). Tuxumning o’lchami hayvonning katta yoki kichikligiga bog’liq bo’lmasdan, serpushtliligiga teskari korrelyasiyada bo’ladi. Odatda, tuxumini qo’riqlaydigan hayvonlar yirik, lekin ozroq tuxum qo’yadi. Nasli to’g’risida g’amxo’rlik qilmaydigan baliqlar minglab, ba’zan millionlab mayda (treska 10 mln., diametri 2 mm dan kichik) tuxum qo’yadi. Lekin murtagi ona organizmda rivojlanadigan yo’ldoshli sut emizuvchilarda bunday korrelyasiya kuzatilmaydi — ular bir vaqtning o’zida bir necha mayda tuxum qo’yadi. Tuxum 2 qutbli tuzilgan: Animal qutbdan vegetativ qutb tomonga sariq modda miqdori ortib boradi. T. tsitoplazmadagi sariklik mikdoriga ko’ra alesital, oligolesital, mezolesital, polilesital, sariqlikning tsitoplazmada tarqalishiga binoan gomolisetal, telolisital, tsentrolesital; maydalanish tipi bo’yicha goloblastik va meroblastik xillarga ajratiladi. O’simliklar T.si ko’pincha maxsus urgochilik jinsiy organi — arxegoniyda (sporali yuksak o’simliklar va ochiq uruglilar) yoki murtak xaltasida (gulli o’simliklar) rivojlanadi.