Tuya

Tuya (Camelus) — tuyasimonlar oilasi, qadoq oyoklilar turkumiga mansub juft tuyokli sut emizuvchi hayvon. 2 mustaqil turi bor: bir o’rkachli (S. dromedarius — dromedar — tez chopuvchi) lo’k T.lar, bo’yi 210 sm gacha, qizg’ishkulrang, ikki o’rkachli (S. bactrianus — baktrian — ayri) tuyalar, pastroq, to’q qo’ng’ir tusda. T.lar evolyusiyasi jarayonida quruq cho’l va dashtlarda yashashga moslashgan (tog’li joylar va nam iklimli erlarda yashay olmaydi). Ular cho’l va dashtlarda dag’al o’t va xashaklar, yantoq, saksovul bilan oziklanadi, suvni kam ichadi (sho’r suvni ham ichaveradi). Yuqori jag’ida 2 ta kurak tishi borligi bilan boshka kavsh qaytaruvchilardan ajralib turadi. Yotganda gavdasining erga tegib turadigan qismlarida, ko’kragi, tirsagi va tizzasida kddokli tuzilmalar bor. Shu tufayli issiq (70°gacha qizigan) erda ham yota oladi. Bu ikki tur T.lar o’zaro chatishtirilganda urchishga krbiliyatli duragaylar beradi. Birinchi bo’g’in duragaylari (o’zbeklar, qozoklar ularni nor T., urg’ochilarini nor moya, turkmanlar inerlar, deb ataydilar) yirik gavdali, kuchli va ishchan bo’ladi. Ammo ular nael berish jihatidan o’zlarining sof zotli otaonalaridan past turadi (shu bois nor T. larni bichib qo’yish tavsiya etiladi). T. miloddan 2000 y. mukaddam xonakilashtirilgan. T.lar 35-40 y. yashaydi, ulardan 20-25 yil foydalaniladi. Katta yoshdagi T. vazni 500-800 kg, 2-3 yoshida jinsiy etiladi, urg’ochilari 3-4 yoshida krchiriladi, erkaklari 4-5 yoshga to’lgach, qochirishga qo’yiladi. Qochirish mavsumi — yanv.may oylari. Bo’g’ozlik davri dromedalarda 13 oy (388-389 kun), baktrianlarda 14 oy (414-415 kun). Urg’ochi T. (moya) 2 y.da 1 marta bo’talaydi. T. larning egiz tug’ish holati kuzatilmagan. Bo’taloqlar 18 oyligida onasidan (sutdan) ajratiladi. 2000 kg gacha (yog’liligi 5,4%) sut beradi. 20— 25 yoshli va qari T.lar semirtirilib so’yiladi, go’shti iste’mol qilinadi, konserva va dudlangan kolbasalar tayyorlanadi. Yosh, semiz T.lar go’shti to’yimliligi jihatidan koramol go’shtidan qolishmaydi. Ikki o’rkachli T. lardan 5 — 10 kg, bir o’rkachlilaridan 2-4 kg jun qirqib olinadi, junidan movut, trikotaj, gilam, har xil kiyimbosh, paypoq, ro’mol, adyol kabi buyumlar, sutidan shifobaxsh kimron tayyorlanadi. T. lar o’z vaznining yarmiga teng — 250-300 kg yukni ko’tara oladi, vazniga nisbatan 10-12% og’irlikdagi yukni tortish kuchiga ega. Soatiga 10— 12 km tezlikda, kuniga 35-40 km masofani bosib o’tadi. T.lar qadimdan yukchi xayvon bo’lgan. Kadimda va o’rta asrlarda Buyuk ipak yo’lipya g’am asosiy yuk tashish vositasi T.lar edi. Tuya ko’chmanchi xalqlar hayotida qadimdan muhim rol o’ynagan. Ayniqsa, oq tuyalar ko’proq qadrlangan. Boybadavlat va yuqori martabali kishilarning o’tovlari oq tuya junidan bostirilgan kigizdan tiklanganligi bilan qora o’tovlardan ajralib turgan. O’zbekiston hududlarida, ayniqsa, Koraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida tuyachilikka hozir xam e’tibor kam emas. O’zbekiston tuyachilik xo’jaliklarida, shuningdek, xususiy xo’jaliklar, shirkatlar va fermalarda 25 mingdan ortiq tuyalar boqiladi (2004). Abdusattor Amirov.