Turkiston fronti

Turkiston fronti (Turkfront) — RSFSR Qurolli kuchlarining Oliy bosh qo’mondoni S.S. Kamenevning direktivasiga asosan 1919 y. 15 avg.da Samara, Astraxon, Orenburg gubernyalari va Ural viloyati hududida Sharqiy frontning Jan. guruh armiyalari asosida tashkil qilingan front (1919-26). Turkistondagi istiqlolchilik harakatiga qarshi kurash maqsadida tuzilgan. T.f.ga dastlab 1, 4, 11armiyalar kiritilgan. 1919 y. 25 avg. da Turkiston Respublikasidagi barcha qizil askar qismlari ham unga bo’ysundirildi. T.f.ni harbiy va partiyaviy jihatdan inqilobiy harbiy kengash (revvoensovet) va siyosiy boshqarma boshqargan. M.V. Frunze T. f.niing 1qo’mondoni bo’lgan (1919 y. 15 avg. — 1920 y. 10 sent.). 1919 y. 20 noyabrda T.f. harbiy shtabi Samaradan Toshkentga kelib o’rnashgan. M.Frunze Toshkentga kelgach (1920 y. Fev.), harbiy harakatlarda bevosita qatnashgan. Rossiya markazidan doimiy ravishda katta miqsordagi qizil askarlar Turkistonga yuborilgan. Mac, 1919 y. yozida Turkiston Respublikasidagi qizil armiya qismlarida 35.378 jangchi bo’lgan bo’lsa, T.f. tashkil qilingandan keyin 71.751 jangchi va 185 ta pulemyot Rossiyadan Turkistonga tashlangan. 1920 y. 1 sent.da qizil askarlarning soni 182.800 kishiga etgan. T.f. jangchilari istiqlolchilarga qarshi kurash bilan cheklanmasdan, 1920 y. 2 Fev. Xivada xonlik va 2 sent.da Buxoroda amirlik tuzumini ag’darib tashlab, bu davlatlar hududini ham bosib olgan (q. Buxoro bosqini). T. f.ga M.Frunzedan tashqari G. Sokolnikov (1920-21), V.Lazarevich (192122), V.Shorin (1922), A.Kork (1922 — 23), S.Pugachyov (1923 — 24), M.Levandovskiy (1924-25), Avksentevskiy (1925 — 26) qo’mondonlik qilgan. 1920 y. 4 iyunda T.f. asosida O’rta Osiyo harbiy okrugi tuzilgan. Ad.: Turkestan v nachale XX veka: k istorii istokov nasionalnoy nezavisimosti T., 2000; Rajabov K,., Buxoroga kizil armiya bosqini va unga qarshi kurash, T., 2002. Qahramon Rajabov.