TURKISTON TIZMASI

TURKISTON TIZMASI — HisorOlay tog’sistemasiga kiruvchi tog’lar. O’zbekiston va Tojikiston hududida joylashgan. Sirdaryo va Zarafshon oralig’ida suvayirg’ich. Sharqdan g’arbga Mastchoh tog tugun idan Zarafshon daryosining o’rta okimigacha 350 km ga cho’zilgan, eni 60 km dan ziyod. Shark,da, So’xdaryosiningboshlanishqismida,olay tog’laridan Mastchoh tog’tuguni orqali ajraladi, g’arbda Parmontepa qal’asi yaqinida tugaydi. T.t. Sharqda Farg’ona vodiysini, g’arbda Mirzacho’lni o’rab turadi. Sharqiy kismi baland (5000-5400 m), qor va muzliklar bilan qoplangan. G’arbiy qismi (Chumqartov) past (2600— 3400 m). Eng baland joyi Sharqda 5680 m (piramida cho’qqisi), g’arbda Bozorxonim cho’qqisi (3405 m), shim.g’arbiy qismi Molguzar tog’laridan iborat. Bular birbiridan Sangzor daryosi vodiysi bilan ajralgan. Nurota tog’larini ham T.t.ning davomi deb hisoblaydilar. U Molguzardan Ilono’tti tog’yo’laga orkali ajralgan. T.t.da ko’plab dovonlar mavjud. Shahriston dovonidan Ustrushona — Dushanba avtomobil yo’li o’tgan. T. t.ning shim. yon bag’ri qiya, qir va adirlarga tutashib ketadi. Shim. yon bag’rining sharqida Bo’ragan, Bosmondiq, Oqsuv, Laylak, Isfara kabi soylar qrr va muzliklardan suv oladi. G’arbda Sangzor daryosining chap irmoqlari: Guralash, Boyqo’ng’ir, Kukjar, Tangatopdi, Jumjum, Baxmazar soylari qor va bahorgi yomg’ir suvlaridan to’yinadi. Daryolari ma’lum havzalarga quyilmasdan, tekislikka chiqqach, butunlay sug’orishga sarflanadi; Zomin, Jizzax suv omborlari barpo etilgan. T. t. gersin burmalanishida ko’tarilib, keyinchalik emirilgan va uchlamchi davrda qayta ko’tarilib hoz. qiyofaga kelgan. Paleozoy erasiga xos bo’lgan qumtosh, slanes, granit, diorite va qisman ohaktoshlardan, neogen konglomeratlari va to’rtlamchi davr lyoss yotqiziklaridan tashkil topgan. Iqlimi kontinental, turli qismlarida turlicha xususiyatga ega. Tog’oldi tekisligi va tog’oldida iqlim issiq va quruq. Yillik o’rtacha tra 13,g—12,2°. Yanv.ning o’rtacha trasi 0,2°, iyulniki 25°, 26°, °. Eng yuqori tra 45°. Baland qismida iqlim ancha salqin, o’rtacha yillik tra —G ga yaqin, yanv. niki — 11,4°. Eng past tra -34°. Yillik yog’in 600-700 mm dan ziyod. Yog’inning bir qismi qor shaklida tushadi. Qorning qalinligi 15-30 sm, ayrim joylarda 1 m gacha bo’lib, mart oyigacha, balandroq joylarda may oyigacha erimaydi. Shamolning o’rtacha tezligi 2,0—3,2 m/sek., ba’zida 28 m/sek.ga etadi. T. t.ning Sharqiy qismida muzlik ko’p. Ularning umumiy mayd. qariyb 150 km2. Jan. qismida Zarafshon muzligi joylashgan. Tog’oldi tekisligi va tog’oldida 1500-1800 m balandlikda tipik va to’q tusli bo’z tuproqda efemerlar, shuvoq hamda bug’doyiq o’sadi. G’arbiy qismining 1800-3000 m balandliklarida tog’o’rmondasht mintaqasi joylashgan. Bu erlarda jigarrang, qo’ng’ir tuproqlarda archa, pista, bodom, do’lana, itburun, zirk, baland bo’yli dasht o’tlari o’sadi. Tizmaning g’arbiy qismida 2800— 3400 m, sharqida 3000-3500 m balandliklarda subalp mintaqasi bo’lib, tog’o’tloqdasht tuproqlar qo’ng’irbosh, rang, oqso’xta, betaga, taktak, quyonsuyak kabi har xil o’tlar bilan qoplangan. 3500 m dan yuqori qismi Alp mintaqasidan iborat. T.t.ning o’rmon va butazorlarida qobon, oq tirnokli ayiq, kakliklar, jayra, sug’urlar, baland tog’larda kiyik, yovvoyi echki, tog’kurkasi uchraydi. Tog’yaylovlaridan chorvachilikda keng foydalaniladi. Zomin tog’o’rmon davlat qo’riqxonasi va Zomin xalq bog’i tashkil etilgan. Tog’yon bag’irlarida tabiiy boylik ko’p, iqlimi va suvlari shifobaxsh. Mevali va dorivor o’simliklar o’sadi. Murod Mamatqulov.