Turkiston xalq universiteti

Turkiston xalq universiteti — O’rta Osiyoda rus oliy ta’limiga asos bo’lgan ilk o’quv maskani. Turkiston XKSning 1918 y. 16 martdagi qarori bilan shu yil 21 apr.da Toshkentning yangi shahar kismidagi Ozodlik uyi (hoz. O’zbekiston Respublikasi bolalar kutubxonasi)da ochilgan. Untning tashkil topishida «Oliy ta’lim tarafdorlari jamiyati» (1918 y. Fev.)ga uyushgan A.V.Popov (1918 y. apr. — dek. da universitet rektori), g.N.Cherdantsev (1918 y. dek. 1920 y. dek.da universitet rektori), prof.lar V.I.Romanovskiy, A.A.Semyonov, R.R.Shreder va b.ning xizmati katta bo’ldi. T. x.u. kuyidagi tashkiliy tuzilishga ega bo’lgan: 1yuqori bosqich — oliy kurs [ijtimoiyiqtisod, fizikamat., adabiyotfalsafa (keyinroq tarixfilol.), texnika ftlari]; 2o’rta bosqich — amaliy kurslar (elektromontyorlar, avtomobil ishi, temir yo’lchilar, chizmachilik, o’rmon texniklari, ersuv qo’mitasi, bolalar bog’chasi yo’riqchilari, chet tillari, bichishtikish, poyabzal ishi, suzishni o’rganih); 3quyi bosqich — ta’limtarbiya berish kurslari (11 boshlang’ich maktab, 8 bolalar bog’chasi). Shuningdek, tarkibida Munavvarqori Abdurashidxonov tashabbusi bilan 1918 y. 12 mayda tashkil etilgan musulmon xalq dorilfununi (q. O’zbekiston milliy universiteti) hamda Turkiston xalq kutubxonasi (xrz. O’zbekiston milliy kutubxonasi), Turkiston xalq muzeyi (hoz. O’zbekiston san’at muzeyi), Turkiston xalk konservatoriyasi, Sharq inti kabi mustaqil tashkilotlar bo’lgan. T.x.u.ning tegishli kurslariga ma’lumot darajasiga qarab Jkhitini xohlovchi rus tilini bilgan kishilar imtihonsiz qabul qilingan. Dastlabki kunlardanoq Samarqand, Farg’ona, Andijon, Ashxobod va b. shaharlarda unt sho»ba (filial)lari ochilgan. 1918 y. kuzda musulmon xalq dorulfununi 2darajali tashkilot sifatida tugatilgan, o’rta va quyi bosqichdagi kurslar va mustaqil tashkilotlar untdan ajratilgan. 1918/19 o’quv yili untning 5 ftida 60 prof.o’qituvchi ishladi, 500 ga yaqin talaba ta’lim oldi. Bularning hammasi ruslar yoki rus tilida so’zlashuvchi boshqa millat vakillari edi. Mahalliy musulmon millat vakillari rus tilini bilmaganligi sababli bu untdan bahramand bo’la olmadilar. Sovet hukumati ularning manfaati va xohishistagini e’tiborga olmadi. Sovet tarixchilari bu haqiqatni butunlay teskari talqin qilishga majbur bo’ldilar. Sovet davrida chop etilgan tarixga oid adabiyotlarda bu unt kommunistok partiya va sovet xukumatining mahalliy aholiga ko’rsatgan bexds katga g’amxo’rligi, xalqparvarligi tufayli paydo bo’ldi, deb ko’rsatib kelindi. T. x.u.ni to’la ma’nodagi oliy o’quv yurti deb bo’lmasdi. 1919 y. dek.da u haqiqiy davlat unti maqomini oldi va Turkiston davlat unti deb nomlandi. T. x.u.da 1918 y. 20 apr.dan rus tilida «Xalq universiteta» (narodno’y universitet») gaz. va maxsus ilmiy ommaviy to’plam nashr etildi. Ad.: Xolboev S., Milliy universitetning tarixiy ildizlari va tashkil topishi, T., 2003. Sotimjon Xolboev.