TRUBA PROKATLASH AGREGATI

TRUBA PROKATLASH AGREGATI — metall quymalar yoki dumaloq zagotovka (chala mahsulot)lardan choksiz metall trubalar olish (prokatlash — bosim ostida vallar orasidan o’tkazish) uchun mo’ljallangan mashinalar tizimi (prokatlash stani). Bir-biriga bog’langan bir nechta mustaqil mashinalarni uz ichiga oladi. Ularda chala mahsulot (quyma yoki zagotovka) ni ombordan tashib kelish, trubalar tayyorlash, ularning sifatini tekshirish va tayyor trubalarni iste’molchilarga junatish ishlari bajariladi. T. p.a.da bajariladigan asosiy operasiyalar: metall quyma yoki zagotovkani pechda qizdirish, maxsus standa bosim bilan buylama teshiklar ochish (gilza hosil qilish), gilza (kalta turba) ni uzaytirish va devorini yupqalashtirish uchun uzaytirish stanidan utkazish, kalibrlash (vallar orasidan utkazib, zarur diametrga keltirish), trubani to’g’rilash, uchlarini tekislab qirqish va tayyor mahsulot sifatini tekshirish. Bu operasiyalar bajariladigan barcha mashinalar (stanlar) i. ch.ni to’liq avtomatlashtirishga imkon beradigan mexanizmlar bilan o’zaro bog’langan. T. p.a. ning o’lchami olinishi lozim bo’lgan trubalarning eng katta diametriga, tipi esa uzaytirish stanining tuzilishiga qarab belgilanadi. Ana shu alomatlariga ko’ra, T.p.a., asosan 4 tipga: uzluksiz, kalta opravkali, uch valli va pilgerli uzaytiruvchi stanli agregatlarga bo’linadi. Uzluksiz agregatda diametri 110 mm gacha bo’lgan trubalar, kalta opravkali agregatda 60— 450 mm va bundan yo’g’on trubalar, uch valli agregatda 30-220 mm li trubalar, pilgerli agregatda 400-700 mm li trubalar olinadi. Uzluksiz uzaytiruvchi stanli T.p.a. eng keng tarkalgan.