Gumbaz

Gumbaz (geol.) — tog’jinslari- ning yotish shaqli. G. braxiantiklinal- ning uzviy hodisasi sifatida plat- forma mavjud bo’lgan yoki ularga yaqin sharoitlarda qoyali massiv, fundament- ning nuragan bo’rtigi, lakkolitlar va b. ustida hosil bo’ladi. 1) vulkanik mag- matik g. — otilib chiqqan jinslarning katta, to’ntarilgan qozon shaqlidagi jism ko’rinishida yotishi. Yonbag’ri tik, bal. 800 m gacha. Er yuzasiga vul- Kan bo’g’zidan yopishqoq nordon lavaning siqilib chiqishidan vujudga keladi. Ko’pincha o’ziga xos radial va kontsen- trik ko’rinishida yoriqchalar bo’ladi. 2) Granit-gneysli (gneysli) g. — Markaziy qismi asosan qiya yotgan granit-gneys yoki ba’zida granit yorib kirgan gneyslar- dan tuzilgan er po’stining ko’tarilgan qatlamlari. Gneys yadrosining Perife- riyasi quyi darajada metamorfizmga uch- ragan mayda burmali, gumbaz markaziga Nishab kristalli slaneslardan iborat. Ko’proq qad. platforma qalqonlarida uchraydi. Ko’ndalang kesimi bir necha o’nlab km ga cho’ziladi. 3) Tektonik G. — gumbaz markazidan barcha tomonga qiya tushgan er po’sti qatlamlarining katta yoki kichikroq shakldagi ko’tarilmasi. Ko’ndalang kesimi o’nlab (goho yuzlab) km ga cho’ziladi. Asosan platforma- larda uchraydi. 4) Tuzli G. — yadrosi tosh-tuz yoki boshqa tuzlardan iborat jins qatlamlari dumaloq shakldagi ko’tarilma. Boshqa cho’kindi jinslarga nisbatan zichligining kamligi va o’ta qayishqoqligi sababli tuzning yuqoriga ko’tarilishi va singishi natijasida hosil bo’ladi. Platforma botiklarida- gi kristalli qobiqning chuqur cho’kkan joylarida keng tarqalgan. Tuzli G. bor joylarda ko’pincha neft va gaz konlari ham bo’ladi (Emba—Qozog’istonda, Galf- Kost — AQShda).