Gomologiya

Gomologiya (Yun. homologia — mos kelish, moslik) (biol.da) — har xil turga mansub organizmlarda ba- jaradigan funktsiyasidan qat’i nazar filogenetik (kelib chiqishi) jihatdan uxshash bo’lgan organlarning o’zaro mos kelishi. G.da dastlab o’xshash bo’lgan or- ganlarda divergentsiya tufayli yangi mor- fologik belgilar paydo bo’ladi. Mac, dastlabki umurtqali xayvonlarning oldingi oyoklari evolyusiya jarayoni- da yangi morfologik belgilarni hosil qilishi tufayli yurish, yugurish, er qazish, tutish, suzish, uchish va b. funk- tsiyani bajarishga moslashgan. Lekin filogenetik jihatdan o’xshash bo’lishi tufayli ularning hammasi bir xil suyaklar: elka, bilak, tirsak, kaftol- Di, kaft, barmoq suyaklaridan iborat. G. o’simliklar uchun ham xos. No’xatning gajaklari, zirk va kaktuennng tikanla- ri shakli o’zgargan barg hisoblanadi. «G.»terminini nemis zoologi R. Ouen (1843) fanga kiritgan, uning evolyu- tsion mohiyati esa Ch. Darvinning EVO- lyusion ta’limoti vujudga kelgandan so’ng ma’lum bo’ldi. Har xil sistema- tik guruhlarga mansub turlarda or- ganlar g.si mavjudligining isboti 3 mezon: organlarning morfologik tuzi- lishi, ularning organizmda joylani- shi va morfogenezi (morfologik kelib chiqishi) o’xshashligi b-n belgilanadi. 20-a.da «g.»termini gomologik organ- larning shakllanishiga olib keluvchi genetik tuzilish (genlar g.si) va mor- fogenez jarayonlarini tavsiflashda ham qo’llanila boshlandi. Ammo murakkab fenotipik belgilar bitta gen emas, bal- ki o’zaro ta’sir ko’rsatadigan bir necha gen nazoratida bo’lganligi, bir genning o’zgarishi boshqa gen b-n bog’liqligi tu- fayli o’zaro qarindosh bo’lgan turlarda genlar g.si b-n organlar g.si o’rtasida bevosita moslik bo’lmasligi mumkin. Shuning uchun genlar g.si va fenotipik belgilar g.si mustaqil (binobarin o’zaro murakkab munosabatda bo’lgan) Kategori- yalar hisoblanadi.