Gomeostaz, gomeostazis
Gomeostaz, gomeostazis (go- MeO… va Yun. stasis — harakatsizlik, holat) — biologik sistemalarning o’z tarkibi va xossalarining dinamik nisbiy doimiyligini saqlab qolish xususiyati. G. tushunchasini Amerika- lik fiziolog u. Kennon (1929) ta- Klif etgan. G. biologik tuzilishning har xil darajasida namoyon bo’ladi. Fiziologik G. Erda hayotning paydo bo’lishi b-n shakllana boshlagan, chunki bir hujayralilarning kelib chiqishi hujayra ichida tashqi muhit sharoiti- dan farq qiladigan maxsus fizik-ki- myoviy sharoitning qaror topishi b-n bog’liq bo’lgan. Ko’p hujayralilarda Vu- judga kelgan ichki muhit ichida hujayra va to’qimalar joylashadi, ana shu ichki muhitda g. mexanizmlari rivojlanadi va takomillashib boradi. Evolyusiya davo- mida qon aylanish, ayirish, nafas olish, hazm qilish va g.ni boshqarishda zarur bo’lgan boshqa maxsus sistemalar vujudga kelgan. Dengiz umurtqasiz hayvonlarida ichki muhit suyuqligi hajmi, ion tar- kibi va rn ini barqarorlashtiradigan gomeostatik mexanizmlar paydo bo’ladi. Chuchuk suv va quruqlikda yashashga o’tgan hayvonlarda, shuningdek, chuchuk suvdan dengizga o’tgan umurtqalilarda Osmo- tik faol moddalar kontsentrasiyalana- Di. G. ayniqsa sut emizuvchilarda mu- kammal rivojlangan bo’lib, ularning atrof muhitga moslanish imkoniyatla- rini oshiradi. G. tufayli qon va to’qima suyuqligi hajmi, ulardagi ionlar va osmotik faol moddalar kontsentrasiyasi, qonning rn, undagi oqsillar, lipidlar va uglevodlar tarkibining doimiyligi saqlanib qoladi. Qushlar va sut emizuv- chilar tana haroratining doimiyligi G. tufayli ham boshqariladi. Qo’shimcha fiziologik mexanizmlar alohida organ- lar ichki muhiti doimiyligini ta’min- laydi. Mas, gematoentsefalik va gemato- oftalmik barerlar miya hujayralari va ko’zlarni o’rab turadigan suyukli- klarning maxsus xossalarini belgilay- Di. G.ning boshqarilishida Markaziy nerv sistemasi: bosh miya yarim sharla- ri po’stlog’i, simpatik nerv sistemasi, gipofiz, buyrak usti va b. Bezlarning holati katta ahamiyatga ega. Har xil re- gulyasiya mexanizmlarini o’z ichiga oladi- gan murakkab gomeostatik sistemaga mi- sol qilib arteriya bosimining optimal darajada saqlanib turishini ta’min- laydigan sistemani ko’rsatish mumkin. Gomeostatik jarayonlar asosida yotadigan mexanizmlarning izdan chiqishi «g. kasal- ligi» hisoblanadi. Bu jarayonlarga shart- li ravishda biologik ritmlarning qayta qurilishi va b. b-n bog’liq bo’lgan orga- nizmlar normal faoliyatining funktsio- nal buzilishini ham kiritish mumkin. O’simliklarda G.ni hujayra daraja- sida boshqarishda plazmolemma va to- noplast asosiy ahamiyatga ega. Plaz- molemma tashqi muhitdan hujayraga oziq moddalar, ionlar va suvning oqib kelishi, ballast moddalar va ortiqcha N+, Na+, Sa2+ ionlarini chiqarib yuborishni; tonoplast esa oziq modda- lar tanqisligida vakuollardan Pro- toplazmaga zaxira moddalarni olib kirish va ularning ortiqcha qismini vakuollarga chiqarilishini boshqaradi. To’qima darajasida g.ni saqlashda uglevodlar va b. Substratlarning hujayralararo oqimini boshqaradigan plazmodesmalar qatnashadi. Genetik, ya’ni populyasion g. o’zgaruvchan muhit sharoitida populyasiya genotipik strukturasining nisbiy barqarorligi va yaxlitligini saqlab turishdan iborat. Bu holatga populyasiyadagi individlar erkin chatishganida allellar chastotasi genetik muvozanatini, geterozigotalik va podimorfizm hamda mutasiya jarayoni muayyan tezligi va yo’nalishini saqlab turish orqali erishiladi. G.ni o’rganish — mikroevolyusiya qonuniyatlarini tadqiq qilishning dolzarb vazifasi- ga kiradi. «G.»tushunchasidan ekolo- giyada ekosistemalar holati va ular turg’unligiga tasnif berishda keng foy- dalaniladi. G. tufayli biogeosenozlar — da turlarning tarkibi va individlar soni barqarorligi saqlanib turadi. Bakridin Zaripov.