Gomel viloyati
Gomel viloyati — Belo- Russiya tarkibidagi viloyat. 1938 i. 15 yanv.da tashkil etilgan. Respublika- ning Jan.-sharqida. Mayd. 40,4 ming km2. Aholisi 1674 ming kishi, aso- san beloruslar; shuningdek, rus, Ukra- in, yahudiy, polyak va b. ham yashaydi. 21 tumanga bo’lingan; 17 shahar, 17 shaharcha bor. Markazi — Gomel sh. Er yuzasi tekislik. G’arbida Pri- pyat Polesesi (120-140 m), sharqida Dneprbo’yi pasttekisligi (100— 130 m) bor. Foydali kazilmalari: neft, toshtuz va kaliy tuzi, torf, bo’r, gil, qum. Iklimi mo»tadil kontinental. Yanv.ning o’rtacha t-rasi — 7°, -5,5°, iyulniki 18,5°-19°. Yiliga 550-650 mm yog’in tushadi. Ve- getasiya davri 190— 200 kun. Daryolari: Dnepr va uning irmoqlari (Berezina, Pripyat, Soj). Eng yirik ko’li — Cher- vonoe. Tuprok,lari kuchsiz podzollashgan qumli va torf-botqoqli, sharqida qumoq va qumloq tuproq. Hududining 41% ga yaqini o’rmon, 12% botqoqlik, o’tloq ko’p. Viloyatda yirik energetika bazasi (torf, gaz, neft) tashkil etilgan. Gomelda q.x. mashinasozligi, stanoksozlik, torf ma- shinasozligi, dvigatellar, podshipni- klar, o’lchov priborlari, elektrotexnika va b. z-dlar, Mozirda meliorasiya ma- shinalari zdi, «Mozirkabel», metal quyish-mexanika z-dlari, Rechisa metal buyumlar zdi bor. Viloyatda kimyo sano- ati barpo etilgan. O’rmon, yog’ochsozlik va qog’oz sa-noatlari rivojlangan. Me- bel f-kalari (Mozir, Elsk, Jlobin, Kalinkovichi, Rogachyov, Vasilevichi), yog’och-sozlik k-tlari (Gomel, Mozir), faner-mebel (Rechisa), faner-gugurt (Gomel), tsellyuloza-qog’oz (Dobrush) va tsellyuloza-karton (Svetlogorsk) k-tlari, Gomel yaqinida (Kostyukovka) mamla- katda yirik oyna zdi bor. Engil sanoat asosan mahalliy xom ashyoda ishlaydi. Donli ekinlar, texnika ekinlari eki- ladi, bog’va mevazorlar bor. Chorvachilik sut, go’sht etishtirishga ixtisoslashgan. Qoramol, cho’chqa, qo’y va echki boqiladi. T.y. asosiy transport turi. Avtomobil yo’llari muhim hisoblanadi. Dnepr, Pripyat, Soj, Berezina daryolarida kema qatnaydi. Drama teatri, qo’g’irchoq tea- tri, 6 muzey bor.