Gomel
Gomel — Belorussiyadagi shahar. Gomel viloyatining markazi. Soj Daryo- si (Dnepr irmog’i) bo’yidagi port. T.y. va avtomobil yo’llari tuguni. Shahardan Sankt-Peterburg—Kiev—ode SS a, Brest—Bryansk—Moskva, Gomel- Minsk—Vilnyus avtomagistrallari o’tadi. Aholisi 475,2 ming kishi (1999), aholisining soni bo’yicha respublika- da 2-o’rindagi shahar. Mayd. 11256 ga. Shahar transporti avtobus va trolleybus qatnovidan iborat. G.dagi 100 dan ziyod sanoat korxonasi davlat, aktsiyadorlik, ijara, qo’shma va kichik biznes korxona- laridir. Mashinasozlik va metallsoz- lik (stanoklar, q.x. mashinalari, pri- borlar va b.), yog’ochsozlik, kimyo, oyna-shi- sha, oziq-ovqat, engil sanoat korxonala — ri bor. Shuningdek, qurilish detallari zdi, qurilish materiallari va yig’ma temir beton k-ti faoliyat ko’rsatmoqsa. Savdo korxonalari, 13 katta va kichik bozor, 2 avtomobil bozori, 5 oliy o’quv yurti (davlat un-ti, transport va texnika davlat un-tlari, kooperativ va tibbiyot in-tlari), 6 texnikum, 2 kollej (musiqa- ped. va san’at), lisey, gimnaziyalar, 9 i.t. instituta, 2 teatr, o’lkashunoslik muzeyi, telemarkaz, xalqaro aeroport mavjud. Shahar solnomalarda birinchi marta 1142 y. tilga olingan.