Glikoliz

Glikoliz (Yun. Clylys — shirin va lysis — parchalanish) — uglevod- lar (asosan glyukoza)TT sut kislota- sigacha anaerob parchalanish jarayoni; bijg’ishning bir turi. G.da ajralib chiqqan energiya adenozintrifosfat (ATF) ning fosfat bog’lari energiyasi- ga aylanadi. Bu jarayonda 6 uglerodli qand — D-glyukoza hujayraning asosiy «yonilg’i»si hisoblanadi. G.da gomo- fermentativ sut kislotali va spirtli bijg’ish muhim ahamiyatga ega. Birinchi holda 6 uglerodli glyukoza 2 molekula 3 uglerodli sut kislotasigacha parchalana- Di. G.ning bu xili ko’pchilik mikroor- ganizmlar va yuksak hayvonlar, jumla- dan sut emizuvchilar organizmida sodir bo’ladi. Spirtli bijg’ishda 6 uglerodli glyukoza molekulasi 2 ta 2 uglerodli etanol (S2N5ON)ga v 2 molekula ugle- rod (1U)-oksid (SO2) gacha parchalanadi. G. jarayoni 2 bosqichda amalga oshadi. 1-bosqichda oddiy qandlar to’planadi va ular gliserinalde-gidfosfatga ay- lanib, ATF sarf bo’ladi; 2-bosqichda oksidlanish-qaytarilish reaktsiyasi tu- fayli ATF hamda sut kislotasi hosil bo’ladi. G.ning ketma-ket reaktsiyalarini 11 ta ferment katalizlaydi. Bu ferment- larni erigan holda ajratib olish mum- kin. G.ning tayyorgarlik bosqichida har xil uglevodlar ATF hisobiga fosfor- lanadi va gliserinaldegid-3-fosfat hosil bo’ladi. G.ning 2-bosqichi hamma uglevodlar uchun umumiy bo’lib, unda ADF oksidlanish-qaytarilish reaktsi- yalarida energiya jamg’arilishi tufayli ATF gacha fosforlanadi. G. ketma-ket bo- radigan 3 xil reaktsiyalar: glyukoza-ugle- rod skeletining buzilib sut kislotasi hosil bo’lishi; anorganik fosfat ning ATF ning oxirgi guruhiga aylanishi; oksidlanish-qaytarilish reaktsiyala- ri, ya’ni elektronlar o’tkazish yo’lidan iborat. G.da glyukoza molekulasidagi kimyoviy energiyaning juda oz qismi ajraladi. Kislorodli bosqichda glyuko- za oxirgi mahsulot — SO2 va N2O gacha parchalanib, ancha ko’p miqdordagi ener- giya ajralib chiqadi. G.da nafas olishga nisbatan kam energiya ajralishi glyuko- zaga o’xshash murakkab modda — sut kis- lotasi xrsil bo’lishi b-n bog’liq. Shu- ning uchun sut kislotasining oksidla- nish darajasi glyukozaning oksidlanish darajasiga teng. Muskullar qisqarganda sut kislotasi ko’payib, glikogen kamaya- Di. Bu hol muskul qisqarishida g. ener- giya manbai bo’lishini ko’rsatadi. Ba’- zan g. zaxiralari b-n ishlov berilganda ham muskul qisqaraveradi. Shu boisdan G.ning o’zi muskul qisqarishida hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Skelet mu- skullari uchun g. asosiy energiya manbai hisoblanadi.