Gidroxinon

Gidroxinon (1,4 digidroksi- benzol), paradioksibenzol, S6N4(on)2 —organik birikma, ikki atomli fenol, rangsiz kristall modda. Mol. m. 110,11. Suyuklanish t-rasi 173,8—174,8° (bar- karor a-modifika-tsiya), 169° (beqaror u-modifikasiya), qaynash t-rasi 285— 287°. Zichligi 1,36 g/sm3 (a-modifikasiya), 1,325 g/sm3 (u-modifikasiya). Issiq suv, spirt, efirda yaxshi, benzolda yomon eriydi. G.ning suvdagi eritmasi havoda oksidlanadi va qo’ng’ir tusga kiradi, ishqoriy muhitda oksidlanishi tezla- shadi. Oksidlanganda xingidron va para- xinon hosil bo’ladi. G. kuchli qaytaruvchi bo’lganligi sababli Feling eritmasini sovuqda qaytara oladi. G.ni birinchi marta 1844 y. nemis kimyogari F. Vyoler xinondan olgan. Sanoatda G. quyidagi usullarda: 1) anilin sulfatni MpO2 yoki N2sgo4 ishtirokida para-benzo- XI-nongacha oksidlab temir kukunining suvdagi aralashmasi b-n NaHgO3 ishti- rokida kaytarib; 2) fenolni 900° da 70% li N2O2 b-n, 75% li N3RO4 yoki 65% li NSYU4 ishtirokida gidroksillab; 3) 1,4 diizopropilbenzolni havo Kisloro- Di b-n oksidlab va bisgidroperoksidni kislotali muhitda g. va atsetongacha gi- drolizlab; 4) fenol va atseton ta’sir et- tirib va hosil bo’lgan 4-izopropil-Fe- nolni kislotali muhitda N2O2 b-n g. va atsetongacha oksidlab olinadi. Lab. sha- roitida g. parabenzoxinonni SO2 ning suvdagi eritmasida kaytarish usuli b-n olinadi. G. fotografiyada, antioksidant, organik bo’yoqlar sanoatida yarim xom ashyo sifatida va analitik kimyoda turli ele- mentlar hamda birikmalarni aniqlashda ishlatiladi.