Gidrogeologik qidiruv va razvedka

Gidrogeologik qidiruv va razvedka — er osti suvlarining hosil bo’lish sharoitlari, sifati, za- xirasi va taqsimlanishini aniqlash maqsadida bajariladigan ishlar majmu- asi. G. q. va r. er osti suvlari haqidagi ma’lumotlarni xaritaga tushirish b-n bog’liq bo’lib, yo’nalishli qidiruv, burg’ilash, geofizika, Aero va kosmik usullar hamda lab. ishlarini o’z ichi- ga oladi. G. q. va r. natijasida er osti suvlarining tabiati, paydo bo’lish sha- roitlari, harakati, tarqalishi va ular- ning tabiiy resurslari o’rganiladi. Er osti suvlari bor qatlamlarning suv o’tkazuvchanligi, chuqurligi, bosi- mi, kimyoviy tarkibi va yil davomida bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlari aniqlanadi. G. q. va r. ishlari turli mas- shtabda (1:500 000, 1:200 000, 1:100 000 1:50 000 va b.) olib boriladi. O’zR xudu- dining gidrogeologik xaritasi 1:200 000 masshtabda, sug’oriladigan maydonlar xaritasi 1:50 000 masshtabda tuzilgan. G. q. va r. loyihalash ishlari o’tkazish uchun to’liq ma’lumot to’plash maqsadida olib boriladi va dastlabki hamda mufas- sal razvedka bosqichlariga ajratiladi. Dastlabki razvedka bosqichida er osti suv konlarining geologik, gidrologik sharoitlari, ulardan foydalanish, za- xiralarining hosil bo’lish jarayonlari va qonuniyatlari o’rganiladi, gidroge- ologik parametrlar tajriba yo’li b-n aniqlanadi. Suv chiqarib olish insho- otlarini qurish loyihalari va burg’i quduqlarining tuzilishi asoslab beri- ladi. Yana bu bosqichda aniq ma’lumot- lar borasida o’rganilayotgan maydonning gidrogeologik modeli tuzilib, sanoat miqyosida o’zlashtirish uchun tayyorlan- gan joyning V va S toifali zaxirala- ri aniqlanadi. Er osti suvi konlari- ni ishlatish davomida tabiiy muhitga ta’sir etishi baholanadi va sanitariya muhofazasi hududlari aniqlanadi. Ishlatish razvedkasi dastlabki razvedka- da aniqlangan er osti suvlari tarqalgan hududni yirik (1:50000, 1:25000) mas- shtabda gidrogeologik s’yomka qilishdan boshlanadi. Bu bosqichda er osti suvla- ridan foydalanish qidiruv ishlari na- tijasiga muvofiq tartibda olib boril- ganligi, er osti suvlari zaxiralarini sanoat toifalariga mosligi va ularni oshirish imkoniyatlari asoslab berila- Di. Suv chiqarib olish inshootining ish- lash tajribasiga asoslanib tabiiy yoki suv xo’jaligidagi o’zgarishlarni er osti suv konlari zaxirasiga miqdoriy yoki si- Fat jihatidan ta’sir etishi o’rganiladi. Bundan tashqari kondan olingan ma’- lumotlar asosida yangi maydonlarda er osti suvi zaxiralari aniqlanadi. G. q. va r. er osti suvlaridan xalq xo’jaligining barcha sohalarida foydalanish va xom ashyo (yod, brom, radiy va b.) bazasini belgilashda muhim ahamiyatga ega.