YUVILGAN (EROZIYALANGAN) TUPROQLAR
YUVILGAN (EROZIYALANGAN) TUPROQLAR — sug’oriladigan va lalmikor yerlarning qiya, nishab joylarida noto’g’ri sug’orish hamda ogrotexnik tadbirlarni o’tkazish, kuchli yog’in ta’sirida hosil bo’ladigan o’ydim chuqurchalarda shakllanadigan tuproqlar. Yer ustki suv oqimining yemiruvchi ta’sirida tuproqning unumdor qatlami qalinligi kamayadi yoki butunlay emirilib ketadi. Ko’p yillar davomida eroziya tufayli guproqning karbonatli va gipsli qatlam (gorizont) lari yer yuzasiga chiqib (ochilib) qoladi. Tuproq yuzasidagi karbonatli birikma oq ko’zanak shakldagi kuchli eroziyalanganlik belgilaridan biri. Bunday tuproqlar tarkibida chirindi (gumusli qatlam 30-50 santimetrcha) va boshqalar ozuqa moddalar kamligi va mexanik tarkibining yengilligi, qumoqlashganligi bilan ajralib turadi. Yuvilgan temperaturada suv, havo va issiqlik rejimlari keskin yomonlashadi, nam sig’im va suv o’tkazuvchanligi pasayadi, bug’lanish kuchayadi, hajm massasi esa birmuncha ortadi. Yuzasida qatqaloq hosil bo’ladi va ishlov berish sharoiti qiyinlashadi. Oqibatda qishloq xo’jalik ekinlarining hosildorligi pasayib ketadi. Masalan, boshqa yerlardagiga qaraganda Yuvilgan temperaturada g’o’za nisbatan ertaroq pishib yetilsada, past bo’yli va kam hosilli (yuvilmagan tuproqqa nisbatan 25-40% kam), tola va chigitning sifati past bo’ladi.