Galilei (Galilei) Galileo

Galilei (Galilei) Galileo (1564.15.2, Piza — 1642.8.1, Archetri, Florentsiya yaqinida) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik asoschilaridan biri. G. aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi b-n Piza un-tiga kirib (1581), tibbiyotni urgana boshlagan. Bu erda Aristotel fizikasi b-n tanishgan, Evklid va Arximed mat.sini urgangan. Geom. Va mexanikaga qiziqib ketgach, g. tibbiyotdan voz kechib, 4 yil mobaynida mat.ni o’rgangan va ixchamgina «kichik tarozular» asarini yozgan (1586; 1655 y. nashr qilingan). Bu asari uni italyan matematiklari orasida mashhur qilgan. G. mexanika b-n astoydil shug’ullangan. Keyinchalik inersiya qonunink kashf etgan, kuchlarni qo’shish qoidasini ifodalab bergan, ko’chirma harakat tezligi doimiy bo’lgan chogdagi nisbiylik printsipini yaratgan, mexanik harakatning asosiy kursatkichlarini mikdoriy jihatdan aniqlagan. Jismning qiya tekislikdagi harakati, ma’lum burchak ostida otilgan jismning harakati, erkin tushish haqidagi qonunlarni dastlab g. kashf etgan, harakatning saqlanishi to’g’risidagi muhim fikrga tegishli tushunchalarni kiritgan. Galiley — Nyuton mexanikasi ilmning muhim tarmog’iga aylandi. G. olam tuzilishini tushuntirishda N. Kopernik yulidan bordi. O’zi yasagan (32 marta katta qilib kursatadigan) teleskop yordamida oy sirtining notekisligini, Venera fazasining uzgarishini, Quyosh dog’larini, Yupiterning 4 ta yuldoshini kashf qildi va Quyoshning uz o’qi atrofida aylanishini isbotladi. G.ning bu ishlari «Yulduz xabarchisi» (1610— 11) asarida bayon qilingan. «Olam tuzilishining ikki asosiy sistemasi haqida dialog» (1632) asarida geliosentrik sistematlt to’g’riligiga asosli dalillar keltirgan. Abu Rayhon Beruniy qabi g. ham Aristotelning «engillik kuchi» tushunchasiga qarshi chiqib, faqat og’irlik kuchini tan oldi. U tabiiy hodisalarni tajriba va matematik fikrlash asosida tushuntirishga harakat qilgan. G. dunyoqarashi — mexanistik materializm. U olamdagi barcha hodisalar moddiy asosga ega bo’lib, mexanika qonunlariga bo’isunadi, deb tushungan, sxolastikata qarshi chiqqan. Mexanistik materializmning barcha nuqsonlari g. dunyoqarashiga ham taalluqli. G. o’z zamonasining ig’lor goyali kishilaridan bulgan. G. ning iste’dodi fan sohalari b-n cheklanib qolmaydi: u musiqachi, rassom, san’at shinavandasi, adabiyotshunos ham bo’lgan. Uning ilmiy risolalari ravon va oddiy tilda yozilganligi uchun ularni ham badiiy adabiyot jumlasiga qo’shish mumkin. U lotin tilini mukammal egallagan. N. Kopernikning geliosentrizmini qat’iy yoqlagani uchun g. 1633 y.da katolik cherkov tomonidan inkvizisiya sudiga berilgan, natijada N. Kopernik ta’limotidan voz kechishga majbur bo’lgan va 1633 y. 22 iyunda cherkovda taz chukib tavba qilgan; unga Er harakati to’g’risida gapirish va asarlarini nashr qilish taqiqlab qo’yilgan. G. umrining oxirigacha «inkvizisiya asiri» hisoblangan. G. 1637 y.da ko’r bo’lib qolgan. Asrlar o’tib xaqikat qaror topdi: 1992 y.da Rim papasi Ioann Pavel 2 inkvizisiya sudi karorini noto’g’ri deb topdi va g.ni oqladi.