Geliy
Geliy (lot. Helium), He—Mende- leev davriy sistemasining sakkizinchi guruh kimyoviy elementi, tartib raka- mi 2, at.m. 4,0026, rangsiz va hidsiz gaz. Tabiiy G. ikki izotop aralashmasidan iborat (3ne, 4Ne). 1868 y.da frantsuz astronomi J. Jansen va ingliz astrono- mi R. Loker quyosh spektrida yangi sariq chiziqni aniqladilar. U o’sha vaqgda ma’- lum bo’lgan elementlar chizig’iga sira o’xshamasdi. Bu noma’lum elementga g. deb nom berildi (Yun. helios — quyosh). 1895 y.da ingliz kimyogari u. Ramzay G.ni radioaktiv kleveit minerali- dan olishga muvaffaq bo’ldi. Kleveit- ni qizdirilganda ajralib chiqqan gaz spektrida ham o’sha chiziq bor edi. Erda G. juda kam: 1 m3 havoda bor-yo’g’i 5-24 sm3, 1 kg er moddasida 0,003 mg g. bor. G. fazoda eng ko’p tarqalgan elementlar- dan biri (vodoroddan keyin 2-o’rinda tu- radi). Kosmos massasining deyarli 23% i g.dan iborat. U hajm jihatidan er atmosferasining 0,0005% ini tashkil etadi. Er yuzida g. asosan er po’stidagi radioaktiv elementlar (kleveit, Mona- tsit va torianit) tarkibida uchraydi. G. sanoat miqyosida tabiiy gazlardan va neft gazlarining uglevodorodli yoki azotli birikmalaridan olinadi. Ko’pgina neft va gaz konlarida tabiiy G. zaxiralari bor. Er yuzidagi g.ning asosiy qismini 4Ne tashkil etadi. 4Ne uran, toriy kabi radioaktiv elementlar- ning parchalanishidan hosil bo’ladi. 3ne juda oz miqdorda uchraydi. Tarkibida 2 g uran va 10 g toriy tutgan 1 t granit ra- dioaktiv parchalanganda 1 mg g. ajralib chiqadi. Atmosferada vodorodning og’ir izotopi tritiy (T) parchalanganda 3ne hosil bo’ladi. G. normal sharoitda bir atomli gaz. Zichligi 0,17846 g/l, qaynash t-rasi — 268,9°. G. normal bosimda har qancha sovitilganda ham suyuq holatini saqlay oladigan yagona modda. G. 2,5 MPa bosim ostida kristallanadi. Issiqlik o’tkazuvchanligi 0,1437 Vt/(m.k.). G. ato- Mining radiusi 0,85 dan 1,33 E gacha. 20° da 1 l suvda 8,61 sm3/l, etanodda 3 sm3/l G. eriydi. 4Ne izotoplaridan iborat suyuq g.ning ajoyib xossalari bor. U tarkibida g. bo’lgan tabiiy gazlardan olinadi. G.ning inertlik xossasidan metallarni qirqishda, payvandlash va oziq-ovqat mahsulotlarini konserva- lashda foydalaniladi. G.ning yonmasligi va zichligining kichikligi stratostat- larni to’ldirishda qo’l keladi. G. yuqori issiqlik o’tkazuvchanligi, kimyoviy inertligi, yadro reaktsiyasidagi neytron- lar b-n deyarli reaktsiyaga kirishmasligi tufayli atom reaktorlarini sovitishda qo’llaniladi. Suyuq holdagi g. er yuzida- gi eng sovuq suyuqpikdir, u turli ilmiy tekshirishlarda sovutkich sifatida ish- latiladi.