Gasprinskiy (Gaspralik) Ismoilbek

Gasprinskiy (Gaspralik) Ismoilbek (1851.21.3, Boqchasaroy yaqinidagi Ajiko’y qishlog’i -1914.11.9, Boqchasaroy) — jadidchshshk harakatining asoschisi, yozuvchi va publi- tsist. G.ning otasi Mustafo Gasprin- skiy Rossiya harbiy dvoryani (praporsh- chik) bo’lib, Yalta sh. yaqinidagi Gaspra qishlog’idan edi. G. qishloq musulmon maktabi, Oqmachit (hoz. Simferopol) gimnaziyasi va Voronejda, Moskva ka- detlik korpusida o’qidi (1864-67). Qrimga qaytgach, rus tili o’qituvchisi bo’lib ishladi (1867-70). Istanbul va Sorbonna (Parij) un-tlarida o’qidi (1871-75). Jazoir, Tunis, Misr, GRESi- yada bo’ldi. Parijda frantsuz sosialist- lari va liberallariga yaqinlashdi. Tur- kiyada yosh turklar harakati rahbarlari b-n tanishdi (1875-77). Boq-chasaroy sh. meri qilibsaylandi(1877). G. turkey xalklar tarixi va adabiyotini o’rganib, Sharq b-n G’arb olamini taqqoslash im- koniyatiga ega bo’ldi. G. «Rusiya Musul- monligi» (Simferopol, 1881) ilk risolasida Evropa tsivilizasiyasidan ko’r-ko’rona Andoza olishga qarshi chiqib, uni tanqidiy qabul qilishga, musulmon- larni ilm-fanni egallashga, texnika yutuqlaridan foydalanishga da’vat etdi. «Ovrupo madaniyatiga bir nazar muvo- zini» (istan-bul, 1885) asarida esa so- tsializm g’oyalari b-n bahsga kirishib, uning asosiy tamoyillarini shubha ostiga oldi. G. Rossiya mustamlakasida- gi barcha musulmon xalqlar maorifini tubdan isloh qilish, dunyoviy fanlar- ni o’qitish masalasiga alohida e’tibor berdi. Boqchasaroyda dastlabki «usu- li jadid» (yangi usul) maktabini ochdi (1884). Turkiston general-gubernatori N. O. Rozenbaxga musulmon maktabla- rini isloh qilishga doir loyihasini yubordi. Rad javobini olgach, 1893 y. Turkistonga o’zi keldi, Buxoro, Samar- kand, Toshkentda bo’lib, taraqqiyparvar ziyolilar b-n uchrashuvlar o’tkazdi. G. jadidchilik g’oyalarini kengroq yoyish uchun «tarjimon» (1883 y. 10 alr. dan), «millat» (1908), «bolalar ola- mi» (1908-15), «Uyg’onish» (Qohira, 1908, Arab tilida) gaz.lari, «ayollar olami» jur. (1908-10), «xa-xa-xa!» hajviy haftanomasini chiqardi. Ja- did maktablari uchun «Xo’jai sibyon» («Bolalar muallimi») darsligini, «Rahbari muallimin yoki muallim- larga yo’ldosh» (1898) kitobini yozdi. G. musulmon milliy ozodlik harakatining yo’lboshchisi sifatida ta- nildi. U Kavkaz, Volgabo’yi, Misr va Hindistonga borib, umummusulmonlar qurultoyini chaqirishga harakat qildi. Butun Rossiya musulmonlari 3 ta kon- gressi ishida faol qatnashdi (1905-06). Dastlabki umummusulmon siyosiy par- tiyasi «Ittifoq ul-muslimin»ni tuzish tashabbuskorlaridan biri bo’ldi (1906). «Dor ul-rohat musulmonlari» ilmiy- fantastik asari, «yuz yildan so’ng. 2000- sana» badiiy-publisistik romani, «tur- kiston ulamosi» kitobining muallifi. Ad.: Qosimov B.. Ismo- ILBEK Gasprali, T., 1992. Qahramon Rajabov.