Gunglik, karsoqovlik

Gunglik, karsoqovlik — tug’ma yoki chaqaloklik davrida ro’y bergan karlik va shuning oqibatida kelib chiqqan soqovlik. G. eshitish kobiliya- ti saqlangan va aqliy zaif kishilar- dagi soqovliqdan hamda ruhiy karlik- dan (nutqni ilg’ab olishning buzili- shi) farq qiladi. Tug’ma kar bolaning tili mustaqil chiqmaydi (q. Karlik), chunki u tevarak-atrofdagi kishilar so’zini eshitmaydi. Sog’lom bola teva- rak-atrofdagi kishilar so’zini eshitib, taqlid qiladi va shu tariqa gapirish- ni o’rganadi. Demak, qulog’i eshitmasa, bola gapira olmaydi. «Tili chiqmagan» yoki endigina «Tili chiqayotgan» bola- ning qulog’i eshitmay qolsa, bu g.ga sabab bo’ladi. Bola erta kar bo’lib qolsa, ort- tirgan so’z boyligini asta-sekin unutib, gung bo’lib qoladi. G. bolaning yoshligi- da bo’lib o’tgan kasalliklari: meningit, qizamiq, gripp, skarlatina, eshitish a’zosining tug’ma anomaliyalari va shi- kastlanishlari natijasida ro’y beradi. Bolaning gungligi qancha tez va erta aniqlansa, uni bu darddan forig’qilish mumkin. Hoz. zamon tekshiruv usullari hatto emadigan bolaning ham eshituv da- rajasi qanchalik pasayganini aniqlay oladi. G.da eshitishni tiklash yoki yax- shilashga qaratilgan chora-tadbirlar hammavaqt ham tayinli samara beraver- maydi. Shunga qaramay gung bolalar- ni yozma va og’zaki nutqqa o’rgatadigan maxsus surdologik (lot. surdos — kar- lik so’zidan) muassasalar mavjud; 16-a. dayoq gung bolalarni o’qitish uchun qo’l yoki barmoq alifbosi tavsiya etilgan. Gung bolalar maxsus usulda o’qitiladi. O’qitish qancha erta boshlansa, shun- cha yaxshi natija beradi. O’zR viloyat- larida, shuningdek, Toshkent sh.da ham gung bolalarga mo’ljallangan maxsus maktab va maktabgacha tarbiya muassasa- lari mavjud (yana q. Karlar maktabi). Qo’chqor Mirazizov.