TOG’AYLI BALIQLAR

TOG’AYLI BALIQLAR (Chondrichthyes) — umurtqalshshr sinfi. Uz. 6 sm dan 20 m gacha. Skeleti Tog’ay, terisi plakoid tangachalar bilan qogatangan yoki tangachalar bo’lmaydi. Jabra yoriqlari 5-7, ba’zan 4 juft, tashqariga ochiladi: jabra qopqoqlari bo’lmaydi. Suzgich pufagi yo’q. Ichagida spiral klapan, yuragida arterial konus bor. Anal va siydik chiqarish teshigi qorin suzgichlari asosida. Ichki urug’lanadi. Kopulyativ organlari juft, qorin suzgichlardan hosil bo’ladi. Tirik tug’adi, tuxumdan tirik tug’adi yoki uvildiriq tashlaydi. Tana suyuqligi tashqi muhitga nisbatan gipertonik. Chuchuk suvlarda T.b.ning qon bosimi pasayib ketib, tezda halok bo’ladi. Chuchuk suv T. b.i yuqori osmotik bosimni saqlash uchun juda ko’p siydik ajratib chiqaradi. T. b. plastinka jabralilar va yaxlit boshlilar kenja sinflariga bo’linadi. 650 ga yaqin turi bor. Dengizlarda, bir necha turi chuchuk suvlarda yashaydi. Akulalar va skatlar katta turkumlari turlari keng tarqalgan; deyarli barcha dengizlarda uchraydi.