TEKTONIK DEFORMASIYALAR
TEKTONIK DEFORMASIYALAR — Erning chuqurlikdagi kuchlari ta’sirida tog’jinslari tanalarining yotish shakli, o’lchami, ichki strukturasi va o’zaro joylashishining o’zgarishi. Buning natijasida er po’stida mahalliy yo’nalishda cho’zilish, siqilish yoki siljish ro’y beradi. T.D. ayniqsa cho’kindi, vulkanik va metamorfik tog’ jinslarining dastlabki gorizontal yotishining burmalanganlik va uzilishli buzilishlarda aniqroq namoyon bo’ladi. T. D. magmatik tog’jinslari va kristalli slaneslarda ular tarkib topgan minerallarning yotish yo’nalishining o’zgarishiga yoki qayta kristallanishiga olib keladi (q. Tektonitlar, Petrotektonika). T.D. tasnifi, asosan, qatqatli qatlamlarni o’rganish asosida tuziladi; burmali (q. Tog’jinslari burmalanishi) va uzilmali T.D. farq qilinadi. Burmalanish — tog’jinslari qoldiq deformasiyasining natijasi bo’lib, unda tektonik zo’riqish ularning egiluvchanlik chegarasidan oshib ketadi; uzilmalar tog’jinslarining emirilishi natijasida sodir bo’ladi, unda tektonik zo’riqish ularning mustahkamlik chegarasidan yuqori bo’ladi. Er po’stining ayrim uchastkalari, o’z tuzilishi va geologik tarixi bo’yicha u yoki bu tektonik rejimni tashkil qilgan T.D.ning muayyan muvofikdigi bilan tavsiflanadi. T.D.ning tashqi ko’rinishi, tipi, o’lchami juda ko’p omillar — tog’jinslarining fizik xususiyatlari, yo’nalishi harakatdagi tektonik kuchlarning jadalligi va davomiyligigabog’liq.T.D.ningmexanizm va sabablari — er qimirlashning sodir bo’lishi va er pusti rivojlanishi umumiy muammolarining muhim qismi hisoblanadi (q. Seysmologiya, Tektonika). Tabiiy ob’ektlarni mufassal o’rganish bilan birga, T.D. ro’y berishi yuzasidan tug’iladigan turli muammolarni hal qilish uchun 20-a. o’rtalaridan fizik nazariyalarga (q. Tektonofizika) asoslangan modellarda eksperimental izlanishlar olib boorish hamda er po’stidan va erning ichki qobig’ida sodir bo’layotgan geokimyoviy jarayonlarni o’rganishning ahamiyati ortib bordi. T.D.da tektonik buzili shlar yoki dislokasiyalar bo’lib, ular 3 sinf: uzilishli (dizyunktivli), burmali (plikativli), in’ektivliga bo’linadi. Uzilishli dislokasiyalar orasida tashlamauzilmalar cho’zilish sharoitlarida; ko’tarilmauzilmalar, surilmalar, tektonik qoplam (sharyaj) lar qisilish; sshgjimalar parchalanish sharoitlarida hosil bo’ladi. Burmali dislokasiyalar orasida tog’jinslarining bo’ylama va ko’ndalang egik burmalari mavjud. In’ektivli dislokasiyalar, magmaning er po’sti cho’kindi qatlamidagi tog’jinslariga singishi, cho’kindi yoki matamorfik jinslar nonormal zichligi hamda tuz, gil va gneyslarning qayishqoqligi bilan bog’liq. T.D.ning intensivligi regional metamorfizmda flyuidlarning faolligi natijasida va chuqurlikda tra ko’tarilganda birdan ortadi.