22 yanvar kun tarixi

? BAYRAMLAR:

? Hamjamiyat menejerini qadrlash kuni.
? Popkorn tug’ilgan kun (popkorn kuni).

? MILLIY BAYRAMLAR:

?? Polsha — Bobojonlar kuni.
?? Ukraina — Birlik kuni.
?? Tojikiston — Bojxona xodimlari kuni.
?? Kayman orollari — Milliy qahramonlar kuni.
?? Boliviya — Ko’p millatli davlat tashkil topgan kun.

? VOQEALAR:

  • 565 — Yustinian I Yevtixiyni Konstantinopol patriarxligidan bo’shatishga erishdi.
  • 888 — Gvido Spoletskiy Italiya qiroli deb e’lon qilindi.
  • 1273 — Hulokuylar davlati qoʻshini Buxoro shahrini ishgʻol qildi.
  • 1506 — Papa Yuliy II shveytsariyalik gvardiyachilarni Vatikanda xizmat qilishga taklif qildi, ular papa qarorgohini hozirgacha qo’riqlab kelishmoqda.
  • 1517 — Usmoniylar imperiyasi sultoni Salim I hozirgi Misr hududida joylashgan Mamluklar sultonligini bo‘ysundirdi.
  • 1861 — Anri Muo Kambodjada Angkor-vat ibodatxona majmuasini topdi.
  • 1863 — Polshada Yanvar inqilobi boshlandi.
  • 1879 — Izandlvan jangi.
  • 1905 — Sankt-Peterburgda Qonli yakshanba (yangi taqvim bo‘yicha).
  • 1919 —  Ukraina Markaziy radasi Ukraina xalq Respublikasi mustaqilligini e’lon qildi.
  • 1919 — “Zluki akti” — Ukraina yagona davlatga birlashdi.
  • 1927 — Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat Universiteti tashkil etildi.
  • 1944 — AQSh  va Buyuk Britaniya ittifoqchi qoʻshinlari Rimga tushirildi.
  • 1969 — SSSRda Brejnevga suiqasd uchun urinish bo‘ldi.
  • 1973 — AQSh da abortlar legalizatsiya qilindi.
  • 1991 — SSSR da pul islohoti oʻtkazildi.
  • 1992 — Filippin O’zbekiston Respublikasining mustaqilligini tan oldi.
  • 2005 — Kim Ke Gvan KXDR Yadro quroliga egaligini aytdi.
  • 2014 — O‘zbek Milliy akademik drama teatrining 100 yilligi nishonlandi.
  • 2006 — 46 yoshli Evo Morales Boliviya prezidenti lavozimini egalladi (u bu lavozimda 2019-yilgacha turgan).
  • 2018 — O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi tasdiqlandi.

? TAVALLUDLAR:

  • 1440 — Ivan III (1505) — Moskva buyuk knyazi.
  • 1561 — Frensis Bekon (1626) — ingliz faylasufi, tarixchi, siyosatchi va romantik shoir.
  • 1572 — Jon Don 1631) — ingliz shoiri.
  • 1592 — Pierre Gassendi (1655) — fransuz faylasufi, matematigi, astronomi.
  • 1729 — Lessing Gotxold Efraim (1781) — nemis dramaturgi, san’at nazariyotchisi, adabiyotshunos, ma’rifatparvar. 
  • 1788 — Jorj Gordon Bayron (1824) — buyuk ingliz shoiri .
  • 1875 — Griffit Deyvid Uork (1948) – amerika kinorejissyori.
    Kun tarixi kanalidan olindi.
    1898 — Sergey Eyzenshteyn (1948) — sovet teatr va kino rejissyori, rassom, ssenariynavis.
  • 1904 — Arkadiy Gaydar (1941) — Rus bolalar yozuvchisi, jurnalist.
  • 1908 — Lev Landau (1968) — sovet fizigi, Nobel mukofoti sohibi (1962).
  • 1909 — U Tan (1974) — Birmalik diplomat, BMT 3-Bosh kotibi (1962- 1971).
  • 1922 — Mallaev Natan (1996) – adabiyotshunos, tarjimon, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973).
  • 1936 — Haydar Muhammad (2022) -Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir va dramaturg, „Doʻstlik“ ordeni sohibi.
  • 1959 — Urs Mayer — shveysariyalik futbol hakami.
  • 1968 — Frank Lebyof — Frasniyalik futbolchi, terma jamoasi bilan Jahon va Yevropa chempioni.
  • 1977 — Xidetoshi Nakata — yaponiyalik mashur futbolchi.
  • 1986 — Olga Romanovskaya — ukrainalik model va qoʻshiqchi.