YUZBOSHI

YUZBOSHI (folklorda) — dostonchi, epik asarlar kuychisi. O’zbekistonning Janub tumanlarida (Surxondaryo viloyati va Qashqadaryoning ayrim tumanlarida) baxshi shu nom bilan yuritiladi. Sherna yuzboshi va uning davomchilari Mardonaqul Avliyoqul o’g’li, Mamadrayim baxshi (1889— 1970), umir baxshi, Yusuf utagan o’g’li, Bo’riboy Ahmad o’g’li va boshqalar ancha mashhur bo’lganlar.

YUZBOSHI — harbiy unvon, yuz nafar askar boshlig’i. Turk xoqonligi davridan amalda bo’lgan. Yuzboshi bevosita mingboshita bo’ysungan, uning qo’l ostida 10 ta o’nboshi faoliyat ko’rsatgan. Amir Temur davrida Yuzboshi o’nboshiga qaraganda 2 hissa ko’p maosh olgan (taxminan 20 otning qiymatiga teng). Yuzboshiga harbiy yurishlar paytida alohida chodir, turli qurolyarog’lar va 10 ta qo’shimcha ot berilgan. 20-asr boshlarida Turkistonda sovet rejimiga qarshi kurash davrida ba’zi qo’rboshilar Yuzboshi unvonini olgan. Keyinchalik bu unvon tugatilgan. Yuzboshi mansabi va unvoni o’rta asrlarda turli mamlakatlarda (masalan, Rossiyada «Sotnik», Ukrainada «Sotnya») ham mavjud bo’lgan. Ad.: Temur tuzuklari, T., 1996; Vohidov Sh., Qo’qon xonligi va Buxoro amirligida unvon va mansablar, T., 1996.