YUKAGIR TILI

YUKAGIR TILI, odul tili — yukagir-chuvan tillari oilasidan saqlanib qolgan yagona amorf til; Rossiya Federatsiyasida Kolima va Alazeya daryolari havzasida (Saxa Respublikasining shimoli sharqi va qisman Magadan viloyatida) tarqalgan. O’tgan asr oxirlaridagi ma’lumotlarga ko’ra, yukagirlar soni 1100 dan ortiq bo’lsada, Yukagir tilida so’zlashuvchilarning umumiy soni 300 kishidan ortmaydi. Uning tundra va Kolima lahjalari saqlanib qolgan bo’lib, ular bir qator fonetik, morfologik va leksik belgilari bo’yicha o’zaro farqlanadi. Yukagir tilini paleoosiyo tillari guruhiga qo’shish mumkinligi haqidagi fikr nisbiydir. Shuningdek, uning Ural tillari, qolaversa, Oltoy tillari bilan ham genetik aloqalari bor deb taxmin qilinadi.