TUPROQ UNUMDORLIGI

TUPROQ UNUMDORLIGI — tuproqning o’siShshklarni suv, oziq moddalar va b. bilan ta’minlash xususiyati. Tuproq tog’jinslaridan unumdorligi bilan farq qiladi. Unumdor tuproqlarda insonga asosiy oziqovqat mahsulotlarini beruvchi qishloq xo’jaligi. o’simliklari o’stiriladi. Er faqat unumdorlik xususiyati tufayli qishloq xo’jaligi.da ishlab chiqarish. vositasiga aylangan. T.u. tuproqhosil qiluvchi omillar: iqlim, relef, tuprok hosil qiluvchi jinslar, tabiiy va madaniy o’simliklar bilan uzviy boglik, ammo unumdorlik darajasida, ayniqsa, erdan foydalanish xarakteri katta ahamiyatga ega. T.u.ning eng muhim omillar: o’simlik rivojlanishi uchun zarur oziq moddalar va ular turining etarli mikdorda bo’lishi; o’simlik o’zlashtirishi mumkin bo’lgan namning mavjudligi; yaxshi tuprok, aerasiyasi; tuproqning granulometrik tarkibi, struktura holati va tuzilishi; zaharli moddalar (kislota, ishqor, tuz va b.) mikdori; tuproq reaktsiyasi va b.dan iborat. Bu xususiyatlar yigindisi tuproqning madaniylashganlik holati darajasini belgilaydi. Unumdorlikning barcha elementlari bir-biri bilan chambarchas bog’liq. Bu elementlardan birortasining o’zgarishi boshqalariga ham ta’sir ko’rsatadi. Har xil o’simliklarning T. u.ga talabi turlicha bo’lganligi sababli va o’simlik biologiyasiga bog’liq holda bir tur o’simlik uchun unumdor hisoblangan tuproq boshqa tur uchun unumdor bo’lmasligi mumkin. Unumdorlik, asosan, tabiiy va samarali turlarga bo’linadi. Tabiiy unumdorlik tuprokdagi oziq moddalar umumiy zaxirasi bilan xarakterlanadi; uning shakllanishi esa tuprok hosil bo’lish sharoitlari va omillari hamda genezisiga bog’liq. Samarali (sun’iy) unumdorlikning inson mehnat faoliyati bilan, ya’ni erga ishlov berish, sug’orish, o’g’itlash, sho’rini yuvish kabi agrokompleks tadbirlar bilan boshqaradi (q. Meliorasiya). Sun’iy yo’l bilan qumlik, Toshloq, botqoqlik kabi unumsiz erlarda unumdor tuproklar paydo qilish mumkin. Tabiiy unumdor tuproklar ba’zan kam samaraga ega bo’lishi mumkin va aksincha yuqori agrotexnika tadbirlarini qo’llash natijasida unumsiz tuproqlarda yuqori unumdorlikka erishish mumkin. Tuprokdagi oziq moddalar miqdori (azot, fosfor, kaliy, kaltsiy, magniy, oltingugurt, temir, bor, marganes va b. mikroelementlar) tuprok, hosil qiluvchi jinslar va uning tagidagi yotqizikdar (tagzamini) tarkibiga hamda tuproq hosil qiluvchi jarayonlarga bog’liq. O’simliklarning mikroelementlarni o’zlashtirishiga tuproq reaktsiyasi katta ta’sir ko’rsatadi (q. Tuprok, nordonligi). Tuprokdagi oziq moddalar zaxirasi mineral va organik o’g’itlar solish bilan boshkarib turiladi. Tuprokda suvda oson eruvchi tuzlar, asosan, natriy, shuningdek, magniy, kaltsiy va b. kationlarining ortiqcha miqdorda bo’lmasligi unumdorlikning muhim shartidir. Tuproqda tuzlar miqdorining me’yordan oshib ketishi — tuproqning sho’rlanishi, asosan, noto’g’ri sug’orishdan vujudga keladi, natijada unumdorlik keskin pasayib ketadi. Tuproq qatlamidagi zararli tuzlarni yo’qotish uchun sho’r erlar yuviladi (q. Sho’r yuvish). Sho’rlanishning oldini olish uchun esa tuproq xususiyati va tarkibiga karab suyurish rejimi belgilanadi. Qurg’oqchilik rnlarida, jumladan, sug’orma dehqonchilik zonalarida suyurish T.u.ni tubdan oshiradi. T. u.ning past bo’lishi, ko’pincha patogen organizmlar mavjudligiga ham boglik. Ularni kimyoviy (xasharotlarni bepusht kilish, fungisidlar sepish va b.) va agrotexnik tadbirlar (almashlab ekish, tuprokka ishlov berish) yordamida yo’k kilish tuproqning samarali unumdorligini keskin oshiradi. T.u.ni saklash uchun tuprokka eroziyaga yo’l ko’ymaydigan usullarda ishlov beriladi, dala ihota o’rmonzorlari barpo kilinadi, Daryo va kanallar qirgog’i mustahkamlanadi va G’.k. Jo’raqul Sattarov.