YUKKA

YUKKA — piyozgullilarga mansub ko’p yillik daraxtsimon o’simliklar turkumi. Yukkaning 50 turi ma’lum. Markaziy Amerika va shimoliy Amerikaning Janub qismida yovvoyi holda o’sadi. Ipsimon Yukka turi ekiladi. Ayrim turlari 800 yilgacha yashaydi. Poyasi yog’ochsimon, balandligi 6-12 metr. Ingichka, dag’al barglar yig’indisi (rozetka) dan iborat. Gulbandi 2 metrgacha, to’pguli ro’vaksimon, gullari yirik, oq, mevasi 6 uyali chanoq, chetdan changlanadi. Tuproq tanlamaydi. Asosan, manzarali o’simlik sifatida parklarda, botanika bog’larida ekiladi. Bargidan arqon, dag’al matolar tayyorlashda ishlatiladigan tola olinadi, ayrim turlarining gullaridan salat tayyorlanadi. Yukka bahorda ildizini bo’lish orqali yoki ko’chatidan ko’paytiriladi.