Triada

Triada (Yunoncha triados — uchlik) — borlik va tafakkur taraqqiyotining 3 bosqichliligini bildiruvchi tushuncha. Platon va neoplatonizm, ayniqsa, Prokl tomonidan ishlab chiqilgan. Nemis klassik idealizmi vakillari, xususan, Gegel uni asosiy dialektik rivojlanish tamoyili sifatida talqin etgan. Gegel fikricha, har qanday rivojlanish jarayoni 3 bosqichni o’taydi: tezis (dastlabki holat), antitezis (qaramaqarshilikka o’tish, inkor qilish), sintez (qaramaqarshiliklarning yangi bir butun holga kelishi).