Triod
Triod [Yun. tri — uch va (elek)trod] — termoelektron katod (bevosita yoki bilvosita qiziydi), boshqaruvchi to’r va anodlardan iborat 3 elektrodli electron lampa. Oddiy T.da tsilindrik anod (qiyin eruvchi metall — Ni, Mo yoki ta dan yasaladi) ichiga spiralsimon to’r (o’sha metalldan qilinadi) joylashtiriladi. Anod va to’rning umumiy o’qiga katod (vanadiy W dan tayyorlanadi) joylashtiriladi. Vazifasiga ko’ra, T.larning konstruktsiyasi va ko’rsatkichlari qiymati turlituman, T. qabul qiluvchikuchaytiruvchi lampa, generator lampa sifatida ishlatiladi. T. yuqori quvvatli elektr tebranishlari generatorlarida, yuqori radiasiyali va o’zgaruvchan trali sharoitda ishlaydigan radiopriyomniklarda qo’llanadi.