TUPROQ NAM SIG’IMI
TUPROQ NAM SIG’IMI — tuproqning nam tutish xususiyatini xarakterlovchi kattalik; tuprok, massasi yoki hajmiga nisbatan foizlarda ifodalanadi. T.n.s.ning asosiy turlari: to’la (tuproq kovaklari suv bilan to’la); umumiy (grunt suvlari chuqur bo’lgan joylarda er ustidan sug’orilganda va grunt suvlari yaqin joylarda suv tuproq tagidan berilgan sharoitda tuproqda nam uzoq saqlanib turadi); kapillyar (tuproq gorizontlaridagi muvozanatda turgan namlik tuprok, kapillyar hoshiya chegaralarida joylashib, shu gorizontlarning grunt suvlar sathidan qanday balandlikda turishiga bog’liq holda o’zgarib turadi); dala (eng kichik, chegaralangan dala, nisbiykapillyar osilgan namning eng ko’p miqdori); maksimal molekulyar (tuprokdagi qattiq zarrachalar yuzasida tortishish kuchlari ta’sirida ushlanib turgan eng ko’p namlik mikdori). Dala va kapillyar nam sig’imlari qishloq xo’jaligi. ekinlari optimal sug’orish rejimini hamda meliorasiya uchun zarur suv normalarini xisoblab chiqishda katta ahamiyatga ega. Bu qishloq xo’jaligi. ekinlarining yaxshi o’sishi va hosildorlikning oshishini ta’minlaydi. Dala nam sigami 1 m qalinlikdagi Galli tuproq uchun, odatda, massasiga nisbatan 25%, og’ir qumoqli tuproqda 22%, o’rtacha qumoklida 19%, engil qumoklida 16%, qumloqida 13% va qumlida 10% atrofida bo’ladi. Mac, g’o’za tuproq name dala nam sig’imining 65-70% ni tashkil etganda yaxshi rivojlanadi.