Tura
Tura — G’arbiy Sibirdagi dare, Tobolniit chap irmog’i. Uz. 1030 km, havzasi mayd. 80,4 ming km2. Yog’och oqiziladi. Boshlanish joyidan 635 km gacha kema katnaydi. 3 ta suv ombori qurilgan. T.da Tyumen va b. shaharlar joylashgan. Tura, turo, to’ro (qad. turkcha — turmoq) — odam bo’yicha keladigan qalqon, sipar. «T.»atamasi ilk bor Maxmud Koshg’ariyning «Devonu lugotit turk» asarida qo’llanilgan. Temuriylar, Shayboniylar qo’shinida keng qo’llanishda bo’lgan. Askarlar T.ni oldilarida ushlab, uning panohida dushmanni kamon yoki miltiqsan o’qqa tutganlar. Qo’rg’on yoki qal’alarni olihda T. ayniqsa qo’l kelgan. Jangchilar T. bilan himoyalangan holda shotilar orqali devorga chiqib g’animga zarba bergan. Aksariyat undan piyodalar foydalangan.