Tullash, jun to’kilishi

Tullash, jun to’kilishi (hayvonlarda) — sut emizuvchi hayvonlarda terining tashqi qoplamini hosil qiluvchi junlar (tivit va qisman qiltiq tolalar)ning to’kilish va yangilanish jarayoni. T. hayvonlarda eskirgan tana qoplamini tiklash, tashqi muhit sharoitiga moslashish bilan bog’liq mavsumiy xususiyatga ega. Uy hayvonlarida, ayniqsa, dag’al junli qo’ylar, sigir, echkilarda, tuyalarda mavsumiy T. bahor boshlanishi bilan sodir bo’ladi. T. tezligi iklimgabog’liq. Issiqhavouni tezlashtiradi. T. jarayonida jun qoplami siyraklashadi, teri orqali havo almashinuvi erkinlashadi. Kech kuz va kish mavsumlarida yangi tivit va kiltik tolalari o’sib chiqadi. Parrandalarda T. rivojlanish bosqichi bilan emas, balki mavsumiy o’zgarishlar bilan bog’liq. Ularda yorug’lik sharoitini sun’iy o’zgartirib, T.ni boshkarish mumkin. T. davrida hayvonlarda modsa almashinuvi o’zgaradi. Qo’y, echki, tuya va b.da hayvonlarda T. alomatlari va boshlang’ich belgilari — jun qoplamining ko’tarilishi sezilishi hamon bahorgi jun qirqimi o’tkaziladi (bu holat jun qirqimini osonlashtiradi). Hayvonlar kasallanganda patologik T. yuz beradi. Bu davrda organizmdagi modda almashinuvi, terining oziqlanishi keskin buziladi qichima (qo’tir) alomatlari avj oladi va hayvon jun qoplami yoppasiga to’kiladi.