Turmush tarzi

Turmush tarzi — shaxs, ijtimoiy guruh, elat, millat, xalqning kundalik hayotini ifodalovchi tushuncha. T.t.ga turli jihatlar: falsafiy, sosiologik, ijtimoiyiqtisodiy, ijtimoiyguruhiy va b. nuqtai nazardan yondoshiladi. Shaxs, ijtimoiy guruh T.t. muayyan davr shartsharoitlarining butun majmuasi bilan belgilanadi. T.t. ijtimoiy kategoriya. U turmush darajasi deb ataladigan iqtisodiy kategoriyaga nisbatan kengdir. Turmush darajasi, asosan, miqdor ko’rsatkichiga ega bo’lsa, T.t. ning mohiyati, mazmuni va namoyon bo’lish shakllari ko’p holatda kishilarning hayot kechirishi, mehnati, sog’ligi va hatto xulqatvori bilan ifodalanadi. Muayyan elat, millat va xalqning T.t. ularning yashash joylari bilan bog’liq holda shakllanib o’zgarib boradi. O’zbek xalqi o’z g’ayot faoliyatida kamtarlik, kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, bag’rikenglik, sofdillik kabi axloqiy xislatlarga alohida e’tibor beradi. O’zbek xalqidagi bunday fazilatlar milliy urfodat va an’analarda, kundalik hayot tarzi va millatlararo munosabatlarda aks etgan. Xalqimiz hayotida odobaxloq me’yorlari asosidagi rasmrusumlar, an’analar va odatlarning ahamiyati beqiyosdir. O’zbek xalqi azaldan jamoa bo’lib yashab, mahalla, qo’shnichilik udumiga qat’iy rioya qilgan. Oilada tug’ilgan har bir go’dakka yaxshi niyat bilan ism qo’yilgan, savodini chiqarish uchun uni ustozmuallim qo’liga topshirilgan. Farzandlarni hunarli va uyjoyli qilish otaonalar faoliyatining eng muhim vazifasiga aylangan. Odamlarning, xususan, yoshlarning yurishturishi, ular amal qiladigan tamoyillar hamisha jamoa nazarida bo’ladi. Akbar O’tamurodov.